"Yo‘q qil yoki qaytar": AQSh Turkiyani Rossiya S-400 laridan "qutulishga" chaqirmoqda

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishDostavka komponentov ZRS S-400 v Tursiyu
Dostavka komponentov ZRS S-400 v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik diplomatlar navbatdagi bor S-400 xaridi tufayli Anqaraga qarshi sanksiyalar kiritilishi mumkinligi bilan po‘pisa qilishgan.

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Turkiya-Amerika munosabatlari yaxshilanishi uchun Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualaridan voz kechishi lozim, deb bayonot qilgan AQSh Davlat departamenti. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Voyennaya texnika pered nochnoy repetitsiyey parada Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Turkiyaga S-400 yetkazib berilishi – NATO ichiga qoqilgan pona bo‘ldi

Davlat departamenti idorasi "Turkiyada tanlov borligiga" ishora qilgan.

Bundan tashqari, amerikalik diplomatlar navbatdagi bor S-400 xaridi tufayli Anqaraga qarshi sanksiyalar kiritilishi mumkinligi bilan po‘pisa qilishgan.

Ta’kidlash joizki, AQSh Davlat departamenti ushbu bayonotni Turkiya va AQSh o‘rtasida Rossiya zenit-raketa majmualarini xarid qilish masalasi yuzasidan o‘tkaziladigan muzokaralari oldidan e’lon qilgan.

Tramp Erdog‘anga "yog‘liq bitim" taklif qildi >>>

Sal oldin S-400 bilan bog‘liq holatni prezidentlar Donald Tramp va Toyip Erdog‘anlar muhokama qilishgan edi. Turkiya yetakchisi Anqara Rossiya qurolidan voz kechishni rejalashtirmayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya va AQSh munosabatlarida inqirozni keltirib chiqargan Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi bo‘lmish S-400ning yetkazib berilishi iyul oyi o‘rtalarida boshlangan edi. Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, C-400 2020-yilning aprelida to‘liq ishga tushiriladi. Vashington muntazam ushbu bitimdan voz kechishga, o‘rniga amerikaning Patriot majmualarini xarid qilishga chaqirmoqda, aks holda Turkiyaga qiruvchilarning eng so‘nggi avlodi bo‘lmish F-35 sotuvini to‘xtatib qo‘yish yoki umuman bekor qilish va hatto sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilmoqda. Anqara yon bosishga rozi bo‘lmayapti.

Yangiliklar lentasi
0