Yaltadan Sochigacha - Rossiya janubining eng romantik shaharlari

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishRegioni Rossii. Krim
Regioni Rossii. Krim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning janubiy shaharlarida bahor nafasi sezilmoqda. Patigorskda "shamol musiqasi", Sochidagi "O‘pichlar xiyoboni", Yaltadagi Eyfel minorasi - sevgi izhorlari uchun eng yaxshi joylar bo‘lishi mumkin...

TOShKENT, 14-fev - Sputnik, Svetlana Bayeva. Allaqachon, mamlakatdan chiqmasdan, haftaning dam olish kunlarini bahor boshlanadigan shaharda o‘tkazishingiz mumkin va bu yerda - sevib qolish, taklif qilish mumkin. Rossiyaning janubi romantika bilan nafas olmoqda. Patigorskda "shamol musiqasi" yangraydi, Sochidagi Potseluyevskiy skveri chorlaydi va yo‘lovchilarni hayratga soladi, Yaltadagi Eyfel minorasi sevgi izhorlari uchun eng yaxshi joy. "RIA Novosti" materialida Yeseninning makkor telegrammasi, Tamanning muloyim aholisi va "Assa" dagi simli yo‘llari afzalliklari.

Yalta: Parij sohilida va ikkisi uchun sim yo‘li

Qish va bahor Yalta romantikasi - bu Nikitskiy botanika bog‘i, u yerda har doim biror narsa gullaydi, Parij plyajiga ishora bo‘lgan plyaj, shaharning barcha yo‘llari va ko‘chalari birlashadigan sohil bo‘ylab sayr.

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishProxojie na yanvarskoy naberejnoy Yalti
Yaltadan Sochigacha - Rossiya janubining eng romantik shaharlari - Sputnik O‘zbekiston
Proxojie na yanvarskoy naberejnoy Yalti

Va shuningdek, chiroyli xato. 2011-yildan beri sohil bo‘yida, yoshi juda ulug‘ mashhur gigant chinor daraxti ostida (balandligi 30 metrdan oshadi) "Sevgi taxtasi" turadi. Agar afsonasiga yuzlansak, Sergey Yesenin bir asrlik daraxt ostida Aysedora Dunkanni uchrashuvlarga taklif qilar edi. Ammo ishonishni keragi yo‘q, voqea qayg‘uli.

"Bu sayyohlar ertagi. Yesenin va Dunkan Yaltada turli vaqtlarda bo‘lishgan", - deydi Dmitriy Pogrebnyak, shahar sayyohlik-ma’lumot markazining asoschisi, "Dunkan Yesenindan boshqasini sevishi, turmushdaligi va baxtli ekanligi to‘g‘risida telegramma oldi".

Mashhur raqqosa chinorga maftun bo‘lib qoldi, gigantga hatto uning ismi berildi.

© Sputnik / Alexey Malgavko / Mediabankka o‘tishProxojie na odnoy iz ulis Yalti vo vremya livnya
Yaltadan Sochigacha - Rossiya janubining eng romantik shaharlari - Sputnik O‘zbekiston
Proxojie na odnoy iz ulis Yalti vo vremya livnya

Dmitriy sevishganlarga "Assa" filmidagi afsonaviy (kabinalar ikki kishiga mo‘ljallangan) sim yo‘lida - xuddi shu Lenin sohilidan Darsan tepaligining tepasiga qadar uchishni maslahat beradi. "Juda g‘ayrioddiy hisslar: kichkina kabinalar va juda balandga ko‘tarilish. Siz shahar uzra uchib borasiz va siz uylarga, daraxtlarga tegib ketishingiz mumkin", - deya sayyohlar diqqatga sazovor joy haqida taassurotlarini bildiradi.

Qrim shahri hatto o‘z Eyfel minorasiga ega. Albatta, u Parijdan 30 baravar kichik, ammo u juda romantik joyda - pirs ustida joylashgan. Massandra plyajini bezash uchun yaratilgan dizayn vaqtincha bo‘lishi rejalashtirilgan edi, ammo shahar aholisi va mehmonlarga, ayniqsa sevishganlarga shu qadar yoqdiki, u doimiy yashash huquqini oldi.

