Mirziyoyev YeXHT DIIHB saylovlarni kuzatish missiyasi rahbarini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 11-dekabrya provel soveshanie, posvashennoe rezultativnosti reformirovaniya predpriyatiy s uchastiyem gosudarstva i prioritetnim zadacham v etom napravlenii
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 11-dekabrya provel soveshanie, posvashennoe rezultativnosti reformirovaniya predpriyatiy s uchastiyem gosudarstva i prioritetnim zadacham v etom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YeXHT DIIHB vakili O‘zbekistondagi saylovlar mutlaqo yangi siyosiy muhitda, salmoqli darajada takomillashtirilgan huquqiy normalar asosida o‘tayotganini ta’kidlagan

TOShKENT, 14 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-dekabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi(YeXHT DIIHB)ning Saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Kayetana de Zulueta Outramni qabul qildi.

Mejdunarodnie nablyudateli Mejparlamentskoy assamblei SNG, pribivshie v Uzbekistan dlya nablyudeniya i monitoringa viborov v Zakonodatelnuyu palatu Oliy Majlisa, 2-dekabrya 2019 goda proveli vstrechu s rukovodstvom SIK - Sputnik O‘zbekiston
Abdusalomov MSK tanqidlar uchun ochiqligini e’tirof etdi

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda tashkilot Bosh kotibi Tomas Gremingerning mamlakatga tashrifi yakunida qabul qilingan YeXHT bilan sheriklikni kengaytirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston tashkilotning Parlament Assambleyasidagi ishtirokini tikladi. YeXHT yurtimizdagi parlament saylovlariga 1999-yildan buyon ilk bor to‘laqonli missiyani jo‘natdi.

"Bugungi uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari xususida batafsil fikr almashildi, milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, saylov va boshqa sohalarda qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.

YeXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari O‘zbekiston prezidentiga samimiy qabul hamda mamlakat YeXHT bilan har tomonlama hamkorlik qilishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Kayetana de Zulueta O‘zbekistondagi saylovlar mutlaqo yangi siyosiy muhitda, salmoqli darajada takomillashtirilgan huquqiy normalar asosida o‘tayotgani, shu sababli DIIHB saylov jarayonlarini katta qiziqish bilan kuzatayotganini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0