Dunyo Uchinchi jahon urushi arafasidami?

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSuriyadagi ahvol.
Suriyadagi ahvol. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Italiyaning Il Giornale nashri mualliflaridan biri Franchesko Alberoni urushni yuzaga keltiradigan uchta sababni sanab o‘tdi.

 

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Dunyodagi hozirgi ahvolga nisbatan Uchinchi jahon urushi degan atamani qo‘llashning keragi yo‘q, deydi Italiyaning Il Giornale nashri muallifi Franchesko Alberoni.

“Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari davomida ko‘pgina mamlakatlar ikkita koalitsiya yordamida bir-biriga qarshi urush olib borganlar. Hozirda ikkita bir-biriga dushman bloklar to‘qnashuvi yuz bermagani bois, dunyodagi hozirgi ahvolga nisbatan Uchinchi jahon urushi atamasini qo‘llab bo‘lmaydi”, — deydi analitik.

"Dunyo bo‘yicha bir nechta urushlarni keltirib chiqaruvchi uchta asosiy nizo mavjud", — yozadi u.

Alberonining fikricha, birinchi galdagi nizo — bu Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘rtasidagi mojaro.

Amerika bayrog‘i. Vashington. - Sputnik O‘zbekiston
Senator Sanders: AQSh hali ham SSSR bilan “sovuq urush” olib bormoqda

"Berlin devori qulagach, Amerika G‘arbiy Yevropa davlatlari va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy ittifoq munosabatlari kuchayib ketishidan cho‘chib, Rossiyani Yevropadan uzoqlashtirish uchun hamma chorani qo‘lladi va keyinchalik ularni islom davlatlariga qarshi qo‘ydi, deb hisoblaydi u. 

Dunyodagi ikkinchi nizoli holat sifatida islom dunyosida inqilobiy kayfiyat uyg‘onayotganini olish mumkin, deb yozadi muallif. Aksariyat mamlakatlarda radikal harakatlar vujudga keldi, ular islom davlatini tiklashni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar.

Uchinchi mojaro esa islom dunyosining ichki muammosiga borib taqalmoqda: shia va sunniylar  o‘rtasida Iroq, Suriya va Yamanda kechayotgan urush buning yaqqol dalilidir.

 

Yangiliklar lentasi
0