Parlamentdagi 150ta o‘rin uchun mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan: O‘XDP, O‘zLiDep, "Adolat", "Milliy tiklanish" va Ekologik partiyalaridan 750 nomzod o‘zaro kurash olib bormoqda. Sputnik barcha siyosiy partiyalar vakillari bilan muloqot qildi va qonunchilikka ular qanday o‘zgarishlarni kiritishni taklif etayotganini aniqladi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy qo‘mitasining bosh maslahatchisi, siyosatshunos Mixail Yelshov bilan intervyuni e’tiborlaringizga havola qilmoqchimiz.
- O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasi birinchi navbatda aholining zaif qatlamlarini himoya qiladi. Saylov vaqtida boshqa fuqarolar qo‘llab-quvvatloviga qanday erishmoqchisiz?
- Partiya shundan kelib chiqadiki, mamlakatda barqaror rivojlanishga erishishning asosiy talabi - bu ijtimoiy barqarorlikdir, unga esa odamlarni qulay uy-joylar bilan ta’minlash, sifatli va uzluksiz kommunal xizmatlar, sog‘lom ovqatlanish, keng qamrovli ta’lim va tibbiy xizmat bilan erishiladi.
Shu sababli, O‘zXDP ijtimoiy manfaatlar va hayotiy ehtiyojlarni birlamchi qondirishni, kam ta’minlangan oilalar, nafaqaho‘rlar va nogironlar, ijtimoiy qiyin axvolda bo‘lgan ayollar, doimiy ish joylari va muqum daromadlari bo‘lmagan va aholining boshqa zaif qatlamlari uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Menimcha, mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik rivojlanishidan nafaqat ushbu ijtimoiy guruhlar, balki aholining boshqa barcha qatlamlari ham manfaatdor. Biz ularning tushunishi va qo‘llab-quvvatlashiga tayanmoqdamiz.
- Oldingi saylovlar bilan solishtirganda, sizning fikringizcha, elektorat o‘zgarganmi va endi u bilan qanday ishlash kerak?
- Shak-shubhasiz o‘zgargan. Bu ham asosan, davlat bilan halq o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan muloqot tufayli. Odamlarning ijtimoyi farovonligiga ta’sir qiluvchi muammolarni aniqlaydigan, ijtimoyi tashxis qo‘yishning samarali vositasiga aylangan xalq qabulxonalari mavjud. Axoliga davlat xizmatlarini taqdim etishning zamonaviy samarali tizimini rivojlantirishga start berildi.
Biz asosan odamlarga qaratilgan mamlakat taraqqiyotining tub yangi bosqichidamiz. Bunday sharoitda siyosiy partiyalarning javobgarligi mutanosib ravishda oshib bormoqda. Endi odamlar shiorlar va mafkuraviy tafovutlarlarga qiziqmaydilar. Ular har bir partiyadan hayotlarida duch keladigan muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq takliflarni kutmoqdalar.
Bularning barchasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasini o‘z dasturiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishga, aniqlashtirishga va taklif etilgan maqsadlarni aniq va saylovchilar uchun ochik qilishga undadi. Shunga ko‘ra, saylovoldi tashviqoti nafaqat dasturiy maqsadlarimizga aholining e’tiborini jalb qilish, balki partiyalarimizning aholi ko‘z o‘ngida ijobiy imidjini yaratishga qaratilgan.
- Hozirgi saylov kampaniyasida partiyalarga erkinlik, bepul efir vaqti berildi... Sizlar yangi imkoniyatlarni sezdingizmi?
- Albatta, sezdik. Ayniqsa, onlayn nashrlarda, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda. Eng ko‘p e’tibor televideniyedan bo‘lmoqda. Televizion debatlar muhim siyosiy masalalar bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini belgilash va himoya qilish uchun yaxshi maydonga aylandi.
- Siz ijtimoiy tenglik g‘oyasini ilgari surmoqdasiz. U haddan tashqari utopik emasmi?
- Utopik degani nimasi? Biz haqiqatda utopik bo‘lgan "sinfsiz jamiyat qurish" dasturlariga xos ravishda hammani bir xil taroqda tenglashtirish tarafdori emasmiz. Ijtimoiy tenglik deganda daromadlardagi tenglik va moddiy ta’minlanganlikning boshqa ko‘rsatkichlarida va ijtimoiy holatniing tengliklarida deb tushunish kerak emas.
