TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Kasim Jomart Tokayev "Shengen" kabi MDH mamlakatlariga yagona vizalarni joriy etish masalasini koʻrib chiqishni taklif qildi. Buni Qozogʻiston yetakchisi Ashxoboddagi MDH aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi yigʻilishida aytdi. Sputnik Qozogʻiston xabariga asosan.
“Afsuski, milliy viza va migratsiya tartibotlarida turli farqlar saqlanib turibdi. Ular bir vaqtning oʻzida bir necha MDH davlatlariga tashrif buyurmoqchi boʻlgan xorijiy sayyohlar uchun noqulayliklar tugʻdirmoqda. Men tushunaman, albatta, bu qiyin, ehtimol shingen shartnomasi shaklidagi “hamdoʻstlik vizasi” shartli nomlanishdagi MDHda yagona tartibotni joriy etishni koʻrib chiqishimiz zarur”, - dedi Tokayev.
Bunday viza hamdoʻstlik mamlakatlarda turizmni rivojlantirishga yordam berishi mumkin.
Tokayevning soʻzlariga koʻra, har bir mamlakatda butun dunyodan sayyohlarni jalb qila oladigan noyob tabiiy va tarixiy joylar mavjud.
“Osiyo shengeni”
2018 yil iyunida Dariga Nazarbayeva Markaziy Osiyo davlatlari uchun “Osiyo shengeni” yaratish gʻoyasini eʼlon qilgandi. Bu loyiha 2019 yil boshida roʻyobga chiqarish rejalashtirilgandi. Biroq, Qozogʻiston TIV maʼlumotlariga koʻra, “osiyo shengeni”ni yaratish va joriy etish uchun koʻproq vaqt talab etadi.