Rossiya bilan "urushda" AQSh qanday to‘siqlarga duch kelishi mumkin - OAV tahlili

© Sputnik / Sergey Melkonov / Mediabankka o‘tishTank M1 Abrams
Tank M1 Abrams - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh OAVlarining "divan tahlili"ga ko‘ra, AQSh bilan Rossiya urishgan taqdirda, harbiy harakatlar Yevropada bo‘lib o‘tadi va AQSh qo‘shinlari bir qator tabiiy to‘siqlarga duch kelishi mumkin.

TOShKENT, 10 fev - Sputnik. Darolar "Rossiya bilan urushda" g‘alaba qozonish uchun tabiiy to‘siqdir, deb yozadi Amerikaning Breaking Defence elektron nashri, RIA Novosti xabariga asosan.

SShA perebrasivayut tanki v Litvu - Sputnik O‘zbekiston
AQSh tanklarini Litvaga olib keldi: harbiylar uzoq qishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Ta’kidlanishicha, AQSh va Rossiya o‘rtasida harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda, harbiy harakatlar Sharqiy Yevropada bo‘ladi - ko‘plab darolar oqib o‘tadigan keng tekislikda. Ulardan biri Visla, butun Polshadan janubdan shimolga oqib o‘tadi, shuning uchun NATO kuchlari harbiy ko‘makni jo‘natish yoki ortga chekinish uchun asosan  55 tonnadan ortiq yukni ko‘taradigan ko‘priklardan foydalanishiga majbur.

Xususan, og‘irligi 60 tonnadan ortiq bo‘lgan M1 Abrams tankiga va uning Shimoliy Atlantika alyansidagi "ittifoqchilari" - Britaniyaning Challanger II, Germaniyaning Leopard II va hatto Fransiyaning Leclerclariga eng muhim joylarda ko‘plab ko‘priklardan foydalanish xavfli bo‘ladi.

Sovuq urush davrida Sharqiy Yevropadagi ko‘priklar 45 tonna Sovet tanklariga bardosh beradigan tarzda qurilganligi tushuntirilmoqda. Amerikalik muhandislik kuchlarining olov ostida ko‘priklar qurish bo‘yicha "ba’zi imkoniyatlari" ga qaramay, bu imkoniyatlar Sharqiy Yevropadagi eng yirik darolardan birini ham yengish uchun juda cheklangan, deya xulosa qiladi muallif.

Yangiliklar lentasi
0