"Turk oqimi"ga start berilishi Rossiya uchun navbatdagi g‘alabadan ham muhimdir

Obuna bo‘lish
Rossiya va Turkiya rahbarlari Serbiya prezidenti va Bolgariya bosh vaziri ishtirokida "Turk oqimi" gaz quvurini rasman ishga tushirishdi.

Irina Alksnis

Kunning boshqa hodisalari (Tehronning Iroqdagi Amerika harbiy bazasiga raketa hujumi va Erondagi Ukraina layneri halokati), shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli xalqaro bezovtalikni hisobga olgan holda, ushbu voqea axborot kun tartibida yo‘qolib ketishi ham mumkin edi. Ammo buning o‘rniga gaz quvurining ochilish marosimi nafaqat Rossiyaning nafaqat mintaqada, balki butun jahondagi yangi o‘rni va roli ramzi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Prezidenti Rossii i Tursii dali start Tureskomu potoku - Sputnik O‘zbekiston
"AQSh harakatlari hatto hayratlanarli". "Turk oqimi" ochilishi haqida siyosatshunos

Yaqinda, bir necha oy oldin, Turk oqimining boshlanishiga bag‘ishlangan tahliliy leytmotiv aniq va sodda bo‘lar edi: Rossiya yana uddaladi! Raqiblar tomonidan tashkillashtirilgan barcha qiyinchiliklar va to‘siqlarga qaramay, mamlakatimiz oldinga qo‘ygan va amalga oshirib bo‘lmaydiganga o‘xshagan ishlarni uddaladi.

Faqat hozirgi voqealar fonida mutlaqo to‘g‘ri fikr sezilarli darajada o‘z ahamiyatini yo‘qotdi va yana bir g‘oya paydo bo‘ldi: Rossiya qo‘zg‘olonlar dunyosida tartib, barqarorlik va xavfsizlikning tayanchi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Bir necha yillar davomida Rossiya kollektiv G‘arb tomonidan dunyo tuzumini izchil va ataylab buzgan; murtad sifatida, narsalarning belgilangan tartibiga qarshi davlat sifatida qabul qilingan.

Bu ayblovdarda ikkita tuzoq nazarda tutilgan. Bir tomondan, hozirgi tizim eng yaxshi imkoniyat ekanligi ta’kidlandi, chunki uni demokratiyani, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini o‘zida mujassam etgan yorqin G‘arb dunyosi boshqaradi. Boshqa tomondan, hatto tizimning nomukammalligi va kamchiliklari Moskva tomonidan ilgari surilgan betartiblikdan ham yaxshiroq ekanligi nazarda tutildi va bu iddao ko‘pchilik uchun eng ta’sirliroq edi.

Prezidenti Rossii i Tursii dali start Tureskomu potoku - Sputnik O‘zbekiston
"Turk oqimi"ga start berilishi Rossiya uchun navbatdagi g‘alabadan ham muhimdir

2010-yil o‘rtalariga kelib, sayyoraning katta qismi G‘arb tomonidan qurilgan dunyo tartibiga nisbatan hafsalasini yo‘qotdi. O‘sha paytdagi inqiroz va tanazzul jarayonlari hammaga ayon bo‘ldi va tegishli davlatlar rasmiylarining sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati, masalan, 2015-yildagi Yevropadagi migratsiya inqirozi kabi favqulodda teshiklarni yamash xarakteriga ega edi. Ammo, umuman olganda, "oz bo‘lsa ham tartibning borligi, uning umuman yo‘qligidan ko‘ra yahshiroq " degan yondashuv adolatli, shuning uchun Rossiyaning xatti-harakatlari juda ko‘p kuchlar, shu jumladan, dunyo isteblishmentiga ko‘p ham hayrihohlik bildirmaydigan kuchlar o‘rtasida salbiy munosabatni keltirib chiqardi.

Ammo Rossiya har on qulashi ehtimoli bor tizimni larzaga solayotgani aslida yangi tizimni shakllanayotgani edi.

