Ummon ko‘rfazida neft tankerlariga hujum qilindi – ulardan biri cho‘kib ketdi

© AP Photo / /ISNAGorashiy tanker v Omanskom zalive
Gorashiy tanker v Omanskom zalive - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq eron va arab OAVlari Ummon ko‘rfazida ikki neft tankeriga hujum qilingani, ikkita portlash sodir bo‘lganini xabar qilishgandi.

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. Ummon ko‘rfazida hujum qilingan ikki neft tankerlaridan biri - Front Altair cho‘kib ketdi. Bu haqda RIA Novosti Liviyaning Al-Mayadeen telekanaliga tayanib xabar qildi.

Shu bilan birga, Reyter agentligi Frontline kompaniyasi vakili so‘zlariga asoslanib, kema hali ham yonayotgani, lekin hozircha cho‘kib ketmaganini xabar qilmoqda.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Fors ko‘rfazidagi provokatsiyani keskin qoraladi

Avvalroq eron va arab OAVlari Ummon ko‘rfazida ikki neft tankeriga hujum qilingani, ikkita portlash sodir bo‘lganini xabar qilishgandi. Front Altair bortida 23 kishi, ikkinchi tanker Kokuka Courageous bortida esa 21 kishi bo‘lgan. Barcha dengizchilar qutqarilgan, ularni Naji kemasi Jask portiga eltib qo‘ygan.

Ma’lum qilinishicha, Front Altair Tayvanning SRS davlat energetika kompaniyasi tomonidan Yaqin Sharqdan yoqilg‘i tashish uchun yollangan. Kema 75 ming tonna ligroin – suyuq uglevodorodlarning yonuvchan qorishmasini tashiyotgan bo‘lgan. SRSning xabar qilishicha, kemaga “taxminlarga ko‘ra, torpeda kelib tushgan”.

Eslatib o‘tamiz, 12-mayda Saudiya Arabistonidagi “Sharq – G‘arb” neft quvurining ikkita nasos stansiyasiga dronlar hujum qilgandi. Oqibatda 8 stansiyada yong‘in sodir bo‘lgan, lekin uni tezda o‘chirilgan. Saudiya Arabistoni hukumatiga qarashli bo‘lgan Aramco neft kompaniyasi ushbu hujumni “qo‘rqoqlarcha amalga oshirilgan terakt va diversiya” deb atagandi.

Yangiliklar lentasi
0