Yevropa aholisi o‘z mamlakatlarida Brexit takrorlanishiga ishonadi

Obuna bo‘lish
Sputnik.Mneniya o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, yevropaliklar yaqin yillar ichida Yevropaning bir yoki bir necha mamlakati YeI tarkibidan chiqishi mumkinligiga ishonadi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Yevropa Ittifoqi aholisi o‘z mamlakatlarida Brexit takrorlanishi mumkinligiga ishonadi, deb xabar qilmoqda Sputnik.Mneniya.

Farnsiya aholisining 49%, Germaniya aholisining 52%, Italiyaliklarning 57% va Buyuk Britaniyaliklarning 64% yaqin orada bir necha mamlakat Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqadi deb hisoblaydi.

Itogi oprosa po stranam, kotorie mogut viyti iz YeS
Itogi oprosa po stranam, kotorie mogut viyti iz YeS - Sputnik O‘zbekiston
Itogi oprosa po stranam, kotorie mogut viyti iz YeS

So‘rov IFop kompaniyasi tomonidan 2017-yilning 21-25 aprel kunlari Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyada o‘tkazildi. Unda 18 yoshdan katta bo‘lgan 3203 nafar ishtiroqchi qatnashdi.

Sputnik.Mneniya — jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘lib, o‘z faoliyatini 2015-yilning yanvarida boshladi. "Sputnik. Mneniya"ning so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan Populus, IFop va Forsa kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. "Sputnik. Mneniya" doimiy ravishda AQSh va Yevropa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

Sputnik (sputniknews.com) — xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda. Inglis, arab, ispan va xitoy tilida xabarlar 24 soat davomida chiqib turadi. Sputnik.Mneniyaning boshqa xabarlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Sputnik.Mneniya o‘tkazgan boshqa so‘rov natijalari bilan quyida tanishing: http://sputniknews.com/trend/sputnik_polls_2016/

Yangiliklar lentasi
0