OPEK fondi Namangan viloyati uchun 54 million $ imtiyozli kredit ajratdi

© Sputnik / Yuriy Lashov / Mediabankka o‘tishJenshina tashit butili s pityevoy vodoy
Jenshina tashit butili s pityevoy vodoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OPEK fondi Namanganda 200 ming kishini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 54 million $ imtiyozli kredit ajratdi.

TOShKENT, 24 mar – Sputnik.Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) qoshidagi Xalqaro rivojlanish fondi (OFID)  Namangan viloyati aholi punktlariga ichimlik suvi yetkazib berish loyihasi uchun 54 mln $ imtiyozli kredit ajratishini xabar qildi.

Bu haqida OFID O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi xabardor qilgan, Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga asosan.

“2019-yilning 22-mart kuni OPEK qoshidagi OFID fondi Boshqaruvchilar kengashi tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanining 22 ta aholi punktlari va qisman Namangan shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan umumiy qiymati 54 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan loyihaning tasdiqlangani to‘g‘risida O‘zbekistonning Avstriyadagi Elchixonasi xabardor qilindi,”, - deyilgan xabarda.

Loyihani amalga oshirish 2020-2025-yillarga mo‘ljallangan. Loyiha hayotga tadbiq etilganidan so‘ng, Namangan viloyatining 200 mingdan ortiq asosan qishloq joylarida yashovchi aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Ushbu imtiyozli kredit Namangan viloyatiga besh yillik imtiyozli muddat bilan 20-yilga beriladi.

Yangiliklar lentasi
0