MDH o‘z shengeni. Rossiya chegaralarida nima o‘zgarishi mumkin?

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVvedenie bezvizovogo rejima Ukraini s YeS
Vvedenie bezvizovogo rejima Ukraini s YeS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev MDH uchun Shengenga o‘xshash yagona viza tartibini joriy etishni taklif qildi. Qardosh respublikalarning "Hamdo‘stlik vizasi"ga qanchalik ehtiyoji bor RIA Novosti materialida o‘qing.

TOShKENT, 15 okt — Sputnik, Anton Lisisin. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev MDH uchun Shengenga o‘xshash yagona viza tartibini joriy etishni taklif qildi. Agar bu g‘oya amalga oshsa, Rossiya Hamdo‘stlikning ayrim davlatlari bilan umumiy chegaralarga ega bo‘ladi. Hozircha hatto Ittifoq davlatlari doirasida bu amalga oshirilgani yo‘q. Minsk 2017-yilda 80ta davlat fuqarolari uchun vizasiz tartibni joriy etgan bo‘lib, bu o‘zaro norozilikka olib kelgan edi. Qardosh respublikalarning "Hamdo‘stlik vizasi"ga qanchalik ehtiyoji bor RIA Novosti materialida o‘qing.

Dariga Nazarbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Dariga Nazarbayeva O‘zbekiston bilan "shengen" viza tartibini o‘rnatishni taklif qildi

Yaqin va turfa qo‘shnilar

Tokayev "MDH vizasi"ni taklif etar ekan, bunga sabab qilib turizmni rivojlantirish zaruriyatini ko‘rsatgan edi. "Hamdo‘stlikning har bir davlati o‘z noyob dam olish zonasi, tabiiy-landshafti va tarixiy obyektlariga ega", - degandi u.

Tokayevdan oldingi prezident Nursulton Nazarboyev sobiq SSSR sarhadlaridagi integrallashuvning g‘oyaviy ilhomchisi bo‘lgan. Ammo gap bu yerda faqatgina an’anani davom ettirishdamas: Qozog‘istonning ikkinchi prezidenti — kadrovik diplomat va u faqatgina davomli narsalar haqida gapiradi. Aslida, respublika rahbari, bu singari loyihaning amalga oshishiga halal berayotgan to‘siqlarga ham ishora qildi. "Taassufki, MDH davlatlari milliy viza va migratsiya qonunchiligida sezilarli farqlar saqlanib qolmoqda", - dedi Tokayev.

Protsedura snyatiya biometricheskix dannix v vizovom sentre Sankt-Peterburga - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston Markaziy Osiyoda "ipak yo‘li vizasi" joriy etilishini qo‘llab-quvvatladi

Aslida yo‘q chegara

Haqiqatda masalan, Qozog‘iston, bir necha o‘nlab mamlakatlarga - Avstriya va Avstraliyadan tortib AQSh va Filippinga qadar - o‘z hududiga vizasiz kirish imkonini taqdim etdi. Lekin hammasi javobsiz — "dunyo hamjamiyati" va "rivojlangan davlatlar" Nur-Sultonga bu tashabbusga yarasha javob qaytarmadilar. Qozog‘iston fuqarolari standart taomillardan o‘ta turib, viza olishlari shart. Sobiq SSSR respublikasi shunchaki potensial investorlar hayotini yengillashtirib, kirish turizmini qo‘llab-quvvatlamoqda. Uning boshqa davlatlar bilan yagona migratsiya maydoni yo‘qligi tufayli, muammolar paydo bo‘lishi mumkin emas. Lekin agar mamlakatlar o‘rtasida chegara nazorati yo‘q ekan, ularning chegaralari umumiyga aylanadi.

Rossiya va Belarus shunday muammoga duch kelishgan edi. 2017-yil fevral oyida Minsk 80ta davlat fuqarolari uchun vizalarni bekor qildi. Bir tarafdan bu respublikaning suveren huquqi edi. Boshqa tomondan — 1997-yildan Rossiya va Belarusni Ittifoqdosh davlatlar to‘g‘risidagi kelishuv birlashtirib turadi. 2017-yilga qadar chegarani kesib o‘tish ikki davlat o‘rtasida shunchaki rasmiyatchilik edi xolos, ikkala qo‘shni ham umumiy chegaraga ega ekanliklarini ommaga e’lon qilgandilar.

Vizi, priglasheniya, propiska: novoe polojenie ot Pravitelstva Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston prezidenti MDH uchun yagona viza joriy etishni taklif qildi

Shu bois, Moskva Belarus qaroriga munosabat bildirmasligi mumkin emasdi — Kreml vizasiz tartib faqatgina Belarusning o‘ziga tegishli ekanini qayd etdi. Shu bilan Rossiya oldindan ittifoqdoshi bilan butun chegara bo‘ylab chegara oldi zonasi tartibini kiritdi. Federal xavfsizlik xizmati (FSB) fuqarolar va transport vositalarini nazorat qilish postlarini o‘rnatdi. Belarusdan keladigan aviareyslar aeroportlarning xalqaro terminallariga ko‘chirildi, yo‘lovchilarning hujjatlari tekshirila boshlandi.

