Rossiyada migrantlar uchun patent to‘lovi bekor qilindi – batafsil videoda

Obuna bo‘lish
Koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiyadagi migrantlarga biroz yengillik berildi. 15-martdan 15-iyunga qadar patent to‘lovi to‘xtatib qo‘yildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus pandemiyasi davrida Rossiyadagi chet elliklar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xususan, mehnat migrantlariga istisno va imtiyozlar beruvchi yangi qarorni imzoladi.

Farmon bilan 15-martdan 15-iyungacha barcha hujjatlarning amal qilishi muddati to‘xtatib qo‘yiladi.

“Rossiya migrantlari federatsiyasi” rahbari ushbu qarorni oddiy tilda tushuntirib berdi.

Prezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada mehnat migrantlari ishga ruxsatnomasiz ham qabul qilinadi - Putin qarori

“Agar 15 kuni (mart – tahr.) sizning amal qiluvchi registratsiya yoki patentingiz bo‘lsa, undan keyingi kun bu 16-iyun. Hisoblashda ular “kesib tashlanadi” (ushbu davr oralig‘i – tahr.), - deya tushuntiradi Vadim Kojenov.

Ushbu davrda patentni to‘lash kerak emas, registratsiyani uzaytirish kerak emas, hech narsasi, jumladan, vizani uzaytirish kerak emas, deydi ekspert.

“Siz 15-mart kuniga qonuniy bo‘lgan bo‘lishingiz juda muhim. Agar 15-mart holatiga ko‘ra hujjatlaringiz joyida bo‘lgan bo‘lsa, siz uchun hech qanday jarima, sanksiya va muammo bo‘lmaydi”, - deya ta’kidladi Vadim Kojenov.

Yangiliklar lentasi
0