Ruhoniy: Yaponiya Eronga amerika sanksiyalarini “parchalash” usulini taklif qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Ruxani
Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Ruxani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron prezidenti AQShning Eronga qarshi sanksiyalari xalqaro meyorlarni buzishi va hech qanday natija bermasligini ta’kidlagan.

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Tokio AQShning Tehronga nisbatan sanksiyalarini qanday “parchalash” mumkinligiga oid taklif kiritdi. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Yaponiyaga tashrifi yakuniga ko‘ra ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.

Gorashiy motosikl vo vremya protestov v Irane  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiya kiritdi

“Yaponlarning AQSh sanksiyalarini parchalash xususida yangi taklifi bor edi, bizning ham bu borada yangi taklifimiz bor edi. Biz buni muhokama qildik, bu masala yuzasidan maslahatlashuvlarimizni davom ettirishga kelishib oldik”,  - deya Ruhoniy Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan bo‘lgan muzokaralar haqida gapirgan.

Eron prezidenti AQShning Eronga qarshi sanksiyalari xalqaro meyorlarni buzishi va hech qanday natija bermasligini ta’kidlagan. “Amerikaliklar xato yo‘ldan qaytishga majbur bo‘lishadi”, - deya qo‘shimcha qilgan Ruhoniy.

Yangiliklar lentasi
0