Perm ajoyibotlari - "Doktor Jivago" shahri qanday o‘zgarmoqda

© Sputnik / Vladimir Pervensev / Mediabankka o‘tishVid na Perm so storoni reki Kami.
Vid na Perm so storoni reki Kami. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Permliklar "ochiq ko‘ngil, mehmondo‘st, xushfe’l, biroz ajoyibroq", deb yozgan edi XIX asrda Melnikov-Pecherskiy.

Yevropacha "public space" (jamoat joylari-tahr.), Kama qirg‘og‘idagi yoshlar bayramlari, mahalliy gastro-rassomlarning asarlari - Permni "Doktor Jivago"dagi Yuratinning prototipi deb tasavvur qiladiganlar, Ural oldi o‘lkasining hozirgi poytaxtidan hayratda qolishadi. Qor avtomobilini suv ustida poygalari, turupli "posikunchiki" taomi, tosh o‘rmoni, baliq ovidan zavqlanish va boshqa mahalliy nou-xaular haqida RIA Novosti muallifi Natalya Belyakova yozdi.

Perm oshxonasi

Sayohat menyusining mustaqil elementi - "Perm oshxonasi" fenomenidir. Unda Uralning butun etnik va bioxilma-xilligi an’analarini birlashgan. Va bu yerda har bir milliy taom yangicha talqinga kiradi. Masalan, mahalliy "non quloqlari" yoki "pelnyani" -  chuchvara kabi, lekin boshqacha chimchilash va ichida losos yoki cho‘rtan go‘shti bilan farqlanadi.

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishJenshina skladivayet pelmeni na podnos
Perm ajoyibotlari - Doktor Jivago shahri qanday o‘zgarmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Jenshina skladivayet pelmeni na podnos

Gastro-rassomlar klassik-go‘sht bilan to‘ldirish o‘rniga, ular "posikunchiki"- pirojkini asal turipi bilan to‘ldiradilar yoki tanovul qilib bo‘lgandan keyin ichi nima bilan to‘ldirilgan degan o‘ylarga sho‘mg‘ishga majburlaydilar, bu su-vidmidi (vakuum paketda pishirilgan) yoki pechda dimlanganmi?

Bittagina "lekin"bor  - oshxona haqiqatan ham mahalliydir. Agar siz Permga etib borsangiz va " xvosh" (qirqbo‘g‘in o‘simligi-tahr.) eskirishga ulgib, pishirishga yaroqsiz bo‘lib qolsa, siz taniqli pistiklarni totib ko‘rolmaysiz. Garchi ovqatlar o‘zgarishi bilan buni sezishingiz dargumon. Gastro-restoranlardan birining devoriga: "Tinchlaning, siz Permdasiz!" deb yozilganligi bejiz emas.

Mag‘rur yevroosiyoga mansubligining belgilarini mintaqaning hamma joyida uo‘rsa bo‘ladi. Sizni qadimiy afsonalardagi kabi nomlanishlardan aslo chalkashmang. Pokcha yoki Nirob qishloqlarida siz mahalliy mahsulotlarga italyancha itoatkorlikni topasiz - masalan, bir litrli bankalarga arang sig‘ib ketgan, tuzlangan oq qo‘ziqorinlarga.

Votkinsk suv ombori yaqinidagi Yelovo qishlog‘ida, har yilgi "Yelovskaya ribka" nomi ostida bo‘lib o‘tadigan gastronomik festival va baliq ovi janglarida cho‘rtan baliq va lesh,laqqa va nalim, sterlyad va chexon ishtirokidagi baliq go‘shtidan zavqlanish yashiringan.

Kreativ miqyosi

Permliklar "ochiq ko‘ngil, mehmondo‘st, xushfe’l, biroz ajoyibroq", deb yozgan edi XIX asrda Melnikov-Pecherskiy. Uchinchi ming yillikning boshlanishidagi yoqimli ajoyibotlar qatorida -  ijtimoiy-madaniy makonlarning ochilishi.

Shpagin zavodi loyihasi turizm dasturining majburiy qismidir. Bu yerda 2000-yillarda tug‘ilgan yosh permliklar hafta o‘tkazadilar. Jamoat joylarini yaratishning Yevropa va Amerika tajribalaridan ilhomlanib, mahalliy me’morlar parovoz remont sexlarini va ularning atroflariga yangi hayot bahsh etdilar.

