O‘zbekistonda saylovoldi tashviqotlariga start berildi

© Mejdunarodniy press-klubParlamentskie vibori v Uzbekistane proydut 22-dekabrya.
Parlamentskie vibori v Uzbekistane proydut 22-dekabrya. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda navbatdagi parlament saylovlari 22-dekabrda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda rasman beshta partiya ro‘yxatdan o‘tgan.

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 18-noyabrdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha siyosiy partiyalarning va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga start berildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.

SIK RU - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston MSK siyosiy partiyalardan nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi

Tashviqot nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi. Tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek, pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi. Noto‘g‘ri axborotni, shuningdek, nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.

O‘zbekistonda navbatdagi parlament saylovlari 22-dekabrda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda rasman beshta partiya – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi ro‘yxatdan o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0