Suriya shimoli yana olov iskanjasida: bundan kimga naf?

© Sputnik / Mikhail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishRazrushenniy rayon siriyskogo Aleppo
Razrushenniy rayon siriyskogo Aleppo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriya shimolida faol harbiy harakatlarning tiklanishi AQShga Suriyada qolish uchun kerak. Suriya hukumat armiyasi va Rossiya, Eron, Turkiyaning ittifoqchi kuchlari terror tahdidiga qarshi turishda davom etmoqda.

Kecha og‘ir qurollar bilan qurollangan jangarilar Idlib viloyatidagi hukumat pozitsiyalariga ikki marta hujum qilishgan, ammo ularni artilleriya zarbalari qaytargan.

B-52, Amerikanskiy sverxdalniy bombardirovshik v nebe nad Afganistanom, 2006 god - Sputnik O‘zbekiston
Koalitsiya Suriya va Iroqda 1359 nafar tinch aholi o‘limi uchun aybni tan oldi

Suriyaning shimolidagi operatsion vaziyat murakkabligicha qolmoqda, 16 dan 20-yanvargacha Idlib zonasida 15 ta terakt natijasida 47 nafar Suriya xarbiylari o‘ldirildi va 51 yaralandi, 51 tinch aholi halok bo‘ldi va 116 yaralandi. Turk manbalariga ko‘ra, Eronning "Kuds" maxsus kuchlari  (IISK-Islom Inqilobiy Soqchilari Korpusi) bo‘linmalari SAR hukumatini qo‘llab-quvvatlash uchun urush zonasiga yuborilgan.

Al-Masdar nashrining xabar berishicha, 20-yanvar kuni Rossiya harbiy aviatsiyasi yil boshidan beri Suriyaning Aleppo shahrining g‘arbidagi Islomiy ittifoq jangarilarining pozitsiyalariga eng kuchli zarba berdi. Bir kun oldin suriyalik jangarilar samolyotlar yordamida Latakiya viloyatidagi Xmeymim aviabazasiga hujum qilishga uringan. Rossiyaning o‘rnatilgan havo mudofaa tizimlari nishonlarni bazaga zarar bermasidan yo‘q qildi.

Kim aybdor

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi, taxminan 20 ming jangariga ega bo‘lgan "Xayat Tahrir ash-Sham"* terrorchilik guruhini Idlib zonasidagi vaziyatni keskinlashtirish uchun asosiy mas’ul deb hisoblaydi va jihodchilarga yordamini ko‘paytirish umidida G‘arbga yangi avj olish bilan murojaat qilmoqda. Moskva Vashingtonni mintaqadagi roli va o‘rni haqida muntazam ravishda eslatib turadi. Kecha Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Rabkov: "Qo‘shma Shtatlar Suriyada harbiy mavjudligi nuqtayi nazaridan olib boradigan har bir harakati noqonuniydir" dedi. Biroq, Qo‘shma Shtatlar SAR hududida noqonuniy harbiy ishtirokiga oid pozitsiyasini o‘zgartirmaydi. AQSh uchun doimiy ravishda "isonchilar" bilan kurashish - bu uning Suriya hududida noqonuniy ishtirokini qandaydir tarzda oqlash yoki uzaytirish.

Prezident Sirii Bashar Asad - Sputnik O‘zbekiston
Bashar Asad: Suriya urushi – bu 3-jahon urushining kichik modeli

G‘arb Suriyaning, Rossiya, Eron va Turkiyaning Yevfrat sharqidagi SARning qonuniy hokimiyatini tiklash rejalarini yo‘q qilishni istaydi. Axir, u yerda amerikaliklar boy neft konlarini nazorat qilishadi. Agar daryo ortida kurd va arab noqonuniy qurolli guruhlar ko‘rinishidagi "tirik qalqoni" yo‘q qilinsa, Suriya neftini nazorat qilish muqarrar ravishda Damashqqa qaytadi. AQShning Yaqin Sharqdagi AIShning agressiv siyosatini qo‘llab-quvvatlayotgan Yevropa va mintaqaviy ittifoqchi davlatlar boshi berk kuchaga kirib iolishganini tushunmoqdalar. Ammo, milliy manfaatlarga zid ravishda, ular Vashingtonning buyrug‘isiz o‘yinni tark eta olmayaptilar. Haqiqiy suverenitetga sodiq qolish faqat Anqaraning qo‘lidan keldi.

Turkiyaning eng yirik axborot agentligi Anadolu xabariga ko‘ra: "Hozirda Amerika kuchlari Xasek, Rakka va Deyr ez-Zor viloyatlaridagi YPG / RPK tomonidan egallab olingan hududlardagi 11 harbiy bazalar va postlarda joylashgan". U yerda AQSh qo‘shinlari nima qilishmoqda?

Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Sergey Rudskoy bundan oldin: "Suriyadagi Amerika tuzilmalari jangarilarni tayyorlash bilan bir qatorda, Suriyaning qonuniy hukumatiga tegishli bo‘lgan neft zavodlari va konlarini talash bilan shug‘ullanmoqda", deb aytdi.

Muqarrar tozalash

17-yanvar kuni Suriya hukumat kuchlari va ularning ittifoqchilari SARdan shimoli-g‘arbda Aleppo viloyatining janubi-g‘arbiy hududlarini (Idlib deeskalatsiya zonasiga kiritilgan) nazoratga olish uchun terrorchilarni qisib chiqarishni boshladilar. Uch kundan ko‘proq vaqt davomida minomot va raketa-artilleriya hujumlari almashinuvi davom etmoqda. To‘qnashuv chizig‘iga Aleppo, Deyr-ez-Zor, Xama va Latakiya viloyatlarining qo‘shimcha kuchlari, artilleriya, zirhli transport vositalari, shuningdek, Eron “Kuds” maxsus kuchlari bo‘linmalari jalb qilingan.

Rudskoy zayavil o podgotovke diversionnix grupp boyevikov SShA v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
AQSh diversantlar tayyorlab, Suriya ichiga tashlamoqda

Ertami-kechmi Arab Respublikasi noqonuniy qurolli guruhlardan va amerikaliklarning mavjudligidan butunlay ozod qilinadi. "Yangi Suriya ichidagi G‘arbiy Kurdiston muxtoriyati" muammosi asli asossizdir. SARning hududiy yaxlitligi tufayli har qanday murosalar butunlay chiqarib tashlanadi, bu Damashq, Moskva, Tehron, Anqaraning umumiy va prinsipial pozitsiyasidir.

Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, hatto Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi Idlibdagi ba’zi kelishmovchiliklar ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik aloqalarni buzmaydi. Eng og‘ir harbiy-siyosiy sharoitda Eron xavas qilsa arziydigan qat’iylikni namoyish qilmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning mintaqaviy ittifoqchilarining shafqatsiz qarshiliklariga qaramay, Suriya tinchlikka yaqinlashmoqda - so‘nggi 24 soat ichida 900 dan ortiq qochqinlar chet eldan qaytib keldilar.

* - Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan terroristik guruh.

Yangiliklar lentasi
0