Sulaymoniy paradoksi: AQSh yuqori texnologiyali dushmanga o‘z xohishini buyurolmaydi

© AFP 2023 / TAUSEEF MUSTAFAProtestuyushie s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3-yanvarya 2020 goda
Protestuyushie s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3-yanvarya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh va Eron o‘rtasida 2020-yil boshida avj olgan harbiy ziddiyat AQSh va NATO yuqori texnologiyali dushmanga qarshi kurashishga tayyor emasligini ko‘rsatdi.

Eron generali Kassam Sulaymoniyning 3-yanvarga o‘tar kechasi Iroq hududida o‘ldirilishi amerikaliklarning mintaqadagi harbiy-siyosiy ta’sirini kamaytirdi. Eron javobi AQShning Yaqin Sharqdagi bir qator raqiblarini jipslashtirdi va Yevropadagi NATO bo‘yicha ittifoqchilarni tushkun kayfiyatga soldi.

Aksii protesta za demokratizatsiyu viborov v Gonkonge - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy AQSh va Eronni muzokaraga chaqirdi

Eron tomonidan AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazasiga raketa zarbasini amalga oshirishi bu shunchaki o‘zini himoya qilish yoki aqldan ozish arafasida tajovuzkordan o‘ch olish emas edi. Islomiy inqilobiy soqchilar korpusi (IISK) qo‘shinlari sovuqqon professionalizm va aniq nishonga oluvchi qurollarning samaradorligini namoyish etdilar. Amerika havo mudofaa tizimlari, birinchi navbatda, Patriot zenit raketa majmuasi Eronda ishlab chiqarilgan raketalarga qarshi ojizligi ayon bo‘lib qoldi. Fikrimcha, bu Pentagon uchun yoqimsiz yangilik bo‘ldi, negaki, ular Tehron tomonidan harbiy javob bo‘lishini bilgan va kutgan va raketalarning uchirilishini aniqlagan bo‘lishsa-da, ammo zarbalarni qaytara olmadilar.

Mojaro tomonlari va ularga moyilligi bor ekspertlar Iroq hududidagi Ayn al-Assad va Erbil Amerika bazalariga IISK raketa zarbalari natijalarini turlicha baholashmoqda. Tehron bir nechta jangovar samolyotlar va 80 ga yaqin AQSh harbiylarini yo‘q qilganini e’lon qildi. Prezident Donald Tramp o‘z Tvitterida vaziyatni quyidagicha izohladi: "Hammasi yaxshi! .. Bizning qurolli kuchlarimiz dunyoda eng kuchli va juda yaxshi qurollangan". Sun’iy yo‘ldosh yordamida olingan suratlar esa Eron raketalari tomonidan Amerikaning yirik Ayn al-Assad harbiy bazasining sakkizta obyekti yo‘q qilinganidan dalolat bermoqda, ya’ni nishon Eron hududidan 300 km masofada joylashganligiga qaramasdan o‘ta yuqori aniqlik bilan mo‘ljalga olingan.

Jangovar foydalanish

Islomiy Inqilobiy Soqchilar Korpusi (IICK) AQShning ikkita harbiy bazasiga 35 ta hujum uyushtirilganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, IICK: "Qo‘shma Shtatlarning barcha ittifoqdoshlari, ya’ni terroristik-davlat bazalari joylashgan mamlakatlar, Eron Islom Respublikasiga qarshi tajovuzkor harakatlar uchun asos bo‘ladigan barcha hududlar bizning nishonimizga aylanadi", - deya ogohlantirdi.

Protestuyushie s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3-yanvarya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Eron AQShdan qasos olishning 13ta ssenariysini tayyorladi - OAV

Eronning Tasnim axborot agentligi bergan xabarga ko‘ra, Eron harbiy kuchlari zarbalar uchun yangi avlod ballistik raketalari, xususan, Fateh- Fateh-313 hamda boyegolovkasi ajraluvchi va radarlarni chalg‘ituvchi to‘lqinlar tarqatuvchi Qiam raketalaridan foydalanishgan.

Iroq armiyasi matbuot xizmati Iroq hududiga 22 ta raketa uchirilganini e’lon qildi. Shulardan 17 tasi Ayn al-Assad harbiy bazasiga (ikkitasi portlamagan) yo‘naltirilgan, beshta raketa Erbil hududiga tushgan. Iroq harbiylarining ta’kidlashicha, barcha raketalar koalitsiya kuchlari obyektlariga zarba bergan (Iroq qo‘shinlari jabrlanmagan).

G‘arb ekspertlari va Vashingtondagi rasmiy manbalar esa 15 ta Fateh-1 va Zulfiqar ballistik raketalarni sanab chiqishdi, ulardan o‘ntasi Ayn al-Assad bazasidagi nishonlarga yetib bordi, bir donasi esa Erbil bazasida obyektni zabt etdi (go‘yoki to‘rtta raketa nishonga yetib bormadi). Ehtimol, haqiqat raqamlarning o‘rtacha hisobida bo‘lsa kerak.

Eron-Amerika urushi juda yaqinimizda - Xitoy OAVlari

Shuni hisobga olish kerak-ki, hatto ajraladigan kalla qismiga ega Qiam-1 raketasi sovetlarning suyuq yonilg‘i bilan ishlaydigan bir bosqichli ballistik R-17 raketasining Eron boshqaruv tizimiga ega, og‘irligi 750 kg va uchish masofasi 800 km bo‘lgan mukammallashtirilgan variantini eslatadi.

