TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Rossiya bir qator tibbiy buyumlarni, jumladan, tibbiy niqoblarni mamlakatdan olib chiqishni vaqtincha taqiqladi. Tegishli qaror Vazirlar mahkamasi saytida e’lon qilingan.
Cheklov 2020-yil 1-iyunga qadar amal qiladi.
Niqoblardan tashqari ro‘yxatda bir martalik himoya kostumlari, himoya qiluvchi kombinezon, tibbiy doka, bint, dezinfeksiya qiluvchi va virusga qarshi vositalar, tibbiy qo‘lqoplar, respirator va ko‘zoynak kabilar kiritilgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur chora koronavihec avj olishi ortidan qabul qilingan.
Hujjatda bu insonparvarlik yordami va fuqarolar shaxsiy foydalanishi uchun olib chiqadigan bir martalik buyumlarga taalluqli emasligiga aniqlik kiritilgan.