TOShKENT, 14 apr - Sputnik, Sofya Melnichuk. Koronavirus pandemiyasi tufayli sog‘liqni saqlashga ketgan sarf-xarajatlarni sarhisob qilish hali oldinda va gap trillionlab dollar haqida ketadi. Ammo Xitoyda kasallikning har bir holati davlatga qanchaga tushgani hisoblab chiqilmoqda. Hukumat "pandemiya faxriylari" ga davolanishning barcha xarajatlarini oxirgi yuangacha qoplashni va’da qilmoqda. Ko‘pchilikning ishonchi komil: bu Xitoyning epidemiyaga qarshi kurashda muvaffaqiyatning siri. RIA Novosti xabariga asosan.
Muvaffaqiyatsizlikdan taqlid qilish misoligacha
Xitoy shaharlari asta-sekin odatdagi hayotiga qaytmoqda. Bir necha hafta davomida bo‘sh bo‘lgan supermarketlar, bog‘lar, sport maydonchalari va kafelar yana odamlarga to‘ldi. Biroq, epidemiya ustidan yakuniy g‘alaba hali e’lon qilinmadi. O‘tgan kun davomida 108 ta yangi holat qayd etildi. Ulardan 98tasi chet eldan olib kelingan Xitoy fuqarosi (26 martdan boshlab chet elliklar uchun kirish yopildi). O‘n bemor - Rossiya bilan chegaradosh Xeylunszan provinsiyasi va janubdagi Guangdong viloyatida.
"Davlat sog‘liqni saqlash masalaliri qo‘mitasiga 31 provinsiyadan koronavirusning yangi turi bilan kasallanish 82160 holati tasdiqlanganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi. Hozirgi paytda 1156 kishi kasal bo‘lib (121 nafari og‘ir ahvolda), 77663 kishi kasalxonadan chiqarildi, 3341 kishi vafot etdi", - deyiladi qo‘mita so‘nggi hisobotida.
26 fevral kuni holatiga Xitoy kasallanganlar soni bo‘yicha yetakchilik qilgan - taxminan 80 ming kishi. Bir mingdan ko‘proq yuqtirilganlar soni bilan ikkinchi o‘rinda Janubiy Koreya bo‘lgan. Bir oy o‘tgach, Xitoyni Italiya (76,5 ming kasallangan) va AQSh (72,2 ming kasallangan) ortda qoldirdi.
Endi antirekord AQShga tegishli. U yerda, 12-aprel holatiga yarim million kishi kasal bo‘lgan, bu Italiya va Ispaniyaga qaraganda 300 mingga ko‘p.
Hozircha vaziyatni nazoratga olishning imkoni bo‘lmayapti. 13-apreldan boshlab Donald Tramp barcha 50 shtatda "katta falokat" rejimini e’lon qildi. Prezidentni sust harakatlarda ayblashmoqda va bir savolni ilgari surishmoqda: falokatning oldini olish mumkinmidi? Asosiy strategik raqib - Xitoydan ibrat olsa bo‘lmasmidi?
Qimmatli bemorlar
Virus tarqalishini to‘xtatish uchun Xitoy hukumati tomonidan amalga oshirilgan misli ko‘rilmagan choralar bir necha haftadan beri muhokama qilinmoqda. Xitoy tajribasining eng qimmatli saboqlari bu kasallik o‘chog‘idagi hamkasblariga yordam berish uchun tibbiy xodimlarni jalb qilinishi, dala shifoxonalarini favqulodda qurish va ommaviy test o‘tkazishdir.
Biroq, yana bir, ehtimol eng muhim omil bor. AQSh va Yevropa mamlakatlarida uncha maqbul bo‘lmagan. Gap COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarning aksariyat qismi uchun bepul tibbiy xizmat haqida ketmoqda.
AQShda deyarli hamma kasalxonalar xususiydir. Bunda sug‘urta kompaniyalari koronavirus testini faqat ijobiy natija bo‘lgan taqdirdagina qoplaydilar, davolanishning asosiy xarajatlari esa bemor tomonidan qoplanadi.
Sug‘urta dasturlari haqiqatan ham tibbiy yordam narxining 80 foizini to‘laydi, lekin ko‘pincha bu mablag‘lar bemor o‘z mablag‘larini davolashga sarflab bo‘lganidan keyingina qoplanib beriladi.
Qashshoqlik chegarasida yashaydigan amerikaliklar davlatning faqatgina minimal yordamiga tayanishi mumkin, fuqarolarning deyarli o‘n foizi esa tibbiy sug‘urtadan umuman foydalanishmaydi. COVID-19ga testlar va davolanish uchun to‘lovlar o‘n minglab dollarga tushishiga qaramay, hech kim bunday xarajatlarni qoplashni o‘ylamayapti.
Davolash tufayli qarzga botish ehtimoli ko‘pincha kasallikdan dahshatliroq ko‘rinadi, shuning uchun virusni yuqtiradigan ko‘plab odamlar shifokorlarga murojaat qilishmayapti. Bu kabi mantiq davlat bir yarim milliard fuqarolarining tibbiy xarajatlarini qoplab bermaydigan Xitoyda ham hukmronlik qilishi mumkin edi.