O‘zi boshqariladigan qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan Zulfiqar operatsion-taktik raketasi - Eron mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va 2016-yilda foydalanishga topshirilgan. Uning jangovar qismi taxminan 500 kg og‘irlikka ega, nishon masofasi 700 kmgacha. Agar Eron haqiqatdan ham ushbu ballistik raketalarni ishlatgan bo‘lsa (Havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari uchun u qadar murakkab bo‘lmagan nishon), u holda Amerikaning Patriot ZRM tizimlari qayerda edi, nega bazalarga yaqinlashib qolgan Qiam-1 va Zulfiqarlarni to‘xtatib qololmadi? Zaiflik ayon.

Amerikaning NPR nashri sun’iy yo‘ldosh fotosuratlari orqali IICKning jangovar amaliyotlari natijalarini o‘rganib chiqdi va umidsiz xulosalarga keldi: "Jabrlangan ba’zi obyektlarda raketalar nishonning eng markazga tushganiga o‘xshaydi ... Eronning raketa zarbasi Iroqdagi Ayn al-Assad aviabazasiga jiddiy zarar yetkazdi." Hayratlanarli aniqlik Eron nafaqat ballistik, balki qanotli raketalardan ham foydalangan degan taxminga olib keladi".

Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Ruxani - Sputnik O‘zbekiston
Ruhoniy: Yaponiya Eronga amerika sanksiyalarini “parchalash” usulini taklif qildi

"Qattiq yong‘oq" harakatda

Pentagon strateglari Global Firepower tomonidan e’lon qilinadigan dunyo harbiy qudrati reytingida  Eron Islom Respublikasi 14-o‘rinni egallashi va Pokiston, Isroil, Shimoliy Koreya, Avstraliya, Ispaniya va Kanadadan yuqorida turishini yaxshi bilishsa kerak. Mamlakat aholisi 83 milliondan ortiq, bu nihoyatda katta chaqiruv resurslaridir (taqqoslash uchun, qo‘shni Iroqning aholisi - 38 million).

Amerikaliklarning Yaqin Sharqdagi neft qazib oluvchi davlatlarni o‘z ixtiyoriga bo‘ysundirish istagi tushunarli, ammo reallik bilan aloqani yo‘qotmaslik kerak. Eron IICK va dunyoviy qo‘shinlarga bo‘lingan yarim million qurolli kuchlarga ega (vazifalarning takrorlanishi jangovar barqarorlikni oshiradi). Eron raketalarni uchirish uskunalari (1900 dona) amerikaliklarnikiga qaraganda ham koinotda ancha ko‘p. Shuningdek, 1600 ta tank, uch mingga yaqin artilleriya moslamasi, bir yuz yetmishdan ortiq hujum uchar apparatlari, yaxshi rivojlangan havo mudofaa tizimi(iyun oyida Eron hududida RQ-4A Global Hawk Amerika razvedka uchuvchisiz apparatini yo‘q qilgan edi)ni ham hisobga olish kerak. G‘arb tahlilchilari fikricha, Eron dengiz kuchlari kemalar soni bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi - AQShdan keyingi o‘rinda turadi (398 dona).

Bespilotniy letatelniy apparat (BPLA) - Sputnik O‘zbekiston
Eron noma’lum xorijiy dronni urib tushirdi

Pentagon bayonotiga ko‘ra, general Kassam Sulaymoniyga qilingan hujum AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan "xorijdagi AQSh xodimlarini himoya qilish" maqsadida sanksiyalangan. Amerika generallari va prezident Eron siyosiy iyerarxiyasida uchinchi shaxsni yo‘q qilish to‘g‘risida buyruq bera turib, bunga qanday munosabat bildirishlarini kutishganini tushunish qiyin. Shubhasiz, ular Tehron AQSh armiyasini rasman terroristik tashkilot deb e’lon qilishi va uni ortidan qanday nomaqbul mintaqaviy oqibatlar kelib chiqishini tasavvur ham qilishmagan.

Qurolli mojaro kuchayishi fonida Amerika ittifoqchilarining munosabati qiziq.

Politolog Arzu Nagiyev - Sputnik O‘zbekiston
Siyosatchi: AQSh Eron Rossiya bilan hamkorlik qilishini xohlamaydi

Eron maxsus bo‘linmasi bo‘lmish "Al-Quds" qo‘mondoni - general Kassam Sulaymoniyning o‘ldirilishini NATO darhol AQShning mustaqil qarori, deb atadi. Bundan tashqari, IICK raketa zarbasi arafasida NATOdagi Amerika ittifoqchilari Iroqdan deyarli qochib ketdilar: Ispaniya, Kanada va Xorvatiya harbiy qismlari Quvaytga yo‘l olishdi. Bag‘doddagi "Qat’iy jur’at" operatsiyasi shtabi ham shu tomonga yo‘l oldi. Eron zarbasidan bir necha soat oldin hatto oz sonli Litva harbiy xizmatchilari ham Amerika bazasini tark etishdi. Latviya esa, agar mamlakat hukumati NATO qo‘shinlarini olib chiqish to‘g‘risidagi parlament rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlasa, Iroqni butunlay tark etishga tayyorligini bildirdi. Avvalroq, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Iroq parlamenti AQShni mamlakat va mintaqadan quvib chiqarish yo‘lini tayyorlab qo‘yganini ma’lum qilgandi.

Eron AQShning Iroqdagi bazalariga qilgan zarbasini AQSh "yuziga tarsaki" deb atadi va bu hozirgi vaziyatdagi eng yumshoq ta’rifdir. Eronning (ko‘pchilik eronliklar uchun milliy qahramon bo‘lgan) nufuzli harbiy yetakchisini o‘ldirish bo‘yicha strategik rejalar va bu qotillikka undagan motivlarga qaramay, Qo‘shma Shtatlar o‘zi uchun o‘ta salbiy natijani oldi.

Yangiliklar lentasi
0