Tojikiston Markaziy Osiyoda "ipak yo‘li vizasi" joriy etilishini qo‘llab-quvvatladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishProtsedura snyatiya biometricheskix dannix v vizovom sentre Sankt-Peterburga
Protsedura snyatiya biometricheskix dannix v vizovom sentre Sankt-Peterburga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston Silk viza joriy etish taklifini ilgari surgani xabar qilingandi.

TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Tojikiston Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida umumiy "ipak yo‘li vizasi" joriy etilishiga qiziqmoqda, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston.

Uchastnik ekspeditsii v Karakumax - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston kelishuviga ko‘ra Osiyo shengeni tez orada joriy etilishi mumkin

Respublika parlamentining xalqaro ishlar, jamoatchilik birlashmalari va axborot qo‘mitasi rahbari Olim Salimzodaning aytishicha, bunday tashabbus Tojikistonda katta qiziqish uyg‘otadi.

Prezident Emomali Rahmon davlat mustaqilligiga erishilganidan buyon mintaqa davlatlarining yaqinlashuvi va sayyohlar, mahsulotlar va xizmatlar uchun sun’iy to‘siqlarni olib tashlash tarafdori bo‘lib kelmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston Silk viza joriy etish taklifini ilgari surgani xabar qilingandi. Ayni paytda tomonlar o‘rtasida bu borada faol muzokaralar olib borilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0