TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Xitoy chet eldan bo‘ladigan koronavirus pnevmoniyasi "importi"ning oldini olish uchun "uchta mudofaa chizig‘i"ni yaratdi.
"Old liniya"da bojxonachilar turibdi - ular o‘tgan 40 kun davomida chetdan kelayotgan fuqarolarning tana temperaturasini o‘lchash, shuningdek, ular harakatlanishi tarixini o‘rganish orqali infeksiyani yuqtirganlik bo‘yicha ko‘plab holatlarni aniqladilar, deydi Xitoyning kasalliklar profilaktikasi va nazorati bo‘yicha markazi xodimi, epidemiolog U Szunyu.
Mudofaaning ikkinchi liniyasi ikki haftalik karantindan iborat. Bunda qaysi davlatdan kirib kelishidan qat’iy nazar barcha fuqarolar ikki haftalik majburiy tartibdagi karantinda saqlanadi. Sababi, tibbiyot xodimlari fikricha, koronavirus pnevmoniyasining inkubatsion davri 14 kungacha davom etishi mumkin.
Uchinchi mudofaa chizig‘ida tajribali shifokorlar turadi. Ular birinchi ikki liniyada aniqlanmagan bemorlarni aniqlash ishlarini olib boradilar, dedi U Szunyu.
O‘tgan yilning oxirida Xitoydan boshlangan COVID-19 pandemiyasi bugungi kunda 170ta davlatga kirib bordi. Infeksiya Antarktidadan boshqa barcha qit’alarga kirib borgan. BSST ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus bilan bemorlangan kishilar soni 370 mingga yetdi, virus 16 ming odamni o‘ldirdi.
O‘lim holatlari bo‘yicha bugungi kunda Italiya birinchilikda bormoqda (o‘lganlar soni 7 mingga yaqinlashdi), undan keyingi qatorlarda XXR, Ispaniya, Eran, Fransiya va AQSh turibdi.