TOSHKENT, 27 noya – Sputnik. Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev va Kun.uz jurnalistlari orasida boʻlib oʻtgan voqealarni tekshirgan Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi "Artikxodjayev soʻzlarida real tahdid yoʻq” deb topib, jinoiy ish qoʻzgʻatishdan voz kechdi.
"Biroq uning nojoʻya soʻzlari umumiy tarzda aytilgani, muayyan shaxsga qaratilmaganligi, real tahdid yoʻqligi bois, J.Artikxodjayevning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emas. Shu sababli JPKning 83-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi", - deyilgan Bosh prokuratura rasmiy xabarida.
Undan tashqari, Bosh prokuratura Artikxodjayev soʻzlarida davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga rioya qilmasdan, haqoratli va qoʻpol soʻzlarni ishlatganini aniqlagan va ushbu holat yuzasidan Hukumatga murojaat yoʻllagan.