Sochi: romantik uchrashuvlar va arzon yaxtalar

"Huddi Ispaniyaga borib qolgandayman! Quyosh botmoqda, chaykalar uchib yuripti", - deb eslaydi Sochi dengiz porti haqida moskvalik Marya Terexova, - Va manzaralar ochiladigan verandali restoranlar juda ko‘p! "

Kechani yaxtada davom etish imkoniyati mavjud. Aytgancha, gidlar so‘zlariga ko‘ra, bu arzon zavq - bir kishi uchun 500 rubldan boshlab. Albatta, siz ochiq dengizga chiqishingiz ob-havoga bog‘liq, ammo hordiq yil bo‘yi davom etadi.

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishMorskoy vokzal v Sochi
Yaltadan Sochigacha - Rossiya janubining eng romantik shaharlari - Sputnik O‘zbekiston
Morskoy vokzal v Sochi

Sochiga ko‘pincha muhim voqealarni - to‘y yoki birgalikda yashashning yubileyini nishonlashga kelishadi. "Sochi markazi istirohat bog‘larida yangi turmush qurganlar va sevishganlar sayr qilishadi. Hatto Potseluyevskiy skveri ham bor, doim ko‘karib turgan daraxtlari, skameykalari, favvorasi bilan", deydi Svetlana Vaskova.

Biroq, u o‘pishish bilan hech qanday aloqasi yo‘q, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Markaziy Sochi gastronomi direktori Ivan Potseluyev nomi bilan atalgan. Ammo bu juftliklarga xalaqit bermaydi, vaholanki ro‘yxatga olish idorasi binosi yaqinda.

Yangi turmush qurganlar Axun tog‘iga ham tez-tez boradilar. "Afsonaga ko‘ra, bu joy erkaklarga kuch va quvvat bag‘ishlaydi, - deb tushuntiradi Svetlana." U yerga jigitlar o‘g‘irlangan go‘zallarni uning tepasiga olib ketishgan deyishadi ".

Patigorsk: shoir, qahramon va "uyatsiz vannalar"

"Momaqaldiroq paytida bulutlar tomimgacha pasayadi", deb yozadi zamonamiz qahramoni Grigoriy Pechorin Patigorskdagi uyi haqida.

Ushbu kurort shahrining ko‘plab romantik joylari Mixail Lermontov bilan bog‘liq. Masalan, eng mashhur tog‘ - Mashuk. Etagida shoir duel oldidan so‘nggi oylarni o‘tkazgan uy. Shimoliy-g‘arbiy etagida u o‘ldirildi. Lermontov groti mavjud, u joydan go‘zal manzara ochiladi.

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishJiteli i gosti Patigorska vstrechayut Noviy god na vershine gori Mashuk
Yaltadan Sochigacha - Rossiya janubining eng romantik shaharlari - Sputnik O‘zbekiston
Jiteli i gosti Patigorska vstrechayut Noviy god na vershine gori Mashuk

Mashukning Mixaylovskiy tizmasida "Yeolova Arfa" ayvonchasi joylashgan - Patigorskning 200-yildan ortiq davomidagi ramzlaridan biri. Uning nomi bejiz emas. Ilgari rotondada chindan ham torli eofonlar (shamol yordamida chalinadigan asboblar) bo‘lgan. Endi tovushlar tabiat hodisasiga bog‘liq emas - zamonaviy karnay tizimi ishlaydi.

"ProvalЪ" g‘origa boradigan yo‘lda, o‘zining  noyob karstli moviy suvli ko‘li bilan tanilgan nozik joy bor - "Besstijie vanni" (Uyatsiz vannalar). Bu mineral suv bilan to‘ldirilgan tabiiy o‘yilmalar. O‘tgan asrning boshlaridayoq ba’zi dam oluvchilar u yerda yalang‘och holda cho‘milishgan.

