Mirziyoyevning eng yorqin iboralari: jurnalistlar, rahbarlar va bugungi kun qahramoni haqida

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, 7-dekabr kuni "O‘zbekiston" forumlar saroyida Konstitutsiyaning 27-yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, yangilanayotgan O‘zbekistondagi siyosiy-huquqiy o‘zgarishlar haqida ma’ruza qildi.

Prezident nutqida jarang topgan eng yorqin iboralarni e’tiboringizga havola qilamiz.

                                                                    ***

"Qonunlar, Farmonlar nima uchun kerak? Masalan, iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishning muhim sharti bo‘lgan, biz uchun yangilik bo‘lgan - "Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida"gi qonunni qabul qilganimizga 7 oy bo‘ldi. Hammamiz uchun yangi bo‘lgan, ko‘pdan buyon kutilgan, hayotning o‘zi talab etayotgan bu qonun loyihasi ustida biz uzoq vaqt ishladik. Ko‘p-ko‘p tajriba orttirdik. Ayrim tarmoqlarda davlat-xususiy sherikchilik bo‘yicha loyihalar amalga oshishi boshlandi, ammo sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport, yo‘l qurilishi, kommunal xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda aksariyat hududlarda hali bu borada tashabbus umuman sezilayotgani yo‘q. Hududlardagi rahbarlarimiz hali zamon o‘zgarganini sezmayapti! Eski tos, eski hammomga o‘rganib qolgan ular. 

Vazir yoki hokim yangi qonunning mazmun-mohiyatini tushunmasa, anglab olmasa, uni hayotga tatbiq etishda jonbozlik ko‘rsatmasa, odamlarda tashabbus uyg‘otish qiyin bo‘ladi. Agar biz o‘zimiz rahbar bo‘lib odamlarni shunga inontira olmasak, ular bizga ergashmaydi, islohotlarning amalga oshishi juda qiyin bo‘ladi".

                                                                ***

"Hech kimning Qonunni buzishga haqqi yo‘q. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar. Lekin ming afsus, joylarda bu narsalarga hali e’tibor yo‘q. Yo‘q joydan muammo chiqayapti: "Uyni buzib ketdi", "Joyimni buzib ketdi", "Buzilgan joyning puli to‘lanmadi". Nega to‘lanmadi? Qonun bor-ku? Hali biz qonun ustuvorligini ta’minlay olmayapmiz, desak, bu ham adolatdan bo‘ladi".

 Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Davlat departamenti Mirziyoyevning rahbarlar va OAV haqidagi fikrini olqishladi

                                        ***

"Bitta narsani bilib qo‘yinglar, bu ochiqlik hech qachon orqaga qaytmaydi. Ochiqlik qanchalik ko‘p bo‘lsa, ommaviy axborot vositalari haqiqiy muammolarni, haqiqiy holatni qonuniy yo‘llar bilan qancha ko‘p bildirsa, men rahbar sifatida ulardan minnatdor bo‘laman".

                                         ***

"Xalqimiz qonun buzilishiga qarshi qattiq turmas ekan, davlat idoralari, mansabdor shaxslar qanchalik urinmasin, qonun ustuvorligini ta’minlash qiyin bo‘ladi".

                                         ***

"Ommaviy axborot vositalari qonuniylik ta’minlanishida chinakam jamiyat ko‘zgusiga aylanishi kerak. So‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar o‘tgan 3-yilda jamiyatimiz hayotida tub burilish yasadi. O‘zimiz sezmayapmiz, lekin jamiyat ham o‘zgargan, so‘z erkinligi ham bor bugun. Bir tasavvur qilinglar, 3-yil oldin televizorda bunaqa gaplar bilan birov chiqa olarmidi? Bunaqa savollar berarmidi? Hamma xuddiki 30-yil bilan oxirgi 3-yil orasida yuz bergan o‘zgarishlar farqini bilmayapti? Nimaga? Chunki o‘zimiz o‘zgarayapmiz, odamlarni dardi, talabi o‘zgarayapti. Lekin yana bir marta ta’kidlayman, bu o‘zgarishlar bilan bir qatorda madaniyat va ilm ham kerak. 

