Koronavirus OPEKni izdan chiqardi: Rossiya va neft birlashma o‘rtasidagi munosabat keskinlashdi

Obuna bo‘lish
Moskva OPEKning koronavirus epidemiyasi tufayli neft qazib olishni keskin kamaytirish taklifiga rozi bo‘lmadi.

TOShKENT, 17 fev – Sputnik, Maksim Rubchenko. Moskva OPEKning koronavirus epidemiyasi tufayli neft qazib olishni keskin kamaytirish taklifiga rozi bo‘lmadi. Natijada, neft karteli bilan munosabatlar keskinlashdi va tovar bozorida narxlarning pasayishi xavfi paydo bo‘ldi. Mahalliy neft sanoati nimaga umid qilmoqda va nega hozirgi sharoitda ularga ishlab chiqarish hajmini pasaytirishi zararli - RIA Novosti xabarida.

Ar-Riyodda vahima

Neft bozori qizib ketmoqda: koronavirusning tarqalishi haqidagi yangiliklarga qarab kotirovkalar keskin ko‘tarilmoqda yoki pasaymoqda. Tahlilchilar epidemiyaning dunyo iqtisodiyotiga qanchalik zarar keltirishini baholashga urinmoqdalar va hozirgacha ularning xulosalari optimistik emas.

Bir hafta oldin OPEK birinchi chorakda dunyo bo‘yicha neftga bo‘lgan talabni prognozini kuniga 440 ming barrelga tushirdi - qariyb uchdan bir qismiga. Umuman olganda, 2020-yilda o‘rtacha kunlik iste’molni 230 ming barrelga kamayishi kutilmoqda.

OPEK slanes nefti qazib olishning “oltin davri” tugashini taxmin qilmoqda - Bloomberg

Xalqaro Energiya Agentligi (XAE) kayfiyati bundan ham pessimistikdir. Fevral oyidagi hisobotda ushbu tashkilot mutaxassislari 2020-yilda talabning kuniga 365 ming barrelga, 825 ming barrelgacha tushishini bashorat qilganlar, bu dunyo iqtisodiyoti global inqirozdan tiklanayotgan 2011-yildan beri eng past ko‘rsatkich.

Saudiya Arabistoni, neftning yetakchi ishlab chiqaruvchisi va OPEKning amaldagi yetakchisi, narxlarni 1 barrel uchun 60 dollar yoki undan yuqori narxda ushlab turish uchun ishlab chiqarishni keskin qisqartirishga chaqirdi.

5 fevral kuni OPEKning texnik qo‘mitasi ishlab chiqarishni qo‘shimcha ravishda kuniga 600 ming barrelga qisqartirishni tavsiya qildi. Tegishli qaror mart oyining boshida bo‘lib o‘tadigan alyans mamlakatlari vazirlari yig‘ilishida tasdiqlanishi kerak. Biroq, Ar-Riyod karteldagi hamkorlardan muddatidan oldin uchrashib, hamma narsani imkon qadar tezroq kelishib olishlarini so‘raydi.

Saudiyaliklarning vahima solishiga barcha asoslar bor. Pekin allaqachon fors-major holatlari haqida e’lon qilgan va bir qator davlatlardan suyultirilgan gaz sotib olishdan bosh tortgan. "Karantin tufayli STG terminallarida ishchilarimiz yetishmayapti", - deya tushuntirdi CNOOC Xitoy kompaniyasi.

Pekin neft bilan ham xuddi shunday yo‘l tutishi mumkin, chunki talab epidemiya sharoitida 20%ga pasaygan. O‘tgan yili Xitoyga rekord darajadagi 83,32 million tonna (kuniga 1,67 million barrel) eksport qilgan Saudiya Arabistoni uchun bu katta yo‘qotishlarga olib keladi.

Jenshina tashit butili s pityevoy vodoy - Sputnik O‘zbekiston
OPEK fondi Namangan viloyati uchun 54 million $ imtiyozli kredit ajratdi

Shu sababli, Ar-Riyod OPEKning barcha sheriklaridan ishlab chiqarishni qisqartirish bo‘yicha roziligiga erishdi. Biroq, kartelga a’zo bo‘lmagan eng yirik ishlab chiqaruvchi bo‘lmish Rossiya yangi cheklovlarni qo‘llab-quvvatlamadi. Bizning neft sanoatimiz xodimlarining fikriga ko‘ra, koronavirus epidemiyasi talab va taklif muvozanatini buzmaydi, fevral oyi boshlarida narxlarning pasayishi ommaviy axborot vositalarida vahima tufayli yuzaga kelgan va qisqa muddatli bo‘ladi.

Darhaqiqat, o‘tgan hafta Brent narxi 53,11 dollardan 56,5 dollargacha ko‘tarildi.