Bizning partiyamiz ijtimoiy tenglikni xuquqlar tengligi, ularni amalga oshirish uchun teng imkoniyatlar va istisnosiz barcha fuqarolarning qonun oldida teng javobgarligini belgilaydi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston XDP o‘zining asosiy siyosiy maqsadini 2030-yilgacha O‘zbekistonda ijtimoiy demokratik davlat poydevorini shakllantirish bilan belgilab olgan.
Ushbu muammoni hal qilish, birinchi navbatda, barcha fuqarolar farovonligini ta’minlashni nazarda tutadi. Ya’ni, hayotning asosiy ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun yetarli darajada daromad darajasiga erishish, obodonlashtirilgan uy-joy, ishonchli va barkaror energiya manbalari, tabiy gaz va ichimlik suvi, sog‘lom ovqatlanish, sifatli ta’lim, tibbiy xizmat.
Bu, birinchi navbatda, kam ta’minlangan oilalar va aholining boshqa zaif qatlamlarining hayotiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq.
- Partiya fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda yashash uchun eng kam ish haqi miqdori qancha bo‘lishi kerak?
- Yaqin kelajakda O‘zbekiston XDP dasturining ustuvor yo‘nalishlaridan biri - bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39 moddasi - "pensiya, nafaqa, ijtimoiy yordamning boshqa turlari rasman belgilangan yashash darajasidan past bo‘lmasligi kerak" degan qoidalarni amalda ta’minlashdir.
O‘ylaymanki, yashash uchun eng kam miqdorni "bazaviy hisoblash miqdori"deb nomlangan miqdor va yoki biron bir aniq summaga asossiz bog‘lash mumkin emasligini hamma yaxshi tushunadi.
Dunyoda yashash minimal miqdori "iste’mol savati"ini hisoblash usuli bilan aniqlanadi.
Unga avvalambor, JSST tomonidan tavsiya etilgan normativlar bo‘yicha ovqatlanish meyori kiradi. "Iste’mol savatchasi"ga zarur uy-joy kommunal xizmatlari, transport xizmatlarining standart qiymati qo‘shiladi. Iste’mol savatchasining narxiga kundalik kiyim-kechak, poyabzal, zarur uy-ro‘zg‘or buyumlari (idishlar, choyshablar va boshqalar) ham kiradi.
Bularning barchasining narxi qancha turadi? Aniq raqamni aytish uchun eng kam ish haqqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalarni belgilashda minimal iste’mol savatchasining tarkibi va uning qiymatini hisoblash tartibini qonuniy ravishda birlashtirishingiz kerak.
Shu bilan birga, partiyamiz qonunchilik darajasida va amalda davlat tomonidan har kimga zaruriy ijtimoiy xizmatlardan bemalol foydalanish huquqini kafolatlash tarafdori. Biz barcha fuqarolarning ta’lim, sog‘liqni saqlash va tibbiy yordam, uy-joy, ijtimoiy ta’minot, madaniy hayotda ishtirok etish va malakali yuridik yordam olish xuquqlarini amalga oshirilishini ta’minlaydigan ijtimoiy kafolatlar haqida gapiramiz. Shu jumladan, aholining kam ta’minlangan va boshqa zaif qatlamlari uchun.
- Siz oliy o‘quv yurtlarida o‘quv shartnomalari narxlarini optimallashtirishga intilmoqchisiz. Bu ta’lim sifatiga ta’sir qilmaydimi? Oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun eng yaxshi narx qanday?
- Talabani davlat granti asosida o‘qitish qiymati va pullik-kontrak o‘qitish qiymati, avvalo, ekvivalent bo‘lishi kerak. Ya’ni, davlat granti bo‘yicha qabul qilingan talabalarning ta’lim olishi uchun davlat budjetidan olingan subsidiyalar miqdori oliy o‘quv yurtlarini ta’limning pullik-kontrakt shakli narxlarini asossiz oshirishiga undamasligi yetarli bo‘lishi kerak.
