YeOII va COVID-19: Ittifoqdoshlar pandemiyani yengib o‘tishga qodirmi?

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishOcheredi migrantov v UFMS
Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YeOII, KXShT ittifoqchi davlatlari pandemiyaga qarshi qanday kurashmoqda? Ayni damda ushbu yo‘nalishda qanday muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarga erishilgan?

Shu kunlarda barcha Yevrosiyo davlatlari, YeOII va KXShT a’zolari umumiy muammo - koronavirus epidemiyasiga duch kelmoqdalar. AQSh va Yevropa Ittifoqi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xavf eng rivojlangan davlatlar uchun ham sog‘liqni saqlash, ham uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish nuqtayi nazaridan muhimdir.

Ittifoqdosh davlatlar bir-biriga yordam berib, keskin muammolarni birgalikda hal qilishlari kerak. 10-aprelga iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish va pandemiyaga qarshi kurash choralarini muvofiqlashtirish bo‘yicha YeOII Hukumatlararo kengashining majlisi belgilangan. KXShT mamlakatlari o‘rtasida doimiy maslahatlashuvlar davom etmoqda. Ammo amalda qanday ish ketmoqda? Muvaffaqiyatlar va muvaffaqiyatsizliklar qanday?

Prodaja meditsinskix masok v aptekax - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya mamlakatdan tibbiy niqob olib chiqishni taqiqladi

Virusga qarshi kurash

Tibbiy muammolarni hal qilish ko‘plab MDH mamlakatlari uchun og‘ir masala bo‘lib qoldi. 90-yillar tibbiyotga qattiq ta’sir ko‘rsatdi, iqtisodiy tanazzul rivojlanish uchun to‘siq yaratdi. Natijada, ko‘plab davlatlar epidemiyalarga zaif bo‘lib chiqdi, shu jumladan gullab-yashnagan Qozog‘iston ham yaqinda Rossiyaga gumanitar yordam so‘rab murojaat qildi.

Rossiya faktori ayniqsa muhimdir, chunki bu mamlakat ilg‘or tibbiyot va biologiyani saqlab qoldi, hatto AQSh ham hozirda uning maxsus uskunalarini sotib olmoqda. Qish oxirida Moskva Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga, shuningdek, MDHning boshqa mamlakatlariga koronavirus tashxisi uchun test-tizimlarini va zarur kimoviy moddalarni topshirdi. Qirg‘izistonda Moskvadan 7,5 ming test-tizimlarini olishgani aytildi, ular respublikaning diagnostika vositalariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirdi.

Bundan tashqari, Rossiyada koronavirus vaksinasining uchta prototipi yaratildi, ularning sinovlari may oyida boshlanadi. Bu ishda mashhur "Vektor" (Novosibirsk) va boshqa bir qator ilmiy markazlar ishtirok etmoqda. Rossiyani KXShT va YeOIIga a’zo davlatlarning ilmiy-tadqiqot institutlariga tadqiqot va vaksinalarni joriy etishda ishtirok etishiga ruxsat berishga tayyor ekanligi haqida ma’lumotlar mavjud.

O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha yordam ham ehtimoldan holi emas. Rossiyaning "Yandeks" kompaniyasi odamlarning faoliyati ustidan 24 soatlik monitoring tizimini ("O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish indeksi") ishlab chiqdi, u hozirda Rossiya shaharlarida ishlamoqda va Minsk, Yerevan va Nur-Sultonda sinovdan o‘tkazilmoqda. Kelgusida loyiha yanada kengaytirilishi mumkin va qo‘shni davlatlardagi epidemiyaga qarshi tadbirlar samaradorligini baholashga yordam beradi.

Test-sistemi dlya diagnostiki novogo koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya YeOII va Eronga koronavirus test-tizimlarini yetkazib berdi

Va nihoyat, favqulodda, Rossiya harbiy shifokorlarning Italiyadagi operatsiyasi kabi yordam varianti ham muhokama qilinmoqda, ammo hozircha Yevrosiyo blokining boshqa davlatlari mustaqil ravishda kurashishga harakat qilmoqdalar. Shunday qilib, Qozog‘iston keyinchalik epidemiyaga qarshi kurashda o‘z bo‘linmalaridan foydalanish uchun rezervdagi askarlarni jalb qilishga ham bordi.

Hamma uchun asosiy vazifa - epidemiyadan omonlik bilan o‘tish

Profilaktik choralar tufayli Yevrosiyoda epidemiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararlanish cheklangan, ammo ba’zi majburiy choralar xalqaro savdoga, shu jumladan zarur tovarlar yetkazib berilishiga zarar yetmoqda. Pandemiya oziq-ovqat ta’minoti zanjirlarini yo‘q qilib "ochlik spiralini" ishga tushira boshladi.

