Rossiya: mehnat muhojirlari ham "o‘zimizniki"

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishMigranti v Moskve
Migranti v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya o‘z tarixida ko‘plab marotaba fidokorlik ko‘rsatgan, chet ellik fuqarolarni qo‘llab-quvvatlagan, ayniqsa, qo‘shnilarni va o‘zining bu yaxshiligiga hamisha ham munosib javob olmagan, deb hisoblaydi muallif

Budjet pullarini mehnat muhojirlariga yordam uchun sarflash taklifi rossiya hamjamiyatida ko‘plab noroziliklarni yuzaga keltirdi. Ayrim ekspertlar buni befoyda xarajat, inqiroz sharoitida rossiyaliklar manfaatiga xoinlik, deb hisoblaydilar, lekin ular nohaq. Chunki bu yerda rossiyaliklar farovonligi uchun kiritiladigan investitsiya haqida gap bormoqda.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada migrantlar vaqtincha patent to‘lovini to‘lamasdan ishlashi mumkin

O‘zlari pul topishsinmi?

Rossiyada Strategik tashabbuslar agentligining gastarbayterlarga yordam tashabbusini muhokama qilishda davom etishmoqda. Eslatib o‘tamiz, gap ishsiz va bir so‘msiz qolgan mehnat muhojirlariga xuddi Rossiyaning ishsiz fuqarolariga to‘lanadigan yordam pulini to‘lash haqida bormoqda. Bularning barchasi pul ishlab topish imkonidan mahrum bo‘lgan va "qora kunlarga" asrab qo‘ygan pullari bo‘lmagan insonlarni qo‘llab-quvvatlash (ular chegaralar yopilgani va pullari yo‘qligi tufayli o‘z vatanlariga qaytib keta olmagan) va kriminogen holat keskin avj olishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Bu taklifning tanqidchilari ko‘p bo‘ldi. Xususan, Butunjahon rus xalq sobori "Huquqni himoya qilish markazi" rahbari Roman Silantyev "potensial jinoyatchilarga, ular jinoiy faoliyatni olib bormaydilar, degan umidda pullarni tarqatish" g‘oyasiga qarshi chiqmoqda. Uning fikricha, bu odamlarga Rossiya davlati emas, balki ularning qarindoshlari yordam berishi kerak.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Federatsiya kengashi migrantlarga ishsizlik nafaqasini to‘lash g‘oyasiga munosabat bildirdi

Davlat dumasi deputati Dmitriy Ionin ham gastarbayterlarga o‘z vatanidan yordam izlashni taklif etmoqda.

"Umuman olganda, hozirgi holatni favqulodda holatga tenglash mumkin, va aynan shunday sharoitda Rossiya fuqarolariga yordam berish lozim. O‘zbekiston fuqarolariga O‘zbekistonning o‘zi yordam bersin", - deydi xalq noibi.

Bir qarashda, ularning fikrlarida ma’no bor. Mehnat muhojirlari Rossiya Federatsiyasi fuqarolari emas, demakki Rossiya soliq to‘lovchilari mablag‘lari evaziga kun kechirishlari kerak emas. Rossiya ularni vataniga borishi yoki ularga g‘amxo‘rlikni ularning davlati hukumati zimmasiga qo‘yishi kerak. Olijanoblik belgisi bu yerda jiddiy sarf-xarajatlarga olib kelishdan tashqari, rossiyaliklarning g‘azabini keltirishi tabiiy, ular berilishi lozim bo‘lgan: "Modomiki, davlatda ortiqcha pul bor ekan, u holda nega u bu mablag‘larni Rossiya fuqarolari uchun beriladigan yordam pulini oshirishga emas, balki gastarbayterlarga sarflashi lozim?", degan haqli savolni o‘rtaga tashlashlari ham aniq.

Prezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada mehnat migrantlari ishga ruxsatnomasiz ham qabul qilinadi - Putin qarori

Juda ko‘pchilik, bu Moskvaning tashqi pozitsiyasini mustahkamlamaydi, deya ishonadi. Rossiya o‘z tarixida ko‘plab marotaba fidokorlik ko‘rsatgan, chet ellik fuqarolarni qo‘llab-quvvatlagan, ayniqsa, qo‘shnilarni va o‘zining bu yaxshiligiga hamisha ham munosib javob olmagan.

Mafkuraviy raqobat

Ammo masalaga chuqur yondashiladigan bo‘lsa, hammasi aksincha. Moskva mehnat muhojirlariga bu inqirozni yengib o‘tishda albatta, yordam berishi kerak.

