Rossiya savdolashmaydi - qurolsizlanish va sanksiyalar orasida aloqa yo‘q

© Sputnik / Aleksey Drujinin/Anton Denisov/Press-slujba prezidenta RF / Mediabankka o‘tishTungi Kreml, Moskva
Tungi Kreml, Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchi siyosatchilari Donald Trampning yadro qurolini kamaytirish evaziga sanksiyalarni bekor qilish haqidagi bayonotiga o‘z fikrlarini bildirishdi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Moskva AQSh yangi prezidenti Donald Trampning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish shartlarini xotirjamlik bilan kutib oldi, RIA Novosti xabariga asosan. 

AQSh prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp yadroviy qurolsizlanish evaziga Rossiyadan sanksiyalarni olib tashlashga tayyor

Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, bunday bayonnomalarni jiddiy qabul qilish uchun, avvalomobor, Trampning prezident lavozimiga rasman kirishishini kutib turish kerakligini aytib o‘tdi. Shunday bo‘lsada, Peskov ayni damda Rossiya o‘z yadroviy qurollar arsenalini kamaytirishni rejalashtirmaganini xabar qildi.

Peskov aytishiga qaraganda, Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar — bu tashqi va ichki siyosat jihatidan ham Rossiya tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar emas.

Federatsiya Kengashi vakillari fikriga ko‘ra, Rossiya oldida turgan ishlar orasida — sanksiyalarni bekor qilish kerak degan maqsad yo‘q, ayniqsa — xavfsizlikni qurbon qilishi yo‘li bilan.  

Senator Konstantin Kosachev fikriga ko‘ra, Tramp dastavval, nima sababdan ushbu sohada qurolsizlanish boshi berk ko‘chaga kirib qolganini diqqat bilan o‘rganib chiqishi kerak.  

"Rossiyaga qo‘yilayotgan yolg‘on aybnomalar olib tashlansa, qurolsizlanish uchun eng katta to‘siq — bu AQShning raketalarga qarshi dasturi rivojlanishi va dunyoda yakkahokimlik qilishga bo‘lgan harakatlari ekanligi yaqqol ko‘rinib qoladi. Aynan shu maqsadda NATO infratuzilmasi, zamoaviy qurollar, uchuvchisiz apparatlar va kosmmosni harbiylashtirish rivojlantirilmoqda", — dedi senator.

Davlat Dumasida sanksiyalar va yadroviy xavfsizlik masalalarini bir biriga bog‘lamaslikka chaqirishdi.

"Sanksiyalar — bu ikki tomonlama jarayon. Ular G‘arb iqtisodiga ham o‘zining negativ ta’sirini o‘tkazmoqda. Shuning uchun o‘zaro teng kuchli va ta’sirli choralarni muhokama qilish kerak", — dedi xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi Leonid Sluskiy.  

Donald Tramp AQSh prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar qanday shartlar bilan bekor qilinishini aytdi

Rossiya Federatsiya Kengashi Mudofaa Qo‘mitasi raisi Yevgeniy Serebrennikov aytishiga ko‘ra, bu maslada savdolashishga — Rossiya mutlaq yo‘l qo‘ymaydi. Siyosatchining fikriga ko‘ra, qurol yarog‘ni kamaytirish — bu ikki tomonlama bosqichma-bosqich olib boriladigan jarayon va uning sanksiyalarga umuman aloqasi yo‘q.  

Rossiya Xalqaro Ishlar kengashi bosh birektori Andrey Kortunovning Trampning ushbu taklifida mantiq topishga harakat qildi.

"Birinchidan, sanksiyalar avval Qrim yarim oroli masalasi bo‘yicha, keyin esa Ukraina sharqidagi voqealar yuzasidan kiritilgan edi. Ularning Rossiya va AQShning strategik qurolsizlanish haqidagi shartnomasiga hech qanday aloqasi yo‘q", — deydi Kortunov.  

"Nim bo‘lganda ham Trampning ushbu taklifi — muhim va ijobiy belgi. Chunki u Tramp uchun eng muhim bo‘lgan masalalarni namoyish qiladi. Bu bilan Tramp — strategik qurolsizlanish uning uchun Ukrainadan ko‘ra muhim ekanligini bildirmoqda. Demak, buni suhbatga taklif sifatida qabul qilish kerak", — dedi Kortunov.   

Geosiyosiy muammolar akademiyasi prezidenti Konstantin Sivkovning fikriga ko‘ra, bugungi kunda yadroviy qurol — Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan yagona vositadir.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: Amerika Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida emas, o‘zi haqida o‘ylashi kerak

Rossiya Mudofaa vazirligining xalqaro shartnomalar bo‘limi rahbari, general-leytenant Yevgeniy Bujinskiyning fikriga ko‘ra, Rossiya yadro qurollar sonini 1550 tadan 1000 tagacha bemalol kamaytirishi mumkin. Lekin bunday holda, strategik ustunlikka ega bo‘lmaslik uchun AQSh ham raketga qarshi mudofaa tizimi va kosmik qurollarni cheklashi kerak bo‘ladi.

Bujinskiyning fikriga ko‘ra, bu borada "batafsil gaplashib olish kerak" va ikki tomonni ham qoniqtiradigan shartnoma imzolash kerak. Unda Rossiya sanksiyalarni bekor qilish evaziga Amerikaning strategik ustunlikka ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Yangiliklar lentasi
0