"AQSh harakatlari hatto hayratlanarli". "Turk oqimi" ochilishi haqida siyosatshunos

Obuna bo‘lish
Federatsiya Kengashida “Turk oqimi” gaz quvurining ishga tushirilishini Rossiya iqtisodiyoti va diplomatiyasida yutuq deb atashdi.

Federatsiya Kengashida “Turk oqimi” gaz quvurining ishga tushirilishini Rossiya iqtisodiyoti va diplomatiyasida yutuq deb atashdi. Sputnik radiosi efirida siyosatshunos Yevgeniy Ben, AQSh Rossiyadan Yevropaga gaz quvurlari o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ko‘p va mashaqqatli harakatlarni amalga oshirganini eslatib o‘tdi.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tureskuyu Respubliku - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Erdo‘g‘on “Turk oqimi”ni ishga tushirishdi

"Turk oqimi" gaz quvurining ishga tushirilishi Rossiya iqtisodiyoti va diplomatiya sohasidagi yutuqdir, Nation News Federatsiya Kengashi Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi a’zosi Frans Klinsevichning so‘zlarini keltiradi.

Klinsevichning so‘zlariga ko‘ra, gaz quvurining ishga tushirilishi siyosiy nuqtayi-nazardan juda katta ahamiyatga ega, ammo "loyiha faqat iqtisodiydir".

“"Turk oqimi" bu yil ishga tushirilgan so‘nggi gaz quvuri emas. “Shimoliy oqim-2” ham bo‘ladi, va hayot shuni ko‘rsatadiki, amerikaliklar bu loyihalarga to‘sqinlik qilishda muvaffaqiyat qozona olmayapti, Rossiya esa, garchi u hozircha hukmronlik qilmasa ham, so‘nggi besh yil ichida AQSh bizga nisbatan shiddat bilan axborot urushlari olib borishiga qaramay, ancha kuchli obro‘ga ega bo‘ldi", - dedi senator.

Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on chorshanba kuni Istambulda “Turk oqimi”ni rasmiy ravishda ochdilar. Marosimda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov ishtirok etdi.

Sputnik radiosida jurnalist, siyosatshunos, Moskva siyosiy fanlar klubining rahbari Yevgeniy Ben gaz quvurining ochilishini muhim muvaffaqiyat deb atadi.

Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya "Shimoliy oqim-2" ni o‘z kuchlari bilan yakunlaydi, deya ishonadi ekspert

"AQShning “Turk oqimi” va “Shimoliy oqim-2”larga bosim o‘tkazishga urinishlari ba’zi jihatdan ajablanarli. AQSh o‘z maqsadlariga erishish uchun misli ko‘rilmagan iqtisodiy taziyqlardan tortinmaydi ham. Amerika Qo‘shma Shtatlari Yevropaga gaz yetkazib berishda Amerikaning ustunligi erishishga qaratilgan qonunlarni qabul qilmoqda va Amerika suyultirilgan gazining raqobatchilarini quvib chiqarish istagi ochiq aytishdan ham toyishmayapti... Shunday bo‘lsa ham Rossiya gazi Turkiya orqali Yevropaga yetib bordi: "Turk oqimi"- bu juda jiddiy, prinsipial muvaffaqiyat”, - dedi Yevgeniy Ben.

“Turk oqimi” ikkita liniyadan iborat bo‘lib, ularning har biri sig‘imi 15,75 milliard kubometrni tashkil etadi. Birinchisi Rossiya gazini Turkiyadagi iste’molchilarga, ikkinchisi - Janubiy va Janubiy-Sharqiy Yevropa mamlakatlariga yetkazib berishga mo‘ljallangan.

AQSh prezidenti Donald Tramp “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi” quvurlariga qarshi sanksiyalarni nazarda tutadigan mudofaa budjetini 2020-yil dekabr oyida imzoladi. Amerika Qo‘shma Shtatlari bu quvurlarni qo‘yishda ishtirok etgan kompaniyalardan zudlik bilan qurilishni to‘xtatishni talab qildi.

Yangiliklar lentasi
0