Eron noma’lum xorijiy dronni urib tushirdi

Obuna bo‘lish
Hozirda ekspertlar dronning singan bo‘laklarini o‘rganishmoqda. Natijalar keyinroq ma’lum qilinishi aytilmoqda.

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Eronda xorijiy uchuvchisiz uchish apparati urib tushirildi. Bu haqda RIA Novosti Eronning IRNA agentligiga tayanib xabar qilmoqda.

Amerikanskiy strategicheskiy razvedivatelniy BPLA RQ-4 Global Hawk - Sputnik O‘zbekiston
Eron AQSh razvedka dronini nega urib tushirdi?

Xabarda yozilishicha, hodisa 8-noyabr, juma kuni ertalab mamlakatning janubiy-g‘arbidagi Mahshahr portida ro‘y bergan.

Hozirda ekspertlar dronning singan bo‘laklarini o‘rganishmoqda, natijalar keyinroq ma’lum qilinadi.

Mamlakat armiyasi dron urib tushirilganini tasdiqlagan.

Dron qaysi mamlakatga tegishli ekani ochiqlanmayapti.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida AQShning razvedka qiluvchi RQ-4 Global Hawk dronini urib tushirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0