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishGoroda Rossii. Perm
Perm ajoyibotlari - Doktor Jivago shahri qanday o‘zgarmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Goroda Rossii. Perm

Bu yerda spektakllar, ko‘rgazmalar, konsertlar uchun maydonlar mavjud. Masalan, fevral oyida gastronomik festival va yoshlar forumi bo‘lib o‘tadi. Binolarning bir qismi Perm san’at galereyasi va Perm qadimliklar muzeyi filiallariga topshirildi.

"Uchadigan farishta" figurasi, N. Sheksheri qishlog‘i, XIX asr. Perm davlat san’at galereyasi

Yana bir "ajoyib" narsa - bu Perm Esplanadasi, shahar markazidagi namunali yevropacha sayr xududi: favvora, maysa bilan qoplangan bionik shakllar pavilonlari, belanchaklar, mavsumiy attraksionlar. Qishda muzli yahmalaklari, balanliklari va haykallari bilan muz shaharchasi quriladi.

Yevropacha o‘lka

Amerika va Yevroosiyo chegaralarini chegaralarini o‘rgangan Vitus Bering o‘zining Ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyasining boshida (1733) Osa nomli shahardato‘xtab tunagan. Shu voqeaga taniqli san’at obyekti – dengizchining qayta tiklangan kemasi bag‘ishlandi.

© Foto : Administratsiya Yelovskogo munitsipalnogo rayonaStatuetka festivalya "Yelovskaya ribka" v sele Yelovo Permskogo kraya
Perm ajoyibotlari - Doktor Jivago shahri qanday o‘zgarmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Statuetka festivalya "Yelovskaya ribka" v sele Yelovo Permskogo kraya

Ammo jasur qo‘mondonning ruhi nafaqat bu kema saqlab qoldi, balki bu yerga har yili "Bering suv hududi" ekstremal sport festivaliga tashrif buyuradigan qo‘rqmas yoshlar ham saqlab qolgan. Bu oddiy yevropacha suv qirg‘og‘idagi yig‘inga o‘xshaydi. Ammo Kama yoshlarning o‘ziga hos, maxsus ko‘ngil ochish turi bor - suvda qor mashinalarida poygasi.

Chusovaya darosi sohilidagi tosh o‘rmoni va Usvinskiy ustunlari - Yunon Meteorlariga bizning javobimiz. Qadimgi marjonli korallar, mollyuskalar izlari uchrab turadigan ohaktoshli harsanglari massivi (bir necha million yillar oldin bu yerda dengiz bo‘lgan).

© Pixabay / Vyacheslav LozhkinUsvinskie stolbi
Perm ajoyibotlari - Doktor Jivago shahri qanday o‘zgarmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Usvinskie stolbi

Bu joylarni uzoq vaqtdan beri kino guruhlari yoqtirib qolgan: "Birinchilar davri", "Parma qalbi" va boshqa kinosagalar ilhomlantiruvchi tabiatda yaralgan.

"Qizlar" komediya filmidan kadrlar

Aytgancha, "Qizlar" filmining taniqli sahnalari ham yaqin atrofda suratga olingan.

Suvli muhit

"Sohilbo‘yi joylar odamlar uchun " tendensiyasi bu erda yangi emas. XIX asrning oxirida, shaharlar suv panoramalaridan tejamkor ravishda foydalanishgan paytlarda, Perm Kama bo‘yida sayr qilish maydoniga ega bo‘ldi. Bugungi kunda mahalliy aholi va ularning ortidan kelgan sayyohlar daryo bo‘yida doimiy ravishda biror hodisa sodir bo‘layotganiga ko‘nikib qolishmoqda: "Sohilbo‘yidagi dam olish kunlari" loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalar, konsertlar, installyatsiyalar.

Ular uchun – Permda - Yevropaning eng uzun shaharlaridan birida (daryo bo‘ylab 70 kilometrdan ko‘proq) doimo joy topiladi.

Permda "Schastye ne za gorami" (Baxt tog‘lar ortida emas) degan mashhur yozuv bor. Demidkovo shahrining eng tinch sanatoriysida esa - "Schastye zdes" (baxt shu yerda) degan yozuv paydo bo‘ldi. Bu ham permliklarning o‘ziga xos britaniyacha hazili. 

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishProxojie na naberejnoy reki Kama v Permi.
Perm ajoyibotlari - Doktor Jivago shahri qanday o‘zgarmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Proxojie na naberejnoy reki Kama v Permi.

 

Yangiliklar lentasi
0