Rahbar vazmin bo‘lmasa - davlat xavf ostida qoladi...

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V.Putin provel rossiysko-belorusskie peregovori
Prezident RF V.Putin provel rossiysko-belorusskie peregovori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon tarixda har bir davlat rahbari ham noqulay vaziyatda "yuzini yo‘qotmaslikning" uddasidan chiqa olmagan, lekin davlatning xalqaro maydondagi obro‘si rahbarning vazminligiga ham bog‘liqligini unutmaslik kerak.

"Hech qachon "Hech qachon" dema" - Gazprom, o‘zining rasmiy vakili orqali, AQSh Energetika vaziri Den Bruyettning Rossiyaning zarur texnologiyalar yo‘qligi sababli Shimoliy Oqim-2 qurilishini oxiriga yetkaza olmasligiga ishonch bildirgan bayonotiga aynan shunday tarzda munosabat bildirdi.

Sudno-truboukladchik Solitaire i sudno snabjeniya Fortitude - Sputnik O‘zbekiston
“Shimoliy oqim – 2” qanday qurib bitkazilishi ma’lum bo‘ldi

Mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘si juda qiziqarli o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda.

Prinsipial jihatdan, tez orada qulashga intilayotgan Rossiya haqidagi yondashuv dolzarbligicha qolmoqda. Amerika vazirining izohi aynan shu tanish paradigmadan kelib chiqadi. To‘g‘ri, u yanayam ishonchli ko‘rinmoqda va har kuni izdoshlarini yo‘qotmoqda.

O‘rniga har qanday vaziyatni o‘z foydasiga hal qilishga qodir va eng og‘riqli muvaffaqiyatsizlikni g‘alabaga aylantiradigan g‘ayritabiiy omadli Rossiya haqidagi tobora kuchayib borayotgan nufuzli va mashhur g‘oya kelmoqda. Ichki muvaffaqiyatni oddiygina omadga  bog‘lash oson bshlgan, va o‘zlari tomonidan hatolarni va Moskvaning strategik hisob-kitoblarga, uslubiy ishlarga sodiqlikligini, tashqi harakatlarimizda oyog‘imizga bolta urishlariga sinchkov mehnatimiz va shijoatimizni tan olmaydigan qasamli hamkorlarimizni tushunish mumkin.

Rossiyadagi vaziyatni anglashda yana bir jihat qiziqroq ko‘rinadi: biz davlatimiz tomonidan ko‘rsatiladigan yana bir fazilatni, ya’ni noqulay rivojlanish holatida "yuzimizni yo‘qotmaslik" qobiliyatini aniq qadrlamaymiz.

Bu juda g‘alati, chunki gap siyosat asoslari haqida ketmoqda va har qanday darajada - mahalliydan globalgacha. Hafsalangiz pir bo‘lib va qanchalik kuchli zarba olishingizdan qat’i nazar, vazminlik, gapirilayotgan so‘zlarni to‘g‘ri va ehtiyotkorlik bilan tanlash majburiydir, chunki nazoratsiz hissiyotlarning ommaviy ochilishi zaiflikni ochib beradi va sizga qarshi qo‘shimcha kuzrlarni beradi.

V provinsii Idlib (Siriya). Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Rossiyani Suriya bo‘yicha kelishuvga rioya qilinmayotganlikda aybladi

Ammo bizning davrimizda jahon siyosatining ushbu asosiy qoidasiga Moskvaning amal qilishi deyarli noyob fenomen deb hisoblash mumkin.

To‘rt yil oldin, hozirgi Idlib atrofidagi kabi Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi keskinlashuv, barcha ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida bo‘lib va mamlakatlar o‘rtasidagi keng ko‘lamli harbiy mojaroning tahlikalari haqida ko‘plab xavotirli va vahimali bashoratlar bilan birga bo‘lar edi. Endi sodir bo‘layotgan narsalarga qiziqish ochiqchasiga sust.

Bularning barchasi,Turkiya prezidenti o‘zining imkoniyatlaridan mohirona foydalanadigan milliy lider sifatida o‘zini obro‘-e’tiborini qozondi, ammo kutilmaganda chaqiriqlarga, vaziyat o‘zi hohlamaganday tus olganda uncha dosh berolmaydigan. Erdo‘g‘an nihoyatda tajovuzkorona asabiy mulohazalari bilan sapchib gapira boshladi, oqilona harakatlari bilan vaziyatni o‘zining foydasiga yumshatish yoki hech bo‘lmasa zararni kamaytirish qobiliyatida yaqqol muammolar bor.

