Yozda Tula viloyatining ko‘plab mehmonlari "Yasnaya Polyana", "Polenovo", "Turgenevo" dalahovli-muzeylariga boradilar. Ammo viloyat markazida hatto sovuq mavsumda ham ko‘rish va sinash mumkin bo‘lgan narsa bor. Moskvadan - bor-yo‘g‘i 180 kilometr, poyezdda ikki soatdan sal ko‘proq. Qanday qilib samovarga kirvolish kerak, taqa qoqilgan burgani, uch grammli revolver va garmonli etikni qayerda ko‘rish mumkin - RIA Novosti materialida.
XVI asr boshlariga taalluqli Tula Kremli - shaharning eng qadimgi binosi. Uning hududida ikkita ibodatxona bor: Bogoyavlenskiyda hozirda qurol-aslaha muzeyi filiali va Uspenskiysi esa cherkovga qaytarilgan. To‘g‘rirog‘i, hozir restavratsiya uchun yopiq, lekin to‘laligicha emas. Sayyohlar qo‘ng‘iroq minorasining pastki qismiga tashrif buyurib, Palex ikona rassomlarining freskalarini ko‘rishlari mumkin.
Kremlning yonida velosiped yo‘llari, qahva va chuchvarahonalari, shuningdek san’at obyektlari o‘rnatilgan Qozon qirg‘og‘i joylashgan. Masalan, metalldan yasalgan daraxt-kapalaklar, bir-biriga payvandlangan rus va lotin alifbosining 14 ming harfidan yig‘ilgan temir ot. Selfi uchun ajoyib joy!
Yana bo‘yalgan samovar yonidagi o‘yma yog‘och taxtada suratga tushish mumkin.
Shahardagi eng diqqatga sazovor joylardan biri bu Rossiyadagi eng qadimiy (1873 yilda tashkil etilgan) Davlat qurol muzeyi. Uning to‘plamining bir qismi Kremlning Bogoyavlenskiy ibodatxonasida saqlanadi.
Eski temir qalpoq ko‘rinishidagi asosiy bino sakkiz yil oldin qurilgan. Tula ustalari tomonidan yaratilgan otish va sovuq qurollari muzeyning besh qavatida joylashtirilgan. Eng qadimiy eksponatlar XIV asrga tegishli.
Buyumlarning bir qismini qo‘lingizga olishingiz mumkin: pulemotdan nishonga olish yoki Birinchi Jahon urushi miltig‘ini ushlab turish.
To‘plamda kamdan-kam uchraydigan eksponatlar ham mavjud, masalan, "balerina" (og‘irligi 43 kilogramm bo‘lgan yengil aviapushkasi), kichkina uch grammli "Buldog" (bir metrdan qog‘oz varaqni teshib qo‘yishi mumkin) revolveri, eng tezkor artilleriya quroli (daqiqada 12 ming dona o‘q otadi), va shuningdek barchaga yaxshi tanish Kalashnikov avtomati va Makarov pistoleti.
Golografik vitrina va proyeksion mini-kinoteatrlar qurollar bilan tanishishga yordam beradi.
XIX -XX asr boshlarida shahar aholisini nima bilan davolashgan, bu "Eski Tula dorixonasi” muzeyida namoyish etiladi. Bu yerda dorilar 1884-yildan 2011-yilgacha sotilgan.
"Dorihona avvalgi egalari - Belyavskiy oilasida bo‘lganidek qayta tiklandi. Faoliyatni farmatsevtlarning uch avlodi olib borishgan. Mebel, vitrina, lyustralar ajdodlar tomonidan qoldirilgan hujjatlarga muvofiq buyurtma qilingan", - deydi ekskursovod Larisa Moskalenko. – Savdo zalida o‘zining yorliqlari yopishtirilgan shishalar bor".
Muzeyning eng mashhur eksponati bu tokar Nikolay Aldunin tomonidan yasalgan oltin taqali burga. Zargarlik buyumini mikroskop ostida ko‘rish mumkin.
