Analitika

Ekspert: neft boʻyicha muzokaralardan hammadan koʻproq Tramp manfaatdor

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya va Saudiya Arabistoni bilan neft qazib olish boʻyicha muzokaralar olib borilishini maʼlum qildi. Siyosatshunos Vladimir Shapovalov bu boradagi oʻz fikrlarini bildirdi.

Amerika prezidenti Donald Tramp AQSH, Rossiya va Saudiya Arabistoni oʻz neft sanoatini qoʻllab-quvvatlash uchun jahon narxlarini koʻtarishni muhokama qilishlarini maʼlum qildi.

“Ular (Rossiya va Saudiya Arabistoni - tahr.) yigʻilishni rejalashtirmoqdalar, biz hammamiz nima qilishimiz mumkinligini baholash uchun yigʻilishni rejalashtirmoqdamiz. Chunki siz (neft) sanoatini yoʻqotishni xohlamaysiz. Bu minglab va minglab ish oʻrinlari”, - deya Trampning matbuot anjumanidagi soʻzlarini iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Zasedaniye Generalnoy Assamblei OON - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Tramp Rossiya va Saudiya Arabistoni bilan neft borasida muzokaralar boshlanishini eʼlon qildi

U neft narxining pastligi, bir tomondan, Amerika aviakompaniyalariga yordam berishini, ikkinchi tomondan, Amerika neft sanoatiga zarar yetkazishini tan olgan.

Trampning soʻzlariga koʻra, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan "yaxshi suhbat" oʻtkazgan.

Sputnik radiosi efirida siyosatshunos, MPGU Tarix va siyosat instituti direktorining oʻrinbosari Vladimir Shapovalov, ushbu vaziyatda aynan AQSH eng koʻp zarar koʻrgan tomon ekanligi haqida fikr bildirdi.

“Hozirgi vaqtda neft bozorida uchta asosiy oʻyinchi bor: Rossiya, OPEKning vakili boʻlmish Saudiya Arabistoni va oʻzining neft kompleksi bilan AQSH. Shuning uchun narxlarning keskin pasayishi ortidan uchta eng yirik neft ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi muzokaralar mantiqiy qadamdir. Aslida Tramp bu qadamni birinchi boʻlib bosdi. Aynan AQSH neft sanoati neft narxini pasaytirish jarayonida asosiy zarar koʻrguvchidir, chunki Amerika neftining tannarxi Rossiya va Saudiya neft tannarxlaridan ancha yuqori. Narxlarning yana ham pasayishi taqdirida yoki arzon narxlar qolishining barqaror tendentsiyasi holatida Amerika neft sanoatining kattagina qismi bankrot boʻladi – va bu allaqachon sodir boʻlmoqda. Shuning uchun Tramp narxlarning kerakli darajasida saqlanib qolishidan manfaatdor”, - deydi Vladimir Shapovalov.

Prezident RF V. Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kreml Putin va Tramp suhbati tafsilotlarini ochiqladi

Uning fikricha, Rossiya - Saudiya Arabistoni - AQSH formatidagi neft boʻyicha muzokaralar ehtimoldan holi emas.

"Rossiya muzokaralar jarayoniga har doim tayyor va Rossiya va AQSH prezidentlari oʻrtasida telefon orqali suhbat boʻlib oʻtganligi muzokaralar jarayoni mumkinligini koʻrsatmoqda. Uch tomonlama format ham boʻlishi mumkin, navbatdagi davrini yakunlagan OPEK+ platformasini qayta yaratilishi uchun sharoit mavjud. Shuning uchun Tramp ushbu muzokaralarning tashabbuskori boʻlib chiqadi deb oʻylayman", - dedi Vladimir Shapovalov.

OPEK+ mamlakatlari 6 martdagi neft qazib olishni qisqartirish yoki ularning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi bitimlarning parametrlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida kelisha olmadilar. Rossiya mavjud shartlarni, Saudiya Arabistoni esa neft qazib olishni qisqartirishni taklif qilgan. Natijada 1 apreldan boshlab sobiq ittifoqqa aʼzo mamlakatlarda ishlab chiqarishga qoʻyilgan cheklovlar olib tashlandi.

Yangiliklar lentasi
0