Tereza Mey o‘z iste’fosi haqida e’lon qildi

© REUTERS/Toby MelvillePremyer-ministr Velikobritanii Tereza Mey v Londone. 24-maya 2019
Premyer-ministr Velikobritanii Tereza Mey v Londone. 24-maya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey Konservativ partiya yetakchisi lavozimini 7-iyun kuni tark etishi haqida e’lon qildi

TOShKENT, 24-may - Sputnik. Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey o‘z iste’fosi haqida e’lon qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Kutilishicha, Mey 7-iyun kuni Konservativ partiya rahbari lavozimini tark etadi.

"Mey o‘zining bu qarorini YeIning Brexit bo‘yicha taqdim etgan yangilangan kelishuvidan norozi bo‘lgan partiyadoshlari, shu jumladan, vazirlar mahkamasi a’zolari qistovi bilan e’lon qilgan", - deyiladi xabarda.

Tereza Mey kim? >>>

Bu esa Mey mamlakat bosh vazirligi lavozimini ham tark etishi kerakligini anglatadi.

Perviy zamestitel predsedatelya komiteta Soveta Federatsii RF po mejdunarodnim delam Vladimir Djabarov - Sputnik O‘zbekiston
Jabarov: "Skripal ishi" mojarosi Meyning karyerasiga nuqta qo‘yishi mumkin

Ammo 7-iyun kuni lavozimdan ketishi kutilayotgan Mey iyun boshida Buyuk Britaniyaga davlat tashrifini amalga oshirayotgan AQSh prezidenti Donald Trampni to‘laqonli bosh vazir sifatida qabul qilishi mumkin.

Yangi yetakchini saylash jarayoni rasman 7-iyundan keyin boshlanadi. Ayni damda Britaniya TIV sobiq rahbari Boris Jonson o‘z nomzodini ilgari surishi haqida e’lon qilishga ulgurdi. Shuningdek, potensial nomzodlar orasida Buyuk Britaniya TIV rahbari Jeremi Xant va IIV rahbari Sajid Javidlar bor.

Toki yangi yetakchi saylanmas ekan, bu jarayon odatda olti hafta vaqtni oladi, Mey vaqtincha bosh vazir lavozimini bajaruvchi sifatida qolishi ehtimolga yaqin.

Yangiliklar lentasi
0