Ushbu muammo YeOII vakolatiga kiradi. Xususan, Yevroosiyo Komissiyasi o‘z uyida taqchillik paydo bo‘lishini oldini olish uchun bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini, shu jumladan un va don mahsulotlarini uchinchi mamlakatlarga eksport qilishni chekladi. Bu qo‘shni davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston va Tojikistonda ham tashvish uyg‘otdi. Ammo mahalliy hokimiyat chakana narxlar oshib borayotgan bo‘lsa-da, vaziyatni zaxiralar hisobiga hal qilishmoqda.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
"Samoizolyatsiya qurbonlari": koronavirus tufayli migrantlar qancha pul yo‘qotadi?

Asosiy yutuq - yo‘lovchilar tashish bo‘yicha cheklovlarga qaramay, yuklar tashilishi saqlab qolindi. Davlat xizmatlari va biznes vakillarining ishi temir yo‘llaridagi, suv yo‘llari aloqani va avtotransport tashuvlarini qisman saqlab qolishga imkon berdi. Bu mahalliy uzilishlarga qaramay, oziq-ovqat mahsulotlarini YeOIIning barcha punktlariga yetkazishga imkon beradi.

Muhim yangiliklardan biri shundaki, Rossiya don mahsulotlarining eksportiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi va bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishni qisman cheklasa-da, Qozog‘iston kabi uni butunlay to‘xtatmadi. Hukumat epidemiyaga qaramasdan agrosanoat majmuasi normal ishlashini va ekin ishlarini olib borayotganini ta’kidladi. Belarus ham oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotini saqlab qolishga va’da berdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan "yopilib olgan" Qozog‘iston, Rossiyadan go‘sht va baliq mahsulotlarini, shuningdek shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berilishiga muxtoj. Qozog‘iston yetkazib berishni to‘xtaganini hisobga olgan holda, Rossiya bir qator Yevrosiyo don bozorlarini to‘ldirishiga to‘g‘ri keladi.

Tibbiy niqoblar va ba’zi dori-darmonlar bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkab, ularga bo‘lgan talab bir necha bor oshdi, ammo umid borki, umumiy sa’y-harakatlar yordamida yuzaga kelgan muammolar yaqin kelajakda hal qilinadi. Bundan tashqari, epidemiyani boshlang‘ich bosqichida yordam uchun Moskvadan minnatdor bo‘lgan va o‘zaro yordam berishga harakat qilayotgan Xitoydan yetkazib berish orqali vaziyat yaxshilanmoqda.

Mehnatkashlar

Ushbu virus deyarli barcha YeOII mamlakatlari mehnat bozorlariga ta’sir o‘tkazdi. Xizmat ko‘rsatish sohasidagi ko‘plab korxonalar faoliyatni to‘xtatdi, transport tashuvlari qisqardi va kompaniyalarning bir qismi faoliyati to‘htadi. Boshqa mamlakatlaridagi mehnat migrantlari og‘ir vaziyatda qolishdi, ular ishlaridan ayrildi va o‘z vatanlariga ketishda cheklovlarga duch keldilar.

Pandemiya va migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya va mehnat migrantlari

MDHning ko‘pchilik mamlakatlari 23-martdan keyin chet elda dam olayotgan va ishlagan 330 mingdan oshiq fuqarolarini o‘z vatanlarini yetkazgan Rossiya kabi o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun bunday keng ko‘lamli operatsiyalarni amalga oshirishga qodir emas. Rossiya aeroportlarida yuzlab Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari tiqilib qolishdi, ularni milliy aviakompaniyalar parvozlar sonining qisqarishi va chiptalarga talabning oshishi tufayli olib keta olmayapti. Elchixonalar bir qator charter reyslarini tashkil qilmoqdalar, ammo hozircha bu oqimni uddalay olmayaptilar.

Rossiya hukumati yuzaga kelayotgan muammolarni kamaytirishga harakat qilmoqda. Ichki ishlar vazirligi migrantning arizasiga binoan Rossiyada qolish uchun ruxsatnomani hududiy organlarda avtomatik ravishda uzaytirilishi to‘g‘risida e’lon qildi. Muddatlarni buzganlik uchun jarimalar, fors-major vaziyati sababli bekor qilindi. Ammo rasmiylar chet elliklarning uy-joyi va ishlashi bilan bog‘liq barcha muammolarni bartaraf eta olmayapti.