Xalqaro maydonda deyarli barcha yo‘nalishlarda keskinlik kuchaymoqda, hatto eng yaqin sheriklar o‘rtasida ham ziddiyatlar kuchaymoqda. Yaqin Sharq uzoq vaqt davomida muqaddam ko‘rmagan ziddiyatlar avj olishini boshdan kechirmoqda va mintaqaning deyarli barcha mamlakatlari umumiy portlash tuguniga bog‘langan. Iroqdan – imkon qadar tezroq - Germaniya, Slovakiya, Xorvatiya o‘z harbiy kuchlarini chiqarib ketishapti. Ro‘yxat kengayishi ehtimoli bor. Kemalarning Ormuz ko‘rfazi orqali tranziti to‘xtatildi. Ko‘plab aviakompaniyalar, shu jumladan Aeroflot, Eron orqali parvozlarni vaqtincha to‘xtatib qo‘ydilar. Barcha soha mutaxassislari Uchinchi Jahon urushi boshlanishi haqida xavotirda. Bozorlar pasaymoqda, neft va oltin narxi oshmoqda.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tureskuyu Respubliku - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Erdo‘g‘on “Turk oqimi”ni ishga tushirishdi

Mana shu fonda Vladimir Putin bir necha oy oldin rejalashtirilganidek "Turk oqimi" ni ochish uchun Istambulga uchib keldi. Jahon qaynab turgan bir vaziyatda, Rossiya hech qanday tashqi bo‘ronlar ham silkita olmaydigan reja asosida ishlash namunasini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, uning ta’siri shunchalik kattaki, yonidagi, boshqa holatlarda qattiq bayonot va qadamlarga moyil kuchlar yanada tinch va muvozanatli pozitsiyani egallamoida. Gap xususan, vaqti-vaqti bilan Moskva bilan kelishmovchilik (so‘nggi izohlar Liviya bilan bog‘liq) tufayli tez-tez qattiq norozilik bildiradigan lekin, umuman olganda, mavjud hamkorlik doirasida doimiy ravishda harakat qiluvchi Turkiya hakida ham bormoqda.

Rossiya dunyoni xaosga aylantirmaslik va yangi global tizimni qurish funksiyalarini bajarishga tayyor bo‘lgan va hozirda bajarayotgan yangi yig‘in punktiga aylandi. Bundan tashqari, Moskva hamma uchun sodda va tushunarli qoidalarni taklif qilmoqda: pragmatizm va o‘zaro manfaatli tamoyillar bo‘yicha konstruktiv hamkorlik. Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning namunasi bu yerda yanada urinli, chunki davlatlar tarixiy ravishda "tabiiy geosiyosiy raqiblar" deb hisoblanib, ularning orasidagi ziddiyatlarni yengib o‘tishning iloji yo‘q edi. Biroq, Moskva bunga erishdi.

Dostavka komponentov ZRS S-400 v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston
"Yo‘q qil yoki qaytar": AQSh Turkiyani Rossiya S-400 laridan "qutulishga" chaqirmoqda

"Turk oqimi"ning ochilish marosimida Vladimir Putin ikkala davlat "xalqlarimiz va butun Yevropa hamda butun dunyo xalqlari manfaati uchun o‘zaro hamjihatlik va hamkorlik namunasini ko‘rsatdi", degani bejiz emas. Yaqin Sharqda ham, dunyoning qolgan qismida ham Rossiya prezidentining so‘zlari xuddi shunday taklif bilan ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat sifatida qabul qilinadigan poytaxtlar yetarli. Va sodir bo‘layotgan bezovta qiluvchi voqealar ko‘pchilikni ushbu taklifni qabul qilishga undashi mumkin - axir, so‘nggi yillarda Moskva, hatto eng og‘ir vaziyatlarda ham o‘z so‘zlari uchun javob berishini bir necha bor isbotlab kelmoqda va bunda unga yetadigani hozircha yo‘q.

Turk oqimining ochilishi buning yana bir tasdig‘idir.

Yangiliklar lentasi
0