Rossiyada mehnat migrantlari ishga ruxsatnomasiz ham qabul qilinadi - Putin qarori

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF
Prezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin pandemiya tufayli chet elliklarning mamlakatda vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirdi. Tegishli hujjat Kreml saytida e’lon qilingan.

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus pandemiyasi davrida Rossiyadagi chet elliklar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xususan mehnat migrantlariga istisno va imtiyozlar beruvchi yangi qarorni imzoladi.

Migranti v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Putin regionlar rahbarlarini migrantlarni qurilishga qaytarishga chaqirdi

Kreml rasmiy saytida e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish, deportatsiya qilish muddatlarini joriy yilning 15-iyuniga qadar uzaytirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasida vaqtincha bo‘lish, vaqtincha yoki doimiy yashash, yashash joyida ro‘yxatda turgan muddatlarining yuqorida ko‘rsatilgan vaqt davomida tugashi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu muddatlar tugatilmaydi.

Yuqorida belgilangan vaqt davomida amal qilish muddati tugaydigan vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, yashash guvohnomasi, amal qilish muddati ko‘rsatilgan migratsion karta, ishlash uchun ruxsatnoma, patent, chet el ishchilarini jalb qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma kabi hujjatlar muddati to‘xtatilmaydi.

Viktor Vodolaskiy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik deputat migrantlar patentini nega uzaytirish kerakligi haqida

Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq ish beruvchilarga koronovirus tarqalishi munosabati bilan mamlakatda joriy etilgan cheklovlar va sanitariya-epidemiologik talablarni ta’minlashga qaratilgan boshqa choralarning bajarilishi sharti bilan chet el fuqarolarini patentga ega bo‘lmagan taqdirda ham ishga jalb qilishga ruxsat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi COVID-19 pnademiyasi butun dunyoni qamrab oldi. BSST so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, virusga chalinganlar soni 2 millionga yetgan, 140 mingga yaqin inson ushbu kasallik qurboniga aylangan.

Shu fonda ko‘plab davlatlar, shu jumladan, Rossiya ham cheklov choralarini ko‘rmoqda: butun dunyo bo‘ylab yo‘lovchilar aviatashuvi deyarli to‘xtatilgan, ko‘plab davlatlar o‘z chegaralarini yopgan, aholiga o‘z-o‘zini izolyatsiyalash rejimiga qat’iy amal qilish tavsiya etilgan.

Yangiliklar lentasi
0