Xitoy qonunlariga ko‘ra, markaziy hukumat sog‘liqni saqlashda siyosat va boshqarish uchun javobgardir va har bir fuqaro bepul tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Shunga qaramay, xitoyliklarning tibbiy sug‘urtasini ta’minlashning asosiy yuki mahalliy hokimiyat zimmasiga tushadi.
Bazaviy dasturlarga ish beruvchi tomonidan to‘lanadigan shahar varianti (davlat ishtiroki minimal), fuqarolar uchun ixtiyoriy asosiy xizmatlar to‘plami va qishloq aholisi uchun taxminan bir xil sug‘urta dasturlari kiradi.
Ko‘prog‘ini istaganlar sug‘urtani xususiy kompaniyadan sotib olishlariga to‘g‘ri keladi. Aniq statistik ma’lumotlar yo‘q, ammo Xitoy hukumati ushbu sohani rivojlanishini imkon qadar qo‘llab-quvvatlamoqda.
Birinchidan davong
XXR tibbiy boshqarmasi tibbiy xizmatlar bo‘limi boshlig‘i Sun Sanszunning so‘zlariga ko‘ra, bitta bemorni koronavirusdan davolash o‘rtacha 21,5 ming yuan (taxminan 225 ming rubl) turadi. Jiddiy kasallarni davolash ancha qimmatga tushadi : o‘rtacha 150 ming yuan (1,5 million rubl). Sun Sanszun ta’kidlaganidek, o‘ta og‘ir bemorlar ozchilik bo‘lib, ularni davolash bir necha yuz ming yuan, ba’zan esa bir milliondan oshadi.
Umuman olganda, amaldorning ta’kidlashicha, 6-aprel kuni mamlakatning 31 mintaqasida bemorlarni davolash uchun 1,486 milliard yuan (15 trillion rubl) sarflangan.
Ammo bu ma’lumotlar yakuniy emas va ko‘payishi mumkin, dedi bo‘lim boshlig‘i. Masalan, 29-mart kuni bemorning o‘rtacha to‘lov cheki 17 ming yuanni tashkil etdi va bir hafta ichida 4,5 mingga oshdi. Bundan tashqari, davolash xarajatlarida tashqi yordamning ulushi qanchaligini aniqlash kerak bo‘ladi.
Xitoy jamoatchiligini tashvishga solayotgan xarajatlarni qoplash masalasiga kelsak, yanvar oyida hukumat COVID-19ga chalingan barcha bemorlarga bepul xizmat ko‘rsatilishini e’lon qildi. Xuddi shu narsa kasalxonaga koronavirusga shubha bilan yotqizilganlarga ham taalluqli edi. Xubey provinsiyasi (Uxan joylashgan) Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy tovon tibbiy sug‘urta va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan mablag‘lar hisobidan to‘liq to‘lanishini alohida ta’kidladi.
Aslida, albatta, burokratik to‘siqlar ham paydo bo‘lgan. Uxanda yashovchilardan birining jurnalistlarga aytishicha, uning kasal eri Tunszi shahar kasalxonasiga qabul qilishmadi, chunki uning yonida tibbiy sug‘urta bo‘lmagan. Bir necha soatlik tushuntirishlardan so‘ng, shaxs guvohnomasi yetarli ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Kasallikning yengil shaklida kasallanganlar ko‘pincha maxsus mehmonxonada izolyatsiya qilingan. Ular dori-darmonlarni o‘z mablag‘lari hisobidan sotib olishdi, ammo hukumat bu xarajatlarni qoplab berishga va’da bergan.
Sun Sanszun so‘zlariga ko‘ra, hisob-kitoblar davom etmoqda. "Ikki tomonlama kafolat" siyosatiga ko‘ra (kambag‘al qishloq joylarida qashshoqlikni bartaraf qilish va kambag‘al tumanlarning turmush darajasini oshirish – tahr.) koronavirusga chalingan barcha bemorlarga to‘lovlar beriladi", - dedi janob Sun.
Shu bilan birga, rasmiylar ishchilar uchun tibbiy sug‘urta xarajatlariga soliq solishni asta-sekin kamaytiradi.
Epidemiya davlatni tibbiy infratuzilmani moliyalashtirishdagi kamchiliklarga e’tibor qaratishga majbur qildi: kasalxonadagi yotoqlardan tortib tashhis qo‘yishgacha. XHR hukumati sog‘liqni saqlash sohasidagi turli loyihalar uchun mintaqaviy hokimiyatlarga qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini e’lon qildi.
Ilgari hududlarda kredit mablag‘lari asosan infratuzilmaga sarflangan. Ammo bu safar Xitoy Davlat Taraqqiyot Banki tibbiy loyihalar uchun 1-yil muddatda so‘ndirish sharti bilan 14,25 milliard yuanga (ikki milliard dollardan ortiq) teng maxsus bondlar chiqardi. Yanvar oyida bank Uxan shahar hokimiyatiga ikki milliard yuan (taxminan 286 million dollar) miqdorida qarz ham berdi.
Xitoy tajribasini umumlashtirib: avval davolab, so‘ngra sug‘urta va imtiyozlar bilan shug‘ullanish kerak - bu epidemiya avj olgan paytda hukumatning rejasi edi.