Ikkinchidan, ta’limning ham grant, ham pullik-shartnoma shakllarini moliyalashtirilishida to‘liq shaffoflik bo‘lishi kerak.
Uchinchidan, ushbu masalalarda tegishli xorijiy tajribani sinchiklab o‘rganish kerak. Bir qator chet el oliy o‘quv yurtlarida shartnoma asosida qabul qilingan o‘zlashtirishi yaxshi bo‘lgan talabalarni davlat grantlari va stipendiyalari oluvchilar toifasiga o‘tkazish amaliyoti mavjud. Va aksincha, o‘zlashtirishi yaxshi bo‘lmaganlarni o‘qishdan haydashning muqobil varianti sifatida, kontrakt asosida o‘qitish shakliga o‘tkazish taklif etiladi.
Bu masalada bizning partiyamiz, avvalo, xalqaro ijobiy tajriba asosida oliy ta’limni boshqarishning meyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish tarafdoridir.
- Sizning fikringizcha, Rossiyada mehnat muhojirlari hayotini yaxshilash uchun O‘zbekiston nima qilishi kerak?
- Avvalo, tegishli huquqiy bazani yaratish orqali ushbu masalalarni davlatlararo munosabatlar darajasida tartibga solish kerak.
Ammo bu savolning ikkinchi tomoni bor. Partiyamiz fikricha, aholining ushbu katta ijtimoiy guruhini "ijtimoiy bandlik xizmatiga muhtoj odamlar" sifatida belgilashga bir tomonlama yondashishdan voz kechish vaqti keldi.
Mamlakat iqtisodiyotida band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi, bu avvalambor, zamonaviy iqtisodiy nazariyalar nuqtayi nazaridan, iqtisodiy o‘sishga mutanosib ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri mutanosib ta’sir ko‘rsatadigan mehnat resurslari, chunki ishlab chiqarish tarmoqlarida ishlatiladigan tovar-moddiy resurslar (hom-ashyo va ishlab chiqarish vositalari) va moliyaviy resurslar.
Shuning uchun sanoat va qishloq xo‘jaligida mahalliy ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish uchun maqsadli investitsiya dasturlarini mintaqa miqyosida amalga oshirish kerak deb hisoblaymiz. Ekspertlarning hisob-kitoblari shuni ko‘rsatadiki, agar ish xaqini tashkil qilish va mehnatga haq to‘lash uchun maqbul shart-sharoitlarga erishilsa, kelgusi davrda iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan mehnatga layoqatli odamlar sonini 2 baravar oshirish mumkin. Va natijada, mehnat muhojirlari O‘zbekistondagi munosib ish joylariga qaytadi.
Bozorni oziq-ovqat va iste’mol tovarlari bilan qo‘shimcha to‘lishi va shunga mos ravishda iste’mol narxlarini barqarorlashishi buning bilvosita pirovard natijasi bo‘ladi.
- O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi va JSTga kirishi masalasida partiyaning pozitsiyasi qanday? Respublika bunday tashkilotlarga qo‘shilishi kerakmi yoki ikki tomonlama aloqalarni davom ettirishga urg‘u berishi kerakmi?
- Ikkala masala ham har tomonlama mutanosib yondashishni talab qiladi.
Masalan, 2001-yilda rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko‘zlab boshlangan, JSTning to‘qqizinchi “Doha” (Qatarning Doha shaxri) muzokaralar davrasi boy mamlakatlarning erkin savdoga intilishi va ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarning proteksionizmga sodiqligi o‘rtasida nizo kelib chiqqani sabab hali hanuz o‘z nihoyasiga yetgani yo‘q.
JST tanqidchilarining fikriga ko‘ra savdoni erkinlashtirish (JSTning asosiy maqsadi) sanoatning rivojlanishiga zarar yetkazishi mumkin. Boshqa tomondan, proteksionizm siyosati (mahalliy ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarini himoya qilish) ichki bozorning yakkalanib qolishiga va ayrim mahalliy ishlab chiqaruvchilarning haddan tashqari monopolizatsiyasiga olib kelishi mumkinligi tanqid qilinadi.
