TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Xitoy hukumati yangi koronavirusga qarshi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazishga ruxsat berdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Klinik sinovlarni boshlashga ruxsat akademik Chen Vey boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi tomonidan olingan.
Vey jamoasi 26-yanvar kuni yangi koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan - Uxan shahriga etib borgach, darhol vaksinaning farmatsevtika va toksikologiyasi bo‘yicha tadqiqotlarni boshladi.
"Ommaviy ishlab chiqarishdan oldin, xalqaro qoidalar va XXR qoidalariga muvofiq vaksinaning xavfsizligi va samaradorligini aniqlash bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borildi", deb ta’kidladi akademik.