Xozirda Quyosh (yoki Sevgi)darvozalari o‘rnida, afsonaga ko‘ra, ota Elbrus va uning o‘g‘li Beshtau o‘rtasidagi go‘zal Mashukning yuragi uchun jang bo‘lgan. Bu fojiali yakunlandi: hamma hakoq bo‘lib tog‘larga aylandi va qizning achchiq ko‘z yoshlaridan bu darvozalarni qurishgan. Endi bu yerga yangi turmush qurganlar kelishmoqda: agar kuyov kelinni uch marta darvoza orqali olib o‘tolsa, ularning istaklari amalga oshadi deb hisoblanadi.

Taman: qadimiylik, kazaklar va to‘y uzuklari

Taman stanitsasi ham Mixail Lermontov bilan chambarchas bog‘liq, ammo Pechorin uni "Rossiyaning barcha qirg‘oq shaharlaridan eng jirkanch shahar" deb atadi. Aholi xafa bo‘lmadi (ehtimol shoir qishloqni keyingi "darajaga" ko‘targanligi bunga sabab) va shoirga yodgorlik o‘rnatishgan - shu yerning o‘zida, qirg‘oqda uning uy muzeyi joylashgan.

© Sputnik / Georgiy Zimarev / Mediabankka o‘tishZdanie vokzala na stansii Taman-Passajirskaya na puti sledovaniya poyezda "Tavriya" Sankt-Peterburg - Sevastopol.
Yaltadan Sochigacha - Rossiya janubining eng romantik shaharlari - Sputnik O‘zbekiston
Zdanie vokzala na stansii Taman-Passajirskaya na puti sledovaniya poyezda "Tavriya" Sankt-Peterburg - Sevastopol.

Taman hududida ikkita dengiz bog‘langan - Azov va Qora. Va shu yerning o‘zida Ataman ochiq osmon muzeyi bag‘ishlangan, Qora dengiz kazaklarining tarixi boshlandi.

Bu yerda ham o‘zining romantik hikoyalari va joylari mavjud: masalan, Temirchi Xovlisida "Ikki uzuk" haykali. "Bir paytlar qishloqda bir kambag‘al yolg‘iz usta bu stanitsada o‘rnashdi, ish boshladi va boy kazakning qiziga oshiq bo‘ldi", - deb afsonani aytib beradi "Ataman" metodisti Vera Kupsova. - Tabiiyki, otasi nikohga qarshi edi, ammo temirchiga o‘z sevgi ramzi bo‘lgan biror narsa yasashni buyurdi. " Usta to‘y uzuklarini yasadi va to‘y bo‘lib o‘tdi.

Abrau-Durso: ovulning o‘rniga ko‘l va ko‘p shampan vinosi

Qayg‘uli sevgi afsonasi bilan bog‘liq ko‘l, tog‘lar, shampan vinosi – Novorossiysk yaqinidagi noyob joyda o‘tkazilgan hafta juda esda qolarli bo‘lishi mumkin.

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishZavod shampanskix vin v Abrau - Durso
Yaltadan Sochigacha - Rossiya janubining eng romantik shaharlari - Sputnik O‘zbekiston
Zavod shampanskix vin v Abrau - Durso

Afsonalar aytishicha, bir vaqtlar bu yerda hech qanday suv ombori bo‘lmagan, katta ovul joylashgan bo‘lgan. U yerda Abrau ismli bir qiz yashagan, u cho‘pon Dursoni sevib qolgan. Go‘zalning boy ota-onasiga bu juda yoqmagan. Ammo shu vaqtga kelib, Xudo ovul aholisiga g‘azabini sochdi va qishloq yer ostiga sho‘ig‘idi. Uning o‘rnida esa ko‘l paydo bo‘ldi. Ikki sevishgan o‘sha payt o‘rmonda edilar va saqlanib qolishdi. Qaytib kelgach, Abrau qattiq yig‘ladi (ko‘z yoshlaridan oqayotgan suvdan ariq paydo bo‘ldi) va qayg‘udan o‘zini cho‘ktirishga qaror qildi. U buni uddalay olmadi, lekin suv ustidan to‘g‘ri cho‘ponning bag‘riga yugurdi.

Endi ko‘lning atrofi uchrashuvlar uchun ajoyib joy. Masalan, shampan vinosi zavodi podvaliga tushishingiz, asrlar davomida bu ichimlikni tayyorlash sirlarini bilib olishingiz mumkin, eng muhimi, uni tatib ko‘rishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0