AQSh Xitoy fuqarolariga viza berish tartibini mukammallashtirdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFlag Soyedinennix Shtatov Ameriki.
Flag Soyedinennix Shtatov Ameriki. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika o‘z intellektual boyliklarini himoyalash maqsadida Xitoyga viza berishni qiyinlashtirdi

TOShKENT, 30-may – Sputnik. AQSh 11-iyun sanasidan boshlab Xitoy fuqarolariga viza berishning yangi tartibini joriy qilmoqda. Unga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar viza amal qilishi muddatini cheklash huquqiga ega bo‘ladi, deb xabar qildi RIA Novosti AQSh Davlat departamenti vakilidan olingan ma’lumotga tayangan holda.

Ilgarirov "Assoshieyted Press" agentligi o‘z manbasiga tayangan holda gap robototexnika, aviasozlik va yuqoritexnologiyalar sohasidagi talabalar uchun vizani bir yil etib qisqartirishi haqida xabar bergan edi.

"11 iyun sanasidan boshlab biz qator vizaga ariza tashlagan xitoyliklarga nisbatan xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan choralarni joriy etamiz. Xitoylik fuqarolarga berilgan vizalarning aksariyat qismi, maksimal muddatga berilgan bo‘lsa-da, konsullik xizmati xodimlari har bir holatga alohida yondashgan holda viza muddatini qisqartirishlari mumkin", — deb aytgan Davlat departamenti vakili.

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, bu milliy xavfsizlik strategiyasini hayotga tatbiq etish doirasida amalga oshirilmoqda va intellektual mulkni raqiblarga o‘tib ketishining oldini olishga qaratilgan.

Suhbatdosh shuningdek, vizalarning berilish tartibi o‘zgarmaganligini aytib o‘tgan.

AQSh Xitoyni intellektual mulk o‘g‘irligida ayblamoqda. Bu ikki mamlakat o‘rtasida bo‘layotgan savdo disbalansi to‘g‘risidagi muzokaralar mavzularidan biridir.

May oyi o‘rtalarida Vashingtonda AQSh va Xitoy savdo delegatsiyalari o‘rtasida maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi. Xususan, tomonlar intellektual mulk himoyasiga birinchi darajadagi ahamiyatli vazifa sifatida qarashlarini aytib, ushbu sohada hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar. Xitoy ushbu sohadagi qonunlar va qoidalarga, xususan patent to‘g‘risidagi qonunga  o‘zgartishlar kiritishni ilgari surish majburiyatini oldi.

Yangiliklar lentasi
0