Bozorlardagi vahima uzoq davom etmasligiga ko‘pla ekspertlar xam rozi. "Yangi virus, ehtimol, aktivlarning baholanishiga biroz bo‘rttirilgan ta’sir o‘tkazgan bo‘lishi mumkin", - dedi milliarder Rey Dalio, dunyodagi eng katta "Bridgewater" xedj fondi menejeri, va kotirovkalarda sezilarli tiklanishni kutatganligini qo‘shib o‘tdi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) rahbari Kristalina Georgiyeva: "Epidemiya global iqtisodiy o‘sishga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi". Uning so‘zlariga ko‘ra, XVF "V-shaklidagi zarba"ni kutmoqda: Xitoyda iqtisodiy faollikning keskin pasayishi va undan keyin keskin tiklanishi kutilmoqda.

Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey esa koronavirus ustidan g‘alaba qozonishini kafolatladi. "Umumiy epidemiya holati hamon oson bo‘lmasa-da, yaqin kelajakda, shubhasiz, burilish nuqtasi vujudga keladi va yaqin orada epidemiyani to‘liq nazorat qilish o‘rnatiladi, va u albatta yo‘q qilinadi", - dedi u Rossiya Federal bojxona xizmati rahbariyatiga yo‘llagan maktubida.

Shunday qilib, mahalliy neft kompaniyalarining boshqa pasayishga shoshilmasliklari mantiqiydir. 12-fevral kuni Energetika vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yetakchi neft va gaz kompaniyalarining vakillari ikkinchi chorak oxirigacha ishlab chiqarish hajmlarini saqlab qolish tarafdori bo‘lishdi. Shu paytga kelib epidemiyaning oqibatlarini yanada adolatli baholash mumkin.

Amerikani zabt etmoq

Afsuski, Rossiya va OPEKning manfaatlari endi aniq tafovutga uchramoqda. Neft narxining o‘sishi kartel a’zolari, ayniqsa, davlat budjetida 50 milliard dollar miqdorida (YaIMning 6.4%) taqchillik va davlat budjetining YaIMning 24% miqdoridagi qarzini rejalashtirishga majbur bo‘lgan Saudiya Arabistoniga kerak. Boshqa ko‘plab OPEK ishtirokchilari iqtisodiy barqarorligi uchun 1 barrel uchun kamida oltmish dollar narx kifoya.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s naslednim prinsem Saudovskoy Aravii M. ibn Salmanom Al Saudom - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Saudiya Arabistoni OPEK+ shartnomasini muddatsiz davrga uzaytiradi

Ammo Rossiya neft kompaniyalariga ishlab chiqarishni pasayishi tufayli kotirovkalarning o‘sishi ko‘p foyda keltirmaydi, chunki budjet hali ham qo‘shimcha daromadlarning ko‘p qismini soliq shaklida oladi. Ammo mahalliy ishlab chiqaruvchilar Amerika bozorini zabt etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Gap shundaki, AQShning ko‘plab neftni qayta ishlash zavodlari og‘ir Venesuyela neftini qayta ishlashga moslashtirilgan. Va Tramp Karakasga qarshi sanksiyalarni qo‘llaganidan so‘ng, ular xom ashyo bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelishdi.

Bitta alternativa sifatida Rossiyaning Urals nefti qoldi. O‘tgan yilning aprel oyiga kelib, Xalqaro Energiya Agentligining (XEA) hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyadan keltirilgan neft miqdori kuniga 150 ming barrelga yetdi, bu nday xolat 2011-2012 yillarda slanes inqilobidan beri sodir bo‘lmagan.

Federal bojxona xizmati (FBX) ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilning birinchi yarmida amerikaliklar Rossiyadan qariyb uch milliard dollarlik neft sotib olishdi (2018 yilning xuddi shu davrida - 1,6 milliard dollarlik).

Dekabr oyiga qadar okean ortiga eksport qilish 3,1 baravarga - 4,28 mln. tonnagacha oshdi. AQSh Energetika vazirligida ta’kidlanganidek, Rossiya yetkazib beruvchilar orasida Saudiya Arabistoni bilan Meksikadan oldinga o‘tib, faqat Kanadadan ortda qoldi. Taqqoslash uchun - 2017-yilda Moskva bu ro‘yxatda atigi oltinchi edi.

Venada OPEK va yana 11 mamlakat vazirlari uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
OPEK, Rossiya va yana 10 mamlakat neft qazib olishni kamaytiradi

Ammo kengayishni davom ettirish uchun tegishli ishlab chiqarish hajmlari kerak, shuning uchun OPEK tomonidan taklif etilgan yangi cheklovlar biznesga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Bu orada vahima asta-sekin pasayib bormoqda. OPEK + Texnik qo‘mitasi allaqachon 600 ming barrelni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalarni bekor qildi, dedi Jazoirning energetika vaziri Muhammad Arkaba.

Aslida, qo‘mita Rossiyaning OPEK + bitimini kvotalarni o‘zgartirmasdan 2020-yil oxirigacha uzaytirish bilan cheklanish haqidagi taklifiga rozi bo‘ldi. Yakuniy qarorni OPEK + energetika vazirlari 6-mart kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda qabul qilishlari kerak bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0