Ko‘prik ochilish marosimida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etdi.
Rossiya hududida eng uzun bo‘lgan Qrim ko‘prigi qurilishi 2014-yilda boshlangan edi. Reja bo‘yicha ko‘prik qurilishi 2018-yil dekabrida yakunlanishi kerak edi. Qurilish ikki qirg‘oq tomonidan bir vaqtda boshlangan va muddatidan 6 oy oldin yakunlandi.
Ko‘prik qurilishida bir vaqtning o‘zida 15 minggacha odam ishlagan.

Rossiya hududida eng uzun bo‘lgan Qrim ko‘prigi qurilishi 2014-yilda boshlangan edi.

Reja bo‘yicha ko‘prik qurilishi 2018-yil dekabrida yakunlanishi kerak edi. Biroq qurilish ikki qirg‘oq tomonidan bir vaqtda boshlanganligi uchun muddatidan 6 oy oldin yakunlandi.

Qrim ko‘prigining avtomobil yo‘lini ochilishi.

4/10
© REUTERS / Pavel Rebrov
Qrim ko‘prigining avtomobil yo‘lini ochilishi.

15 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin "KamAZ" ruliga o‘tirgan holda qurilish transportlari kolonnasini boshqarib, Qrim ko‘prigining avtomobillar uchun mo‘ljallangan qismidan yurib o‘tdi.

Putin ko‘prikning ochilishini tarixiy voqea sifatida e’tirof etdi.

16 may, chorshanba kunidan boshlab Qrim ko‘prigi ustidan avtomobillarning harakatlanishiga ruxsat berildi.

Ko‘prikda soatiga 90 kilometr tezlikkacha harakatlanishga ruxsat etiladi.

Ko‘prik bir kunda 40 ming avtomobil hamda 47 poyezd sostavi o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘ladi.

10/10
© REUTERS / Pavel Rebrov
Ko‘prik bo‘ylab yiliga 14 million yo‘lovchi qatnashi va 13 million tonna yuk tashilishi mumkin bo‘ladi.