Akademik yadro urushi qanday boshlanishi mumkinligini aytdi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishAtomniy vzriv
Atomniy vzriv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Rabkov strategik stabillik sohasidagi vaziyat tobora yomonlashayotgani, garchi tomonlarda bunga xohish bo‘lmasa-da, yadro urushi boshlanishi xavfi yuzaga kelgani haqida gapirgan edi

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. AQSh va Rossiya o‘rtasida yadroviy urush yolg‘on "trevoga" yoki mahalliy darajadagi mojaroning ziddiy tus olishi singari ssenariylar asosida yuz berishi mumkin, deb hisoblaydi Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi Xalqaro xavfsizlik markazi rahbari, akademik Aleksey Arbatov. RIA Novosti xabari asosida.

Daryo - Sputnik O‘zbekiston
Birinchi yadro urushi suv sababli boshlanishi mumkin

Sal oldin Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Rabkov strategik stabillik sohasidagi vaziyat tobora yomonlashayotgani, garchi tomonlarda bunga xohish bo‘lmasa-da, yadro urushi boshlanishi xavfi yuzaga kelgani haqida gapirgan edi.

Ekspert fikriga ko‘ra, tomonlarning birontasi yadro urushini g‘alaba qozonish maqsadida boshlamaydi ikkala tomon ham bunday urushda g‘alaba qozonish mumkin emasligini yaxshi biladi. Shu bois, rejalashtirilmagan yadroviy urush yuzaga kelishi ehtimoli katta. "Rossiyaning AQShga yoki AQShning Rossiyaga qasddan hujumi - ehtimoli juda past ssenariydir. Boshqa narsalar haqida qayg‘urish lozim", - deb ta’kidlaydi Arbatov.

Texnik nosozlik

Mutaxassis yadro urushi boshlanishi mumkin bo‘lgan sabablardan biri sifatida texnika masalasini keltirmoqda.

Yadroviy portlash - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya yadro qurollarini xorijda joylashtirmaydi

"U(yadro mojarosi — tahr.) avvalo raketa hujumi haqida ogohlantiruvchi tizimlardagi texnik nosozlik tufayli yuzaga kelishi mumkin. Chunki bu tizimlar vaqti-vaqti bilan yolg‘on trevoga beradi. Agar yolg‘on trevogaga inqiroz sharoitida u yoki bu tomon reaksiya qilsa, u holda yadro urushi yuz berishi mumkin", - deya tushuntiradi Arbatov.

Yolg‘on trevoganing ishga tushirilishi texnik nosozlik bilan bir qatorda yadro terrorchilari tomonidan uyushtirilgan fitna tufayli ham yuz berishi mumkin, deb qo‘shimcha qiladi u.

Eskalatsiya

Ikkinchi ehtimoliy ssenariy - mahalliy mojaroning global mojaroga aylanishidir, deb hisoblaydi akademik.

SPUTNIK_antiterroristicheskie  ucheniya Kollektivnix sil ODKB v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
NATO harbiylarining tushiga ham kirmagan - "Markaz-2019" aksilterror mashg‘ulotlari haqida

"Harbiy mojaro Qora dengiz, Boltiq dengizi, Shimoliy dengiz, Boltiqbo‘yi yoki Ukrainada yuz berishi va o‘sha hududlarning birida bizning qurolli kuchlarimiz to‘qnashishlari mumkin. Yutqazishni boshlaydigan tomon mojaroni to‘xtatish uchun cheklangan miqdorda yadro qurolini qo‘llashga qaror qilishi, ya’ni deeskalatsiyani o‘tkazishi mumkin. Ammo bunga javoban boshqa tomon ham yadro qurolini qo‘llaydi, va, shu tariqa, eskalatsiya zanjiri bo‘ylab zarbalar almashuvi avj oladi: taktik darajadan boshlangan zarbalar so‘ngra o‘rta masofaga, keyin esa strategik masofagacha yetib borishi mumkin", - deydi Arbatov.

Ekspertning aytishicha, ayni vaqtda DRSMD faoliyati to‘xtashi xatarlarni kuchaytirmoqda.

Arbatov so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uchun Yevropa va Osiyodagi o‘rta masofa tizimlari hamisha strategik xarakterga ega bo‘ladi va ularning har qanday tarzda qo‘llanilishiga Moskva nafaqat aks, balki strategik darajada javob qaytaradi va bu holat AQSh ham strategik darajada javob berishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0