Hammadan kamroq real ishlab chiqarishda ishlaganlar jabr ko‘rdi. Oziq-ovqat do‘konlari, ko‘plab qurilish maydonlari va qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari o‘z faoliyatini davom ettirmoqdalar. Qat’iy cheklovlar amal qiladigan korxonalarda o‘z hodimlariga ruhsatnomalar joriy etilmoqda. Biroq kafe va sartaroshxonalar yopilmoqda, taksilar xizmatiga esa talab pasayib ketdi.

Predsedatel Profsoyuza trudashixsya migrantov Renat Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Karimov: migrantlar Rossiyada hozir eng himoyasiz qatlamdir

Mamlakatda qonuniy ravishda ish olib borgan migrantlar, ayniqsa YeOII mamlakatlaridan kelganlari, rossiyaliklar kabi tegishli ijtimoiy himoya choralarining aksariyatiga va o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimi tugagach ishining tiklanishiga umid qilishlari mumkin. Biroq, ishga rasmiy joylashmagan va hech qanday mablag‘iga ega bo‘lmagan odamlar, hech qanday davlatning zimmasiga tushmaydigan qiyin hayotiy vaziyatga tushib qoldilar.

Bu yerda faqat oddiy odamlar va "mehribonlik virusi" yordam berishi mumkin, bunday nomni inqiroz davrida o‘zaro yordamning o‘sishi tufayli jurnalistlar berishdi. Rossiya nashrlaridan biri Moskvadagi qahvaxona egasi Anzirat ismli qirg‘iz ayolning hikoyasini misol qilib keltiradi. U karantin uchun ijara haqini to‘lashni kechiktirishga kelishdi va moskvaliklarning mehribonligiga duch kelib, u xodimlarga yordam berishga harakat qilmoqda: mablag‘larini yo‘qotganlarga yopiq kafeda yashab turishga ruxsat berdi, oziq-ovqat bilan yordam bermoqda, ijtimoiy tarmoqlar orqali Qirg‘iziston fuqarolarining o‘zaro yordam loyihalarini muvofiqlashtirishga harakat qilmoqda.

Bunday o‘zaro yordam va yaqiningdagini qiyin ahvolini tushunish bu inqirozning ko‘plab oqibatlariga yagona haqiqiy javobdir.

Yana nima qilish kerak?

Inqiroz hamkorlikning yangi mexanizmlarini yaratish zarurligini ko‘rsatdi - hech bo‘lmaganda u tugaguncha. Avvalo, gap oziq-ovqat va dori-darmon bozorini boshqarish haqida ketmoqda. YeOII hududida muhim tovarlar savdosiga qo‘yilgan cheklovlarni minimallashtirish va taqchillik xavfini bartaraf etish uchun turli xil ssenariylarda mavjud zaxiralar, ishlab chiqarish hajmi va iste’mol darajasini haqiqiy baholab chiqish kerak. O‘tgan yillar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, asosiy mahsulotlar bo‘yicha ittifoq o‘z ehtiyojlarini qondirishi mumkin, faqatgina transport va sotuv tizimini tartibga solish kerak.

Chesnok - Sputnik O‘zbekiston
YeOII hududidan ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini olib chiqish ta’qiqlandi

Shu bilan bir qatorda muhim choralar qatorida - YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi transport faoliyatini cheklovlarini davlatlar ichidagi ma’muriy chegaralarga qaraganda qattiqroq bo‘lmasligi uchun sinxronlashtirishdir. Eng yaxshi variant, kasallanganlar sonining ko‘payishini to‘xtatish uchun chora-tadbirlarni qisqa muddatli kuchaytirilishi, so‘ngra tibbiy xizmatlarning maxsus vizalar tizimidan foydalangan holda aviaparvozlarni asta-sekin qayta tiklash.

Mehnat bozorida yanada moslashuvchan ishlash kerak. Rossiyada, o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish uchun ba’zi korxonalarning yopilishi fonida, tovarlarni uyga yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar qo‘shimcha xodimlarni jalb qilmoqda. Qurilayotgan tibbiyot muassasalarida ishchilarga talab yuqoriligicha qolmoqda. Qishloq xo‘jaligi ishchilariga mavsumiy talab yuqori bo‘lishi kutilmoqda. YeOII hududida fuqarolarni mehnat bozorida yuz berayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilishning markazlashtirilgan tizimini yaratish kerak, bunda uni yaratishda uzoq vaqtdan beri mehnat migrantlarni bandligi muammolaridan o‘zlarini chetlagan qabul qiluvchi davlatlar va elchixonalar ishtirok etishlari kerak.

Va nihoyat, hukumatlar va oddiy fuqarolar tomonidan umumiy tahdid fonida,  koronavirusga qarshi turishda atigi o‘zaro yordam - "mehribonlik virusi" kerak.

Yangiliklar lentasi
0