Birinchidan, chunki unda tanlov yo‘q. Rossiyadan bu odamlarni deportatsiya qilishning ham, O‘rta Osiyo hukumatlarini o‘z vatandoshlarini qo‘llab-quvvatlashga ko‘ndirishning ham imkoni yo‘q (Toshkent, Bishkek va Dushanbening moliyaviy imkoniyati cheklangan, va bu mablag‘larni ular - milliy budjet uchun ancha sezilarli bo‘lgan - mehnat muhojirlari o‘tkazmalarisiz qolgan milliy iqtisodni qutqarish uchun sarflaydi).

Migranti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik deputat: koronavirusning asosiy xavf guruhiga migrantlar tushib qolgan

Ikkinchidan, bu yordam Rossiya tashqi siyosati manfaatlari nuqtayi nazaridan ham zarur hisoblanadi. Ha, ehtimolki, Moskva hammadan ham "rahmat" eshitmas. Ammo bu yerda milliy respublikalar aholisi munosabatlari hammasidan muhimroq.

Bir necha kun avval Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov, ushbu maqola muallifining mafkuraviy raqobatda AQSh g‘oliblikni tortib olish usullari haqidagi savoliga javob berar ekan, Rossiya sobiq ittifoq maydonida raqobat jihatdan mutlaq ustunligi haqida ta’kidlab o‘tgan edi.

"Qachonlardir bitta davlat tarkibida bo‘lgan Rossiya va qo‘shni davlatlarning t arixiy, madaniy, insoniy, iqtisodiy va boshqa turli boshqa istalgan aloqalari hozirda AQShni ayni vaqtdagi va ilgarigi administratsiyalari tomonidan taklif etilayotgan "muqobil", deb nomlanayotgan aloqalardan o‘lchab bo‘lmas darajada chuqurroq, puxtaroq va boyroqdir", - deya tushuntiradi diplomat.

O‘zaro munosabatlardagi bu chuqurlik o‘laroq ko‘plab mamlakatlar aholisi Moskva va rossiyaliklarga "o‘ziniki" sifatida qaraydi. Ammo umumiy tarix haqida gapirish yetarli emas, rossiyaliklar ham sobiq ittifoq davlatlaridagi fuqarolarni "o‘ziniki", deb hisoblashini, ularni qiyin davrda tashlab qo‘ymoqchi emasligini amalda ko‘rsatmoq lozim.

OTMENA OPLATI PATENTA! | Sroki deystviya, prodlenie dokumentov i kak rabotat v karantin | FMR - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada migrantlar uchun patent to‘lovi bekor qilindi – batafsil videoda

Moskva – ikkinchi uyimiz

Rossiyada mehnat qilayotgan sobiq ittifoq vakillari Moskva - o‘gay ona emasligini tushunishlari kerak. Rossiya Federatsiyasi – bu fuqaro millatiga ega ko‘pmillatli loyihadir. Ya’ni ulkan Rossiya dunyosining tayanchini. Va ular shu loyihaning bir qismini tashkil etishadi. Rossiya hukumati yordam berishi kerak va hatto majbur, ular bugun shunday fikrda.

Mahalliy millatchilar oldiga tushib olib, bekilib olish, sobiq ittifoq davlatlaridan hatto o‘z chegaralarini yopish - samara bermaydi.

Ammo mehnat muhojirlariga moliyaviy ko‘mak masalasi aniqliklarni talab etishi tabiiy. Bu ekspertlar emas, hukumat darajasida hal etilishi kerak bo‘lgan masala.

"Hukumat ushbu tashabbusni e’tibor bilan ko‘rib chiqib, bu ko‘mak aynan kimlarga berilishi lozimligini aniqlashi kerak. Agar zarurat tug‘ilsa, biz tegishli o‘zgarishlarni bandlik to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritamiz", - dedi Davlat dumasidagi "Yedinaya Rossiya" fraksiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Andrey Isayev.

Poluchit patent v Mnogofunksionalnom Migratsionnom Sentre Moskvi v Saxarovo (russkiy yazik)  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan tashqariga chiqmasdan patentni qayta rasmiylashtirish mumkin

Ehtimol, to‘lovni qaytarish sharti bilan berish kerakdir: bunda mehnat migranti berilgan pullarni davlatga deylik, patent pulining oshirilishi orqali sekin-asta to‘lab borar.

Albatta, migrant to‘lovlarni to‘lamasdan uyiga qochib ketishi ehtimoli ham yo‘q emas, ammo bu ehtimol darajasi nisbatan past, negaki afsus bilan aytish joizki, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan bo‘lgan yuz minglab migrantlarning Rossiyada ishlashdan boshqa choralari yo‘q.

Har qanday holatda ham ushbu yordam - ehson emas, balki kelajakka investitsiya ekanligini tushunish lozim. Bu bizning umumiy kelajagimiz.

Yangiliklar lentasi
0