AQSh Davlat departamenti Mirziyoyevning rahbarlar va OAV haqidagi fikrini olqishladi

© Sputnik Gosudarstvenniy departament SShA
 Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Davlat departamenti vakilining so‘zlariga ko‘ra, jurnalist va blogerlar xavfsizligi, ular o‘z faoliyatini erkin amalga oshirishlarini ta’minlash demokratiya va ochiqlikning yanada keng taraqqiy etishiga imkon yaratadi.

TOShKENT, 23 noya - Sputnik. AQSh Davlat departamenti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat organlari va OAV hamkorligi borasida aytgan fikrlariga izoh berdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: ba’zi rahbarlar matbuotchilar bilan muloqotda ma’naviyatni unutib qo‘ymoqda

22 noyabr kuni o‘tkazilgan qishloqlar va shaharlarda aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston rahbari davlat organi rahbarlarining o‘zi boshqarib turgan idora obro‘si uchun mas’uliyati, shuningdek, rahbarlar xalq va OAV bilan muloqotda o‘zlarini kamtarin tutishlari lozimligi, har bir qarorni qabul qilishda qonunga tayanish kerakligini ta’kidlagan edi.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells o‘zining Tvitterdagi sahifasida: "Prezident Sh.Mirziyoyev O‘zbekistonda OAVga nisbatan bo‘layotgan tahdidlarni qoralayotgani va o‘zining OAV erkinligi bo‘yicha qarori qat’iy ekanligini yana bir karra ta’kidlaganini eshitib xursand bo‘ldim. Jurnalist va blogerlar xavfsizligi, ular o‘z ishlarini erkin amalga oshirishlarini ta’minlash demokratiya va ochiqlikning yanada keng taraqqiy etishiga imkon yaratadi", - degan fikrlarni yozib qoldirgan.

Yangiliklar lentasi
0