TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Rossiya olimlari tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus test-tizimlarini 10dan ortiq yaqin xorijiy mamlakatlarga topshirdi. Bu haqida Rospotrebnadzor xabar qilmoqda.
“Koronavirusni laboratoriyada aniqlash test-tizimlari Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi, Mongoliya, Xitoy, Eron, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonga yetkazib berildi”, - deyligan rasmiy xabarda.
Muassasa xabariga ko‘ra, Novosibirskda joylashgan “Vektor” ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan yaratilgan uskunalar, koronavirus epidemiyasiga qarshi kurash uchun yordam sifatida yetkazib berilgan.
Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, Novosibirsda ishlab chiqilgan yangi test tizimlari kornavirusni 2 soat ichida aniqlash imkonini beradi. Bu boshqa diagnostika vositalariga qaraganda juda tez. Bugungi kunda dunyoda mavjud boshqa test tizimlari koronavirusni aniqlash uchun bir necha kungacha vaqt sarflaydi.
Rossiya test tizimlari Armaniston va Belarusda bo‘lib o‘tgan sinovlarda o‘zini juda yaxshi ko‘rsatgan.
Eronga yaqindan yordam beramiz
Rospotrebnadzor Eronga koronavirusni aniqlovchi 500ta test-tizimi yetkazib bergan. Ushbu vosita yordamida 50 000 ta analiz o‘tkazish mumkin.
Yaqin vaqt ichida Rossiya Eronga tibbiy maskalar, maxsus himoya xalatlari jo‘natishni boshlaydi. Bu haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Eron hukumati yordam so‘raganidan so‘ng, shaxsan va’da bergan.
Eronda ayni damda epidemiologik vaziyat juda jiddiy. 11-mart holatiga 9 mingdan ortiq odamga koronavirus yuqqan. Ular orasida mamlakat vitse-prezidenti va ikki nafar vazirlar mahkamasi vakili bor. Shuningdek 354 kishi qurbon bo‘lgan.