Xitoy mamlakatda koronavirus epidemiyasi yakunlanganini e’lon qildi

© Sputnik / Anna Ratkoglo / Mediabankka o‘tishProxojie v zashitnix maskax na odnoy iz ulis v Pekine
Proxojie v zashitnix maskax na odnoy iz ulis v Pekine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning 93 foizi (75 770 kishi) sog‘ayib ketgan.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Xitoy sog‘liqni saqlash masalari bo‘yicha Davlat qo‘mitasi vakili Mi Fen mamlakatda koronavirus infeksiyasining tarqalishini to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘linganini ma’lum qildi. Bu haqda Xinhua nashri xabar qilmoqda.

“28 mart holatiga ko‘ra tasdiqlangan infeksiya yuqtirib olish holatlari soni uch mingtadan kamroq”, - deya aniqlik kiritgan brifingda u.

Ulitsa goroda Uxan v kitayskoy provinsii Xubey - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda koronavirusga chalinganlarning deyarli 90 foizi tuzalib ketdi

Ta’kidlanishicha, chetdan ushbu infeksiyaning olib kirilishi tufayli kasallanish soni o‘sishda davom etmoqda. Aynan shu bois mamlakatda koronavirusning yana avj olishi xatari saqlanib qolmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning 93 foizi (75 770 kishi) sog‘ayib ketgan.

Hozirda O‘zbekistonda ushbu infeksiya bilan kasallanganlar soni 145 taga yetgan. Ulardan 7 nafari kasallikni yengishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, ikki nafar bemor virus qurboniga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0