Koalitsiya Suriya va Iroqda 1359 nafar tinch aholi o‘limi uchun aybni tan oldi

© Commons.wikimedia / Master Sgt. Lance Cheung (U.S. Air Force)B-52, Amerikanskiy sverxdalniy bombardirovshik v nebe nad Afganistanom, 2006 god
B-52, Amerikanskiy sverxdalniy bombardirovshik v nebe nad Afganistanom, 2006 god - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh va uning ittifoqdoshlari 2014-yildan buyon Suriya va Iroqda "Islom davlati"ga qarshi operatsiyalarni o‘tkazib keladilar.

TOShKENT, 2 yanv – Sputnik. AQSh boshchiligidagi "Islom davlati" uyushmasiga qarshi kurash koalitsiyasi zarbalari natijasida Suriya va Iroqda 2014-yildan buyon 1359 nafar tinch aholi nobud bo‘lgan, deyiladi koalitsiya bayonotida.

Prezident Sirii Bashar Asad - Sputnik O‘zbekiston
Bashar Asad: Suriya urushi – bu 3-jahon urushining kichik modeli

"2014 yil avgust oyidan 2019-yil noyabr yakuniga qadar koalitsiya 34 725ta zarbani amalga oshirgan. Bu davr mobaynida, ma’lumotlarda aytilishicha, qo‘mondonlik bahosiga ko‘ra, "Mustahkam qat’iyat" operatsiyasi boshlanganidan buyon, garchi ataylabdan bo‘lmasa-da, ammo eng kamida 1359 nafar fuqaro o‘ldirilgan", - deyiladi bayonotda.

AQSh va uning ittifoqdoshlari 2014-yildan buyon Suriya va Iroqda "Islom davlati"ga qarshi operatsiyalarni o‘tkazib keladilar. Suriyada ular mamlakat rasmiy hukumati roziligisiz o‘z faoliyatini olib bormoqda. 2018-yil dekabrida AQSh "ID" "halifati" yo‘q qilingani haqida e’lon qilgan edi.

Shunday bo‘lsada, mamlakatdan amerika qo‘shinlari chiqib ketmagan, lekin faol jangovar harakatlar to‘xtatilgan, biroq terrorchilarga qarshi maxsus lokal operatsiyalar amalga oshirib kelinadi.

Eron Suriyaga Amerika qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga yordam berishga tayyor >>>

Koalitsiya payshanba kuni e’lon qilgan xabarga ko‘ra, operatsiya o‘tkazilgan vaqt davomida 7,7 million nafar aholi istiqomat qiladigan 110 ming kvadrat kilometr hudud "ID" ta’siridan ozod etilgan.

Yangiliklar lentasi
0