TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Yevroittifoq va Britaniya Brexit shartnomasi bo‘yicha yangi kelishuvga erishishdi, deb xabar qildi Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker o‘z Tvitterida, RIA Novosti xabariga asosan.
“Istak bo‘lsa, shartnoma ham bo‘ladi. Yangi kelishuv adolatli bo‘lib, unda ikkala tomon manfaatlarini ham hisobga olingan. Men sammitdan ushbu shartlarni qabul qilishni so‘rayman”, - deb yozgan Yunker kelishuv haqida.
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham o‘z navbatida ushbu kelishuvni qo‘llab-quvvatladi va o‘z mamalakati parlamentidan uni qabul qilishni so‘radi.
“Biz ajoyib yangi kelishuvga erishdik. Shanba kuni parlament Brexitni tasdiqlashi kerak, shundan so‘ng boshqa muhim masalalar bilan shug‘ullanamiz. Masalan – hayot qimmatligi, sog‘liqni saqlash tizimi, jinoyatchilik va ekologiya”, - dedi Jonson.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil kuzda o‘tkazilgan referendumda Britaniya aholisi Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun ovoz bergan edi. Ushbu yilning 31-oktabr kuni Britaniya YeIni tark etishi kerak. Shu vaqtga qadar Britaniya parlamenti YeIdan chiqish haqidagi shartnomani tasdiqlamayotgan edi. Shartnomadagi asosiy muammomlardan biri bu – Irlandiya chegarasi va Britaniya to‘lashi kerak bo‘lgan kompensatsiya masalasi edi.