Belarus hukumatiga bu yoqmadi. Respublika TIV matbuot-kotibi Dmitriy Mironchik Rossiya chegara oldi zonalarini tashkil etib, Belarus fuqarolarini chet elliklarga tenglashtirdi, deya bayonot qildi. Aleksandr Lukashenko ittifoqdosh harakatlarida ittifoqlik shartnomasi buzilganini ilg‘adi.

"Davlatlararo kelishuvlar, bitimlar mavjud. Vazirlardan biri esa, u kuchli "efesbeshnik"lardan va hokazo, (Rossiya federal xavfsizlik xizmati (FSB) rahbari Aleksandr Bortnikov. — tahr.) bir qalam tortib, o‘z buyrug‘i bilan barcha kelishuvlarga nuqta qo‘ydi. Bu nima, normal holatmi?" — deya e’tiroz bildirardi Belarus prezidenti. Minsk Moskva harakatlari asosli ekanligini tushunishdan voz kechgan bo‘lsa-da, ish achchiq e’tirozlardan nariga o‘tmadi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududida pasportdagi ruxsatnoma faqat Turkmanistonga borilganda kerak bo‘ladi. MDHning boshqa a’zolari bunday choralarni Ashxobodga nisbatan ham qo‘llashgan.

2008-yilgi mojarodan keyin Rossiya va Gruziya o‘zaro viza tartibini o‘rnatdilar, so‘ngra 2012-yilda, Tbilisi rossiyalik turistlar oqimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida cheklovlarni bekor qildi. 2018-yilgacha O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bir-birlarinikiga borish uchun viza olishlari kerak edi.

Viza v pasporte - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekiston fuqarolari uchun viza kiritmaydi

"Ko‘proq ishlagan yaxshi"

Iqtisodiyot oliy maktabi jahon iqtisodiyoti va jahon siyosati fakulteti dekani o‘rinbosari Andrey Suzdalsev Hamdo‘stlik davlatlari umumiy vizasi g‘oyasiga ishonchsizlik bilan qaraydi. "MDHning qator davlatlari atrof dunyo bilan o‘zaro munosabatda alohida tartibga ega. Misol uchun, Turkmanistonni olaylik, u nafaqat suvereniteti haqida ta’kidlamoqda, balki Hamdo‘stlikning boshqa davlatlaridan uzoqlashdi va yakkalanib oldi — u yerga borish uchun hatto qo‘shnilar, yaqin chet davlatlar va sobiq ittifoq davlatlari fuqarolari uchun ham viza kerak".

"Ushbu tashabbusni hayotga tatbiq etishda qanday muammolar yuzaga kelishi mumkinligini Rossiya-Belarus formatidagi munosabatlarda ko‘rish mumkin, — deya davom etadi Suzdalsev. — Biz mamlakatni belaruslar singari, biroqlama tartibda ocholmaymiz — bu xavfsizlik, obro‘ va boshqa ko‘pgina masalalardir. Chet elliklar biz bilan Belarus, Armaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegarasini xotirjam kesib o‘tishlari uchun biz eng avvalo qonunchiligimiz va viza siyosatini bir shaklga keltirmog‘imiz lozim. Munosabatlarimiz sinxronlashishi kerak. Deylik, Isroil rossiyaliklarga vizasiz kirishni taqdim etganida, belaruslar ham bunga erishishga intila boshladilar. Shu bilan bir vaqtda biz Minsk bilan birga yagona ittifoq vizasini joriy etishga harakat qilyapmiz, bu borada Ittifoq mamlakati davlat kotibi Grigoriy Rapota ulkan ishni amalga oshirdi. Bu bir necha marotaba e’lon qilindi ham, ammo shu vaqtga qadar hayotga tatbiq etilmadi".

Haqiqatan ham, umumiy vizalarni kiritishga halal berayotgan sabablar haqida 2018-yilda Rapota maksimal darajada atroflicha gapirgan edi: "Qator texnologik detallar bizning huquq-tartibot organlarimiz va tashqi ishlar vazirliklarimiz tomonidan qo‘shimcha o‘rganishni talab etdi. Meni fikrimcha, bu holatda ko‘proq ishlab, keyinchalik qayta ishlanmaydigan hujjatni tayyorlagan ma’qulroq", - nega bu yerda shoshilish kerak emasligi sababini Ittifoq davlati davlat kotibi shunday tushuntiradi.

