Respublika ilk atom stansiyasining yakuniy qiymati aniqlashtirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlava agentstva "Uzatom" Jurabek Mirzamaxmudov
Glava agentstva Uzatom Jurabek Mirzamaxmudov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘lg‘usi atom stansiyasi hududida muhandislik-qidiruv ishlari qanday olib borilayotgani, kredit bo‘yicha kontrakt qachon imzolanishi yuzasidan “Uzatom” agentligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov sharhi.

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Agentlik direktori qayd etishicha, strategik obyekt quriladigan maydonda muhandislik-qidiruv ishlari, loyiha bo‘yicha umumiy kelishuvlar va muhokamalar oldindan o‘rnatilgan jadval asosida amalga oshirilmoqda.

“Asosiy kontrakt shartlarini yil oxirigacha rasmiylashtirishni rejalashtirapmiz. Buning barobarida RFning AES qurilishiga ajratadigan davlat krediti shartlarini kelishib olish yuzasidan ham muhokamalar olib borilmoqda. Shunday qilib, loyiha yakuniy qiymati va uni amalga oshirish parametrlari aniqlashtirilganidan keyingina bevosita asosiy ishlarga o‘tamiz”, - qayd etdi Mirzamahmudov.

Loyihani tatbiq etishda Rossiya Federatsiyasi normativlari asos qilib olingan. Muhandislik-qidiruv ishlarini olib borishda ushbu meyorlar allaqachon qo‘llanilib kelinmoqda. Ammo kelgusi bosqichlar uchun qator holatlar bo‘yicha mazkur normativlarning amaldagi o‘zbek qonunchiligi va mahalliy voqeliklarga moslashtirilishi talab etiladi. Hozirda bu borada barcha farqli omillar kelishilib, tasdiqlanish uchun tayyorlanmoqda.

Tonnalab iqtisod: “Uzatom” rahbari AES qurilishi xususida

Agentlik rahbari AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari ham olib borilishi to‘g‘risida gapirar ekan, unda istak bildirgan har qaysi qo‘shni mamlakat ishtirok eta olishini eslatdi. So‘zining yakunida, J.Mirzamahmudov AES qurilishi har bir davlatning suveren huquqi bo‘lib, loyiha xususida qarorlar qabul qilinishi O‘zbekiston milliy qonunchiligi asosida amalga oshirilishini qayd etib o‘tdi.

Glava "Uzatoma": do konsa goda planiruyem opredelit summu kontrakta i kredita po AES
Yangiliklar lentasi
0