O‘zbekistonning YeOIIga kirish masalasi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Shu sababli, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tenglik va o‘zaro manfaatli asosda iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan Taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekistonning muayan xalqaro iqtisodiy tashkilotga qo‘shilishi haqidagi savollarni tegishli shartnoma va bitimlarni tuzish tekisligiga o‘tkazishdan oldin ekspertlar tomonidan bunday qadamlarni ehtimoliy oqibatlarini ehtiyotkorlik bilan sinchiklab o‘rganish davrini o‘tkazish kerak, deb hisoblaydi. Va bu, aslida, bugungi kunda hukumat darajasida amalga oshirilmoqda.
- Sizning partiyangiz deputatlikka nomzodlarning yoshi tarkibi bo‘yicha eng yosh hisoblanadi. Partiya umumiy tarkibining 37 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan odamlar tashkil etadi. Bu faktning boshqa partiyalarga nisbatan qanday afzalliklari bor?
- Yoshlarni siyosatga jalb qilish – bu bu inson kapitalini O‘zbekiston kelajagiga sarmoyasidir. 30 yoshgacha bo‘lgan odamlar ulushi bugungi kunda mamlakat aholisining 60 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Faqatgina 2019-yil parlament saylovlarida birinchi marta ovoz beradiganlar ulushi saylovchilar umumiy sonining 10 foizini tashkil qiladi.
Yoshlarga siyosatda o‘zini namoyon qilish imkoniyatini berib, biz ko‘pchilik yosh saylovchilarning qo‘llab-quvvatlashiga ishonamiz. Bu esa, o‘z navbatida, saylov kampaniyasining muvaffaqiyatining muhim omillaridan biridir.
- Saylov tugagach sizning partiyangiz birinchi navbatda qaysi qonunlar loyihalarini ilgari surish bilan shug‘ullanadi?
- Bu ijtimoiy yo‘naltirilgan qonun loyihalari to‘plami. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, partiya iste’mol savati va minimal davlat ijtimoiy standartlari asosida yashash narxini aniqlash tartibini qonuniy jihatdan mustahkamlash tarafdori.
O‘zbekiston XDP, shuningdek, muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ro‘yxatini va tegishli tovarlar va xizmatlarning narxlari va tariflarini davlat tomonidan tartibga solishni qonuniy ravishda mustahkamlash o‘z maqsadlari qatoriga qo‘ygan.
Kun tartibiga, shuningdek, tegishli qonunlarga kommunal xizmatlar va uy-joy kommunal xizmatlariga narxlar va tariflarni shakllantirish standartlarini, shuningdek tegishli xizmatlarni yetkazib beruvchi tashkilotlar daromadliligini yuqori darajasini mustahkamlash kiradi.
Mulkchilik shaklidan va moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar, biz barcha tibbiyot muassasalarida bepul ko‘rsatiladigan majburiy tibbiy xizmatlar ro‘yxatini belgilaydigan normalarni qonun hujjatlariga kiritishga katta e’tibor qaratmoqdamiz. Partiya, shuningdek, sog‘liqni saqlash va ta’lim xodimlarining qonuniy darajada va amalda, sha’ni, qadr-qimmati, ishchanlik obro‘si va xavfsizligini ishonchli himoya qilish tarafdori.
Bizning parlament fraksiyamiz BMTning "Nogironlar huqulari to‘g‘risida"gi konvensiyasini ratifikatsiya qilish tashabbusi bilan chiqdi va milliy qonunchilikni BMTning nogironlarning teng imkoniyatlari bo‘yicha standart qoidalariga muvofiqlashtirishga intiladi.
O‘zbekiston XDPning parlamentdagi fraksiyasi kelgusida majburiy jamoat maslahatlari, jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazish va aholining ijtimoiy farovonligiga ta’sir etuvchi meyoriy-xuquqiy xujjatlar loyihalarini jamoatchilik ekspertizasi mexanizmini qonuniy jihatdan mustahkamlashga harakat qilar ekan, kelgusida aholining zaif qatlamlarini manzilli ijtimoiy himoya qilish tartibi va darajasiga tegishli jamoat koordinatsiyasisiz hech qanday qonun, davlat organlarining qarorlarini sezilarli darajada o‘zgartirmasligini ta’minlaydi.