ODKB OBSE bo‘lishi uchun

Qozog‘istonlik siyosatshunos Doniyor Ashimbayev "Tokayev birinchi ish joyi bo‘yicha - diplomat" ekanligini eslatib o‘tadi. "U xalqaro kelishuvlar ahamiyatini yaxshi tushunadi va omma oldida tomonlar kuluarlarda u yoki bu tartibda ishlab chiqqan rejalar haqida gapiradi. Bunday taklif yig‘ilganlarda allergiyani keltirib chiqarmasligi kerak", - deydi ekspert.

Bundan tashqari, professional diplomatning haqiqiy, hamisha ham aniq ko‘rinmaydigan maqsadi bo‘ladi. "Qozog‘iston sobiq ittifoq maydonida barcha uyushmalarga a’zo, Nur-Sulton (avvalgi Ostona) esa integrallashuv lokomotivi bo‘lgan.

Vizi, priglasheniya, propiska: novoe polojenie ot Pravitelstva Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Xorijlik vatandoshlarga viza berish va vaqtincha propiska qilish tartibi belgilandi

Ammo Qozog‘iston, deylik, eng obro‘li mamlakat emas. Rossiyaning birlashish haqidagi tashabbuslari - G‘arb bilan qarama-qarshilikka kirishishga da’vatdek qabul qilinishi mumkin. Pekin tashabbuslari xususida ham qo‘rquvlar bor. Kollektiv xavsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) ham qirq yildan oshiq vaqtdan buyon Yevropada barchani yarashtirayotgan, sud qilayotgan, arbitr vazifasi va hokazo rollarni bajarayotgan, umuman olganda siyosiy mavqe va ta’sirga ega bo‘lgan OBSE rolini o‘zida sinab ko‘rishi mumkin. Bunday tashkilot Osiyoda kerak. Biroq, agar bizda o‘z OBSEmiz yo‘q ekan, nega dastavval xususiy Shengenimizni yaratmaymiz?", - deydi Tokayevning gaplarini izohlaydi Ashimbayev.

Siyosatshunos fikriga ko‘ra, yagona migratsiya maydoni sobiq ittifoq davlatlari uyushmasiga yangicha ma’no beradi. "Barcha MDHni mazmunsizligi uchun tanqid qilar edi, YeOII (YeAES) - go‘yoki Rossiya manfaatlarini ko‘zlab tashkil etilgan deyilardi, ShHT -  Xitoy manfaatlariga xizmat qilishi urg‘ulanardi. Amaliyotda esa hech kim ushbu tashkilotlarni tark etishni xohlamaydi. Gruziyani hisobga olmaganda - ammo bu boshqa voqea. Hatto pozitsiyasi barcha sovet va sobiq ittifoq tuzilmalariga nisbatan qahrli xazm qilmaslik asosida quriladigan Ukraina ham MDHni tark etishga shoshilmayapti - tushunarsiz tuzilmalarga ega Hamdo‘stlik tarkibida bo‘lish o‘ta qulay. Umumiy viza maydoni esa integrallashuvga turtki berishi mumkin. YeI va Shengen zonasi ham ko‘pincha yagona hududdek qabul qilinadi", - deb qo‘shimcha qiladi Ashimbayev.

Flag Soyedinennix Shtatov Ameriki. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Xitoy fuqarolariga viza berish tartibini mukammallashtirdi

Tokayev turistlar uchun vizalar haqida gapirgan edi. Ammo Rossiya Federal migratsiya xizmati sobiq direktor o‘rinbosari Vladimir Postavnin fikricha, ushbu g‘oyani hayotga tatbiq etib, hozircha mavhum bo‘lib turgan muammolarni ham hal etishga to‘g‘ri keladi. MDH yoki Hamdo‘stlik chegarasidagi har qanday boshqa turdagi uyushma yagona migratsiya maydoniga aylanadi.

"MDH yagona viza maydoni tashqi perimetrda qanday harakat qiladi, degan masala o‘tkir turibdi. Ya’ni "shartli Shengen" MDH ichida ushbu rejimga kirmaydigan davlatlar munosabatlariga hamda ularga nisbatan viza tartibi amalda bo‘lgan davlatlar munosabatlariga qanday ta’sir ko‘rsatadi, — deydi Postavnin. — Hozirda viza tartibi amal qiladigan davlatdan keladigan chet ellik aniq davlatdagi aniq ish beruvchidan bevosita ishga joylashish uchun ruxsatnoma oladi. Uni olgach, u MDH ichida boshqa mamlakatga borib, u yerda erkin mehnat faoliyatini amalga oshira olmaydi. Agar MDH yagona viza maydoni shunday bir sharoitni yaratsa-ki, vizali davlatlardan keladigan chet elliklar Hamdo‘stlikning istalgan mamlakatida erkin ishlay olsa, bu albatta holatni tub negizida o‘zgartiradi. Shunda bu maydonning amaliy ahamiyati kengayadi".

Yangiliklar lentasi
0