Gitler nima uchun atom bombasini yarata olmadi

© AP PhotoAdolf Gitler
Adolf Gitler - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gitler Germaniyasi o‘z yadro qurolini nima uchun yarata olmaganligi haqida rossiyalik olim o‘z fikrlarini aytdi.

Gitler Germaniyasi o‘z yadro qurolini yarata olmadi, chunki uning rahbariyati bu vazifani ustuvor deb hisoblamadi, nemis atomchi olimlar esa buning uchun katta moliyalashtirishni so‘ramadi.

Adolf Gitler - Sputnik O‘zbekiston
AQSh razvedkasi Gitlerning jinsiy hayoti haqidagi maxfiy ma’lumotni oshkor etdi

Bu haqda RIA Novostiga "Kurchatov instituti" Milliy tadqiqot markazi direktori maslahatchisi va milliy yadro loyihasi tarixchisi Andrey Gagarinskiy ma’lum qildi.

“Germaniya rahbariyati buni ustuvor vazifa deb hisoblamadi va uni cheklangan doirada olib borishga qaror qildi. Gitler atom dasturiga mas’ul bo‘lgan olimlarni hech qachon qabul qilmadi. Buning uchun vaqt ham yetmadi”, - dedi Gagarinskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 1945-yil mayda yadro reaktorini ishga tushirish bo‘yicha so‘nggi “hal qiluvchi”, ammo muvaffaqiyatsiz tajribani taniqli nemis olim Verner Geyzenberg amalga oshirgan. Shundan so‘ng olim yana mablag‘ so‘rashga botina olmadi.

Yangiliklar lentasi
0