2020 yil boshida Xitoyda paydo bo‘lib dunyo bo‘ylab tarqalgan koronavirus epidemiyasi Rossiya hayotiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Rossiya hukumati dastlab 30-martdan 4-aprelgacha, undan so‘ng aprel oyining oxiriga qadar o‘z-o‘zini himoya qilish rejimi e’lon qildi.
Ushbu rejimda ko‘plab korxonalar avvalgidek faoliyat yurita olmydi, albatta. Ushbu davr asosan savdo sotiq, jamoat ovqatlanish va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalariga aynisa og‘riqli bo‘ldi. Undan tashqari mehmonxona va uy xizmatlari biznesi ham jiddiy qiynchiliklarga duch keldi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus epidemiyasidan eng katta zarar ko‘rgan sohalar bu - restoran biznesi, mehmonxona va uy xizmatlari sohasi bo‘lgan. Jamoat transporti, qurilish sohalari bundan deyarli zarar ko‘rmagan. Yetkazib berish xizmatlari esa - o‘sish namoyish qilgan.
Koronavirus pandemiyasi mehnat migrantlariga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani haqida infografikamizda batafsil tanishing.