Prokuratura - Sputnik O‘zbekiston
Ortiqxo‘jayev so‘zlarida real tahdid yo‘q – Bosh prokuratura xulosasi

Bugun xalqimiz orasida yurib, uni qiynayotgan eng o‘tkir ijtimoiy muammolarni ko‘rsatib berayotgan eng katta kuch - bu mustaqil va xolis ommaviy axborot vositalari vakillaridir. Demokratik islohotlarimiz natijasida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar mansabdor shaxslarni o‘z ishini qonuniy asosda to‘g‘ri tashkil etishga undamoqda. 

Aslida demokratik jamiyatda barcha davlat xizmatchilari ommaviy axborot vositalari bilan yaqin ijtimoiy hamkorlik qilishga o‘rganishi kerak. O‘rganmasak, ertangi islohotlarimiz amalga oshmaydi".

                                            ***

"Jamoatchilik nazorati ham, ommaviy axborot vositalari ham - yagona bir maqsad - xalqimizni rozi qilishga intilsin. Tanqid, albatta kerak. Tanqid bo‘layapti, xulosa ham bo‘layapti. Lekin biz hammamiz izlanishdamiz, o‘rganishdamiz, yangi O‘zbekistonni qurapmiz. Yo‘nalishlarimiz, fikrlarimiz bir bo‘lsa, shunda natija ham mutlaqo boshqacha bo‘ladi!"

                                            ***

"O‘zbekistonda jamoatchilik nazorati va ommaviy axborot vositalari vakillarining qonuniy haq-huquqlariga hech qanday shaklda tazyiq o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi".

Yaponiya O‘zbekistonga kadrlar tayyorlash uchun 2,3 mln $ ajratdi

                                             ***

"Hammamiz ko‘rapmiz, maktabgacha ta’lim, maktabga, ilmga qancha e’tibor bo‘lyapti. Agar shu tizimimizni zamini bo‘lmasa, hamma islohotlar, kechirasiz, o‘z natijasiga yetmaydi. Zo‘r uskuna olib kelamiz, zo‘r texnologiya olib kelamiz. Kim unda ishlaydi? Tasavvur qilinglar, 5-yil ishlaydigan uskuna, bir yil ham ishlamaydi. Injener sifatida aytapman, bir yil ham ishlata olmaymiz. Kim kerak bizga? Kadr kerak!. Kim o‘qitadi? Kim O‘zbekiston uchun raqobatbardosh kadr tayyorlab beradi? Hech kim, hech qachon! Faqat o‘zimiz! Qanday qiyin bo‘lmasin, millatimiz kelajagi - yoshlarni agar bugun o‘qita olmas ekanmiz, ertaga jamiyatimiz o‘z oldiga qo‘ygan katta-katta marralarga erisha olmaydi. Ana shuni hammalaring bilinglar!".

                                              ***

"Deputatlar, aqlli, hayotiy savollarni berib, rahbarlarni dunyoqarashini o‘zgartirar ekan, mendan baxtli odam yo‘q".

                                              ***

"Bir xil maktablarda fizkultura o‘qituvchisini siyosat, tarixni o‘rgatishga qo‘yib qo‘yishadi. Bu narsalar jamiyatimizda hozir bor. Bu illatlarni yo‘q qilmagunimizcha, ongimiz o‘zgarmaydi".

                                                ***

"Qonun va adolat tantanasi uchun kurashadigan insonlar bugungi kunning qahramonlari bo‘lishi kerak. Biz aytamiz, qahramon yo‘q, deb. Bor qahramonlar! Mana shularni biz qahramon qilishimiz kerak. Biz ularni umuman yomon odam, deymiz. Yo‘q, ular yomon odam emas, ular halol odamlar. Ular ertangi kunga befarq odamlar emas, ular fidoyi odamlar. Aynan ana shunday odamlarni hayoti shoir va adiblar, rejissorlar, jurnalistlar uchun ijodiy mavzu bo‘ladi, deb ishonch hosil qilsam, sizlar qo‘llab-quvvatlaysizlarmi?"

Yangiliklar lentasi
0