O‘zbekiston bo‘ylab "Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar" milliy aksiyasi o‘tkaziladi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Nukuse otmetili Den flaga
V Nukuse otmetili Den flaga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
14 dekabr kuni respublikaning barcha hududlari bo‘ylab bir vaqtning o‘zida keng jamoatchilik uchun ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 7 dek - Sputnik. O‘zbekiston bo‘ylab "Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar" milliy aksiyasi o‘tkaziladi.

Mejdunarodnie nablyudateli Mejparlamentskoy assamblei SNG, pribivshie v Uzbekistan dlya nablyudeniya i monitoringa viborov v Zakonodatelnuyu palatu Oliy Majlisa, 2-dekabrya 2019 goda proveli vstrechu s rukovodstvom SIK - Sputnik O‘zbekiston
MSK raisi O‘zbekistonda muxolifatchi partiyalar paydo bo‘lishini istisno qilmadi

14 dekabr kuni respublikaning barcha hududlari bo‘ylab bir vaqtning o‘zida keng jamoatchilik uchun ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Tadbir davomida taniqli insonlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, saylovga tayyorgarlik jarayonlari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida axborotlar beriladi. Shuningdek, musiqiy dasturlar va turli viktorinalar o‘tkaziladi. Saylovlar haqida barcha ma’lumotlar sodda va tushunarli tilda aholiga yetkaziladi.

Qayd etilishicha, ayni damda aksiya formati ishlab chiqilmoqda. Shu bois “Yuksalish” umummilliy harakati barcha takliflar uchun ochiq bo‘lib, barcha manfaatdor vazirlik va idoralar, biznes vakillari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlari bevosita hamkorlik o‘rnatishlari mumkin.

Tadbirlarni yanada samarali o‘tkazish borasida fikr va taklif bildirish istagida bo‘lganlar “Yuksalish” UMH ofisi yoki hududiy bo‘linmalariga taqdim etishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0