Putin va Erdo‘g‘on “Turk oqimi”ni ishga tushirishdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tureskuyu Respubliku
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tureskuyu Respubliku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Turk oqimi" Gaz o‘tkazgichning umumiy quvvati 31,5 milliard metr kub bo‘lib u 2ta quvurdan iborat. Turkiya gazining bir qismini Yevropaga sotib qo‘shimcha daromad olishi mumkin.

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on “Turk oqimi” gaz quvurini rasman ishga tushirishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Bu bu yerda bo‘lgan har bir kishi nafaqat Rossiya va Turkiya uchun balkim butun Yevropa kontinenti uchun muhim bo‘lgan voqeaning guvohi bo‘lmoqda”, - dedi Rossiya prezidenti.

Yangi gaz o‘tkazgich umumiy quvvati 31,5 milliard metr kub bo‘lib, u Qora dengiz tubidan o‘tkazilgan 2 ta  quvurdan iborat bo‘ladi. Quvurlarning biri Turkiya uchun mo‘ljallangan ikkinchisi esa Janubiy Yevropa mamlakatlari uchun.

Prezident Rossii Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan vo vremya vstrechi v Stambule - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Erdo‘g‘on qanday mavzularni muhokama qilishi ma’lum bo‘ldi

Dastlab ushbu gaz o‘tkazgichning nomi “Janubiy oqim” bo‘lib u Rossiya va Bolgariya orasida qurilishi rejalashtirilgan edi. Lekin keyinchalik Bolgariya Yevroparlament bosimi ostida turli vajlar bilay loyihani to‘xtatib qo‘ydi.

Anapadan Lyuleburgazgacha bo‘lgan gaz quvurining umumiy uzunligi 1100 kilometr. Yangi gaz o‘tkazgich ishga tushishi bilan Turkiya Rossiya gaz importerlari orasida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Ushbu mamlakat Rossiyadan yiliga 24 milliard metr kub gaz sotib olmoqda. Birinchi o‘rinda Germaniya – 25,8 mlrd. kub. Yangi gaz quvuridan kelgan gazning bir qismini Anqara Yevropaga reeksport qilib qo‘shimcha daromad olishni rejalashtirmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0