Shunga o‘xshash vaziyat hozir Belarus tomonida ham kuzatilmoqda. So‘nggi bir necha oy ichida Aleksandr Lukashenko o‘z mamlakati uchun maksimal darajada foyda olishga intiladigan tajribali va dono davlat arbobining obro‘sini sezilarli darajada yo‘qotdi. To‘satdan, Rossiya bilan munosabatlarning odatiy yo‘lida to‘siqlar paydo bo‘lganda, tajriba va donolik hissiy vazminsizlik ortida qolmoqda, bu esa o‘z navbatida o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini yo‘qotishga, holsizlikka va vaziyatni yengishga qodir emasligiga olib keladi.

Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite YevrAzES - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Belarusni qo‘shib olishga "shama qilmoqda” - Lukashenko

Turkiya, Belorusiya va rahbarlari qiyin vaziyatlarga duch kelganda shunday xatti-harakatlarni namoyish etadigan boshqa davlatlar muammosi aynan shunda.

Dunyo haqiqatan ham o‘tish davridadir. Ko‘p davlatlar uchun xalqaro maydondagi mavqeyi va ta’siri darajasini o‘zgartirish uchun imkoniyatlar ochildi. Turkiya yoki Polsha uchun (yashirishni hojati yo‘q - Rossiya uchun ham) - bu uzoq kutilgan yirik mamlakat ehtiroslarini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatdir. Ammo bu maqsadga erishish uchun qo‘llaridagi kartalarni - siyosiy, iqtisodiy, harbiy va boshqalarni oqilona o‘ynash kerak.

Ammo amaldorlarning ommaviy hissiy portillashlari va "oxirgi Xitoy ogohlantirishi" formatidagi quruq tahdidlar mamlakat uchun mutlaqo teskari va juda uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatadi.

Besh yil davomida Rossiya ko‘plab urinishlarga qulash bilan tahdid qilgan ko‘plab muammolarga duch keldi. Ammo, juda ko‘p bo‘lgan eng keskin va og‘ir daqiqalarda ham Moskva muttasil va sovuqqonlik bilan o‘ziga ishonchni namoyish qildi. Endi davlat rahbariyati haqiqatan ham bu ishonchni his qilganmi yoki, shunchaki tahlika va xavotirlik hissini ommaga namoyish qilish mumkin emasligini bilib "yuzini yo‘qotmasdan" turganmi, taxmin qilish qoladi.

Qrim ko‘prigining ochilishi. - Sputnik O‘zbekiston
Muhim tarixiy voqea: Yevropaning eng uzun bo‘lgan Qrim ko‘prigi ochildi

Qanday bo‘lmasin, natijalar ma’lum. Qrim ko‘prigi qurildi (energiya ko‘prigi va yarimorol uchun muhim bo‘lgan boshqa infratuzilma obyektlari kabi). Qishloq xo‘jaligida import o‘rnini bosish mamlakatni jahon bozorida yetakchi o‘yinchiga aylantirdi. Suriyadagi harbiy operatsiya g‘alaba olib keldi va shu bilan birga mamlakatning Yaqin Sharqda sifat jihatidan boshqacha rolga o‘ynashiga olib keldi. Avvalgi va hozirgi paytlardagi milliy yutuqlar ro‘yxatini juda uzoq vaqt davom ettirish mumkin.

Shu sababli, Gazprom "hech qachon "hech qachon dema" loyihasi muvaffaqiyatsizlikni yashirishga urinish sifatida emas, balki muqarrar muammolarga odatiy ruscha yondashuv sifatida qabul qilinmoqda: ularni balandparvoz so‘zlarsiz va qo‘rqinchli bo‘lmasada quruq va’dalarsiz hal qilish kerak.

Natijada, AQShning yuqori lavozimli amaldorlarining barcha bayonotlariga qaramay, G‘arbda Shimoliy Oqim-2 tugallanib, foydalanishga topshirilishiga deyarli hech kim shubha qilmaydi. Rossiya va’dasini ustidan chiqishini isbotladi.

Turkiya (va nafaqat u) o‘zi haqida xuddi shunday deya olmaydi.

Yangiliklar lentasi
0