AQSh diversantlar tayyorlab, Suriya ichiga tashlamoqda

Obuna bo‘lish
AQSh harbiylari Suriya-Iroq chegarasida 2700 nafar arab millatiga mansub diversant-jangarilarni tayyorlamoqda.

AQSh harbiylari Suriyaning va Iroq bilan chegaradosh bo‘lgan Et-Tanf shahri yaqinida, yangi jangari guruhlarini tayyorlamoqda, dedi Rossiya Bosh shtabi Operativ boshqarish qo‘mondoni Sergey Rudskoy.

Baza VVS siriyskoy armii v provinsii Xoms - Sputnik O‘zbekiston
Tungi hujum: Suriya navbatdagi raketa zarbalarini qaytardi

Xususan, Et-Tanf atrofida 55 km bo‘lgan hudud chegarasida AQSh instruktorlari “Magovir as-Saura” nomli yirik jangovar to‘da va yana bir necha kichik jangovar guruhlar tayyorlamoqda.

“Arab avlodlari armiyasi” deb nomlangan ushbu terrorchi guruhlar 2700 kishini tashkil qiladi. Et-Tanfda tayyorgarlikdan o‘tgan jangarilarning bir qismi AQSh harbiylari tomonidan Yevfrat ortiga tashlanmoqda.

Eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan jangarilar esa Suriya hukumati qo‘shinlari qo‘l ostida bo‘lgan hududlarga yuborilmoqda. Ularning asosiy vazifasi qo‘pruvchilik harakatlari bilan shug‘ullanish, neft va gaz obyektlarini yo‘q qilish va hukumat kuchlariga qarshi teraktlar amalga oshirishdir.

Ana shunday guruhlar Es-Suvayda, Palmira va Abu-Kamal aholi punktlarida aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0