Bu an’analarga hurmat bajodir: ilgari dorixonalarga nafaqat giyoxlar sotib olishga kirishgan, balki spirtlangan hayvonlar kabi g‘ayrioddiy narsalarni ko‘rgani kirishgan.
Kreml devorlari yonida joylashgan "Tulskie samovari" muzeyining ikkita zalida XVIII — XX asrlarning namunalari to‘plangan. Nafaqat metall, balki chinni, qayin po‘stlog‘iligi ham. Eng kattasi – dekorativining ichiga tashrif buyuruvchilar hatto kirishi ham mumkin.
Bu yerda shaharda birinchi samovar zavodini qurgan Ivan va Nazar Lisitsinlarning shaxsiy buyumlari va boshqa mahalliy savdogarlar - Somovlar, Malikovlar, Fominlar, Batashevlar, Shemarinlarga tegishli narsalar ham saqlanmoqda.
Lenin nomini olgan asosiy maydonda "Omad tilaymiz" yozuvi bilan mashhur Tula pranigiga atab yasalgan yodgorlik o‘rnatilgan. Shaharning ramzlaridan biri 1685-yildan beri ma’lum bo‘lgan.
Klassik Tula pranigi – to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, tepasi shakarlangan. Ichida - murabbo yoki quyultirilgan sut.
Katta hajmda ishlab chiqarish 1954-yilda boshlanib, Butunittifoq qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi ochilishiga bag‘ishlangan.
Chorak asr davomida pranikka bag‘ishlangan muzey faoliyat yuritmoqda. Ko‘rgazma ekspozitsiyalari orasida pishiriqlarga shakl beruvchi maxsus taxtalar, turli xil qadoqlash buyumlari, nonvoyxonalar jihozlari.
Tula, shuningdek, garmon vatani. Aynan shu yerda XIX-asrning boshlarida aka-uka Shkunayevlar uy ustaxonasida eng oddiy asboblarni yasashgan.
Ularni Kreml yaqinidagi Mendeleyevskaya ko‘chasida joylashgan "Garmoni deda Filimona" muzeyida ko‘rish mumkin.
To‘plamda 150 dan ortiq musiqa asboblari mavjud: Tula, Saratov, Orel, Yelesk, Vologda, Nijniy Novgorod garmonlari, shuningdek nemis bandoneon va konsertina. Ba’zilarida o‘ynashga ruxsat beriladi.
"Biz eng uzun akkordeonni, eng kichkinasini - kaft kattaligidagini, eng jarangdorini va o‘ymakorlikka to‘lasini namoyish etamiz. Biz eng mag‘rurlanadigani – garmon-etik" deydi Dargomijskiy nomidagi Tula san’at kolleji o‘qituvchisi Nikolay Kuzmishev.
Usta Semon Shtirxunov tomonidan 37 o‘lchamli etikni yangi musiqiy asbob va san’at asariga aylantirib unga yangi hayot bahsh etdi.
O‘ynash uchun siz o‘ng qo‘lingizni boldir qismiga, chapni esa tovondan ushlab, ozgina tortish kerak.
Yaqinda Kremldan boshlanib Qozon qirg‘og‘iga parallel cho‘zilgan Metallistlar ko‘chasi piyodalar yo‘lagiga aylandi. Tula Arbati deb nomlaniladi. Binolarning aksariyati - esdalik buyumlari va qandolat do‘konlari, qahvaxonalar joylashgan XIX asrga taalluqli ikki qavatli tosh uylari.
Bu yerning o‘zida Sovet o‘yinchoqlari muzeyi joylashgan. Belgi orqali hovliga kirilsa ayni muddao bo‘ladi. Kirish joyida sizni bolalar avtomashinasi kutib oladi.
Ekspozitsiya uchta xonani egallagan. Javonlarda - nevalyashka, yula, yumshoq o‘yinchoqlar, piramidalar, stol o‘yinlari, niqoblar, mozaikalar, diafilmlar